Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Oʻzbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (113-son)
06.03.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Investitsiya dasturini tasdiqlash hamda investitsiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida” 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-72-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, statistika tizimi salohiyatini yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Jahon banki tomonidan “Oʻzbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasini (keyingi oʻrinlarda — loyiha) amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga 5 yillik imtiyozli davr bilan 30 yil muddatga 50 mln AQSH dollaridan oshmaydigan miqdorda Xalqaro taraqqiyot uyushmasining imtiyozli qarz mablagʻlarini ajratish maʼqullanganligi hamda moliyaviy bitim imzolanganligi;
loyihani amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasining ulushi 13,3 mln AQSH dollarini, shu jumladan, qoʻshilgan qiymat soligʻini qoplab berish va bojxona bojidan ozod etish shaklida 7,5 mln AQSH dollarini, investitsiya davridagi moliyaviy xarajatlar 5,8 mln AQSH dollarini tashkil etishi;
loyihani amalga oshirish davri 5 yil (2024 — 2028-yillar) etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
“Oʻzbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
“Oʻzbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasining qarz mablagʻlaridan foydalanish sxemasi 2-ilovaga muvofiq;
“Oʻzbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasining qarz mablagʻlarini qaytarish, foiz va komissiya toʻlovlarini toʻlashning prognoz jadvali 3-ilovaga muvofiq;
“Oʻzbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi loyihaning oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishi, uni muvofiqlashtirish hamda boshqarish, loyihani amalga oshirish davrida monitoring va hisobotni yuritish, Xalqaro taraqqiyot uyushmasining qarz mablagʻlaridan maqsadli hamda samarali foydalanilishi yuzasidan masʼul ijro etuvchi organ (keyingi oʻrinlarda — ijro etuvchi organ) hisoblanadi;
loyihani amalga oshirish davrida ijro etuvchi organ huzurida alohida bank hisobvaragʻini ochish huquqiga ega boʻlgan, Xalqaro taraqqiyot uyushmasining qarz mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladigan 12 shtat birligidan iborat boʻlgan Loyihani boshqarish guruhi tashkil etiladi;
ijro etuvchi organ tomonidan Loyihani boshqarish guruhining xarajatlar smetasi va shtatlar jadvali har yili Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishiladi;
Xalqaro taraqqiyot uyushmasining qarz mablagʻlarini qaytarish, foiz va xizmat koʻrsatish hamda majburiyatlar uchun vositachilik haqi boʻyicha toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti hisobidan toʻlanadi.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi raisi B.S. Hamrayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 6-mart,
113-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-martdagi 113-son qaroriga 1-ILOVA
“Oʻzbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy
KOʻRSATKICHLARI
Izoh. * Zarur hollarda, Xalqaro taraqqiyot uyushmasi tomonidan ajratilgan mablagʻlar doirasida ushbu loyihada koʻzda tutilmagan, bir-birini toʻldiruvchi faoliyat uchun boshqa xalqaro tashkilotlardan qoʻshimcha moliyaviy resurslarni jalb qilishga ruxsat etiladi.
** 2024 — 2028-yillarda roʻyxatga olish tadbirlari va/yoki boshqa turdagi kuzatuvlar va tadbirlarni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarga Davlat budjetidan mablagʻlar ajratilishi mumkin, bunday hollarda Oʻzbekiston Respublikasining ulushi mos ravishda oʻzgaradi.
