Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi oʻrtasida davlat unitar korxonalari, ustav fondida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari, davlat ulushi boʻyicha davlat budjetiga dividendlar hisoblanishi va tushishi haqida maʼlumot almashish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (1456-son)
10.03.2005
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh VA TADBIRKORLIKNI QOʻLLAB-QUVVATLASh DAVLAT QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QOʻMITASI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYoT VAZIRLIGI HUZURIDAGI IQTISODIY NOChOR KORXONALAR IShLARI QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2005-yil 10-martda 1456-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 25-iyundagi 295-sonli “Aksiyadorlik birlashmalari va kompaniyalaridagi aksiyalar davlat ulushidan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish komissiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorini (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 26-son, 298-modda) ijro etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash Davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi oʻrtasida davlat unitar korxonalari, ustav fondida davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari, davlat ulushi boʻyicha davlat budjetiga dividendlar hisoblanishi va tushishi haqida maʼlumot almashish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab oʻn kun oʻtgandan soʻng kuchga kiradi.
Davlat mulki qoʻmitasi raisi M. ASQAROV
Toshkent sh.,
2005-yil 2-fevral,
01/06-19/1-son
Moliya vaziri S. RAHIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 2-fevral,
30-son
Davlat statistika qoʻmitasi raisi G. QUDRATOV
Toshkent sh.,
2005-yil 2-fevral,
18-03-09/184-son
Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi raisi G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2005-yil 2-fevral,
4-son
