Kapital harakati bilan bogʻliq alohida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida (1457-son)
18.03.2005
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 18-martda 1457-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki toʻgʻrisida”, “Bank va banklar toʻgʻrisida”, “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida” va “Xorijdan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Kapital harakati bilan bogʻliq alohida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror kuchga kiritilgan kundan eʼtiboran Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1993-yil 22-iyundagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan “Kapital harakati bilan bogʻliq valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi” (1994-yil 8-aprel, roʻyxat raqami 40) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 16-oktabrdagi 22/4-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan sanadan 10 kun oʻtgach kuchga kiritilsin.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2005-yil 29-yanvar,
599-son