*** Yakuniy xarajatlar koʻrsatkichlari Davlat budjeti hisobidan qoplanishi koʻzda tutilgan soliqlardagi oʻzgarishlar va loyihaning xarid rejasidagi oʻzgarishlar natijalariga koʻra aniqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-martdagi 113-son qaroriga 2-ILOVA
“Oʻzbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasining qarz mablagʻlaridan foydalanish
SXEMASI
* Qarz mablagʻlaridan samarali foydalanish maqsadida loyiha boʻyicha ajratilgan mablagʻlar doirasida Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan Xalqaro taraqqiyot uyushmasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan belgilangan tartibda kelishilgan holda, subkomponentlar va amalga oshiriladigan tadbirlar, shuningdek, ular boʻyicha oʻzlashtirilishi rejalashtirilgan mablagʻlar miqdorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
** Ushbu mablagʻlar Xalqaro taraqqiyot uyushmasi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan belgilangan tartibda kelishilgan holda, loyiha doirasida qoʻshimcha (koʻzda tutilmagan) tadbirlarga yoʻnaltiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-martdagi 113-son qaroriga 3-ILOVA
“Oʻzbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasi doirasida Xalqaro taraqqiyot uyushmasining qarz mablagʻlarini qaytarish, foiz va komissiya toʻlovlarini toʻlashning
PROGNOZ JADVALI
* Majburiyat uchun toʻlov qarz bitimi imzolangandan soʻng 60 kundan keyin hisoblanadi.
** Toʻlov summalari qarzlarning amalda oʻzlashtirilishidan kelib chiqib aniqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-martdagi 113-son qaroriga 4-ILOVA
“Oʻzbekistonda statistika tizimi salohiyatini mustahkamlash” loyihasini amalga oshirish boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
T/rChora-tadbirlar MuddatMasʼul ijrochilar1.Loyihaning “Loyihani amalga oshirish boʻyicha qoʻllanmasi”ni (Project Operational Manual) Jahon banki tartibiga muvofiq ishlab chiqish va eʼlon qilish2024-yil aprelStatistika agentligi (B. Begalov),Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi(L. Kudratov)2.“Loyihani boshqarish guruhi”ni shakllantirish (asosiy mutaxassislarni tanlab olish va tasdiqlash)2024-yil aprelStatistika agentligi (B. Begalov),Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi(L. Kudratov)3.Qarz mablagʻlarini oʻzlashtirish boʻyicha “Tarmoq jadvali”ni ishlab chiqish va tasdiqlash2024-yil mayStatistika agentligi (B. Begalov),Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi(L. Kudratov)4.Loyiha doirasida tegishli shaxslarning imzolari shakllarini tasdiqlash va Xalqaro taraqqiyot uyushmasiga taqdim qilish2024-yil iyunStatistika agentligi (B. Begalov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(J. Karshibayev),Markaziy bank(M. Nurmuratov)5.Loyihani dastlabki bosqichlarida “Loyihani boshqarish guruhi”ni qoʻllab-quvvatlash maqsadida statistika sohasidagi xalqaro ekspert-konsultantni jalb qilish2024-yil iyulStatistika agentligi (B. Begalov)6.Statistika agentligi rahbariyati raisligidagi tarmoq xarid komissiyasini tasdiqlash2024-yil iyulStatistika agentligi (B. Begalov),Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi(L. Kudratov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(A. Xaydarov),Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi(A. Burxanov),Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi(A. Qayumov)7.Loyihani Oʻzbekiston Respublikasining navbatdagi investitsiya dasturlariga kiritish 2024 — 2028-yillarInvestitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi(L. Kudratov),Milliy statistika qoʻmitasi (B. Hamrayev)8.Loyihani boshqarish guruhining xarajatlar smetasini Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishishHar yiliMilliy statistika qoʻmitasi (B. Hamrayev),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(J. Karshibayev)9.Loyihani amalga oshirish davrida oʻzlashtirishning yillik belgilangan prognoz qiymatlarini oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish, shuningdek, budjet va loyiha koʻrsatkichlari ustidan doimiy nazoratni taʼminlash Loyihani amalga oshirish davridaMilliy statistika qoʻmitasi (B. Hamrayev),Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi(L. Kudratov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(J. Karshibayev)10.Jalb qilingan qarz mablagʻlarini Xalqaro taraqqiyot uyushmasiga oʻz vaqtida qaytarish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishLoyihani amalga oshirish davridaIqtisodiyot va moliya vazirligi(J. Karshibayev)
