Aholi xonadonlarida sanoat usulida mahsulot ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash hamda tomorqa va dehqon xoʻjaliklarida yangi zaxiralarni ishga solishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida (PQ-115-son)
05.03.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va ularning eksportini oshirish, qishloq xoʻjaligi kichik ishlab chiqaruvchilarini yanada qoʻllab-quvvatlash, ekin yerlaridan foydalanish samaradorligini yanada oshirish, pirovard natijada yer egalarining daromadlarini koʻpaytirish maqsadida:
1. Belgilansinki:
hududlarning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib hamda suv taʼminotini inobatga olgan holda, tumanlar eksportbop va serdaromad ekinlar ekishga, shuningdek, kichik ishlab chiqarish va mahsulot yetishtirishga ixtisoslashtiriladi;
2024-yilda eksportbop va serdaromad ekinlar ekish va aholining mazkur sohada bilim va koʻnikmalarini oshirish uchun 54 ta tumanda namunaviy oʻquv-tajriba maydonlari tashkil etiladi;
2024-yilda meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 51 ta tumanda meva-sabzavotlarni shok usulida muzlatishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha yangi loyihalar amalga oshiriladi;
Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida ishlab chiqarishga oid loyihalar bilan bir qatorda mahsulot yetishtirish bilan bogʻliq loyihalarga, qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish bundan mustasno, 100 million soʻmgacha garovsiz kreditlar ajratiladi;
muzlatkichli omborxona, tayyor holda issiqxona, qadoqlash, quritish va qayta ishlash sexlari aholiga 12 oyga boʻlib toʻlash sharti bilan lizingga beriladi;
oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxatiga xonadonlarda biogumus tayyorlash faoliyati kiritiladi.
2. Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) (A. Xaitov) hamda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (M. Ubaydullayev) 2024-yilda 1-ilovaga muvofiq roʻyxatga asosan tumanlarni eksportbop va serdaromad ekinlar ekishga, shuningdek, kichik ishlab chiqarish va mahsulot yetishtirishga ixtisoslashtirish choralarini koʻrsin.
3. Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov) 2024-yilda 2-ilovaga muvofiq roʻyxatga asosan 43 ta tumanni eksportbop ekinlar yetishtirishga ixtisoslashtirish, mazkur tumanlarga 10 tadan eksportyorlarni biriktirish choralarini koʻrsin.
4. Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi (M. Joʻrayev) eksportbop va serdaromad ekinlar ekish uchun namunaviy oʻquv-tajriba maydonlarini Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tashkil etsin va mazkur namunaviy maydonlarda qishloq xoʻjaligi korxonalarining, tomorqa yer egalarining bilim va koʻnikmalarini oshirish choralarini koʻrsin.
5. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (A. Qosimov), Agrosanoatni rivojlantirish agentligi 2025-yil yakuniga qadar meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 51 ta tumanda meva-sabzavotlarni shok usulida muzlatishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha yangi loyihalarni amalga oshirsin.
7. Quyidagilar:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 2024-yilda aholi tomorqa yer uchastkalarida bahorgi (ertagi), takroriy (oʻrtangi) va toʻqsonbosti usulida ekinlar ekish, jumladan 252 ming gektar maydonga uch marta hosil olishni nazarda tutuvchi qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish va mahsulot yetishtirish prognoz koʻrsatkichlari 3-ilovaga muvofiq;
aholiga kompleks xizmat koʻrsatishga ixtisoslashib, faoliyati klaster usulida tashkil etiladigan “Tomorqa xizmati” MCHJlar roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida tashkil etiladigan va aholi tomorqalariga xizmat koʻrsatuvchi “Tomorqa xizmati” korxonalarini moliyalashtirish prognoz koʻrsatkichlari 5-ilovaga muvofiq;
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan 2024-yilda fermer va dehqon xoʻjaliklariga, tomorqa yer egalariga bogʻ-qator oralariga qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish va tomorqa infratuzilmasini rivojlantirish uchun mablagʻ ajratish prognozlari 6-ilovaga muvofiq;
eksportbop va serdaromad ekinlar ekish uchun 54 ta tumanda namunaviy oʻquv-tajriba maydonlari tashkil etish koʻrsatkichlari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari — tuman sektorlari kesimida, tuman hokimlari — mahalla fuqarolar yigʻinlari kesimida har bir hududning ixtisoslashuvi, tuproq-iqlim sharoiti, suv taʼminotini inobatga olgan holda, “Bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida tomorqa yer uchastkalarida qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish va mahsulot yetishtirish prognoz koʻrsatkichlarini oʻn besh kun muddatda tasdiqlasin va ijrosini tashkil etsin.
10. Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Kengash, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda dehqon xoʻjaligi uchun ajratilgan yer maydonlarida hududlar ehtiyojlari uchun zarur boʻlgan va eksportbop ekinlar, jumladan sabzavot, poliz, dukkakli, moyli va kartoshka ekinlarini intensiv usulda ekishga alohida eʼtibor qaratish, tayyorlov, qayta ishlash va eksport qiluvchi korxonalarni jalb qilgan holda yetishtirilgan tayyor mahsulotni xarid qilish, uni qayta ishlash, saqlash, ichki va tashqi bozorlarga yoʻnaltirish choralarini koʻrsin.
12. Fermer xoʻjaliklari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, Kengashning bu sohadagi vakolatlarini kengaytirish va faol ishtirokini taʼminlash maqsadida Kengashga fermer xoʻjaliklari hamda Kengash huquqlari va qonuniy manfaatlariga taalluqli loyihalarni Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali Vazirlar Mahkamasiga kiritish, koʻrib chiqish va axborot berish huquqi berilsin.
13. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Kengashning:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-39-son qarori 2-bandi uchinchi xatboshisida belgilangan dehqon xoʻjaliklariga kredit ajratish tartibini “Tomorqa xizmati” YTTlarga ham tatbiq etish;
“Tomorqa xizmati” YTTlar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida minitexnikalar va asbob-uskunalarni lizing shartlari asosida yetkazib berishda lizing toʻlovlarining boshlangʻich toʻlovlarini loyiha qiymatining 40 foizi miqdorida belgilash;
2027-yil 1-yanvarga qadar motokultivatorlar (TIF TN kodi — 8432 29 100 0), bir oʻqli traktorlar (TIF TN kodi — 8701 10000 0) va minitraktorlarni (TIF TN kodi — 8701 91 100 0 — 8701 92 900 0) olib kirishda bojxona bojining nol stavkalarini belgilash toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
14. Kengash:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda mahallalarda aholi tomorqalarida ochiq va yopiq usulda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish borasida aholining bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan seminarlar va taqdimotlar oʻtkazilishini;
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda mazkur seminarlarning “Oʻzbekiston 24” va “Mahalla” telekanallarida yoritib borilishini tizimli tashkil etsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 8-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
16. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining agrar rivojlanish masalalari boʻyicha maslahatchisi Sh.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 5-mart,
PQ-115-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-sonli qaroriga 1-ILOVA
2024-yilda eksportbop va serdaromad ekinlar ekishga, shuningdek, kichik ishlab chiqarish va mahsulot yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan tumanlar
ROʻYXATI
T/r Ixtisoslashadigan soha Ixtisoslashadigan tuman (shahar) nomi Masʼul tashkilot 1. Gulchilik Izboskan, Jalaquduq, Sh. Rashidov, Davlatobod, Namangan, Uchqoʻrgʻon, Oqdaryo, Termiz, Yangiyoʻl, Toshkent, Quva, Toshloq, Xiva tumanlari Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A. Xaitov) 2. Serdaromad koʻkatlar yetishtirish Xoʻjayli, Oltinkoʻl, Andijon, Kogon, Buxoro, Kitob, Shahrisabz, Uychi, Sirdaryo, Tayloq, Samarqand, Muzrabot, Rishton, Yangiyoʻl, Xiva, Urganch tumanlari 3. Qulupnay va malina yetishtirish Xoʻjaobod, Asaka, Zomin, Toʻraqoʻrgʻon, Uchqoʻrgʻon, Shahrisabz, Kattaqoʻrgʻon, Sayxunobod, Qibray, Zangiota, Yuqorichirchiq, Fargʻona, Quva, Xonqa tumanlari 4. Qoʻziqorin yetishtirish Vobkent, Romitan, Uchqoʻrgʻon, Oʻrtachirchiq, Yangiyoʻl tumanlari, Xonobod va Fargʻona shaharlari 5. Sarimsoqpiyoz yetishtirish Buloqboshi, Xoʻjaobod, Peshku, Doʻstlik, Qarshi, Kosonsoy, Navbahor, Bulungʻur, Jomboy, Xovos, Mirzaobod, Qiziriq, Jarqoʻrgʻon tumanlari 6. Serdaromad sabzavot koʻchatlari Beruniy, Asaka, Andijon, Buxoro, Jondor, Karmana, Navbahor, Yakkabogʻ, Koson, Angor, Qumqoʻrgʻon, Paxtachi, Jomboy, Sh. Rashidov, Gʻallaorol, Mirzaobod, Chinoz, Zangiota, Toʻraqoʻrgʻon, Uychi, Buvayda, Uchkoʻprik, Yangibozor tumanlari 7. Parrandachilik Amudaryo, Toʻrtkoʻl, Izboskan, Jondor, Qorakoʻl, Gʻallaorol, Mirishkor, Qamashi, Konimex, Nurobod, Sherobod, Termiz, Quyichirchiq, Qoʻshkoʻpir tumanlari 8. Baliqchilik Ulugʻnor, Arnasoy, Quyichirchiq, Uchqoʻrgʻon, Mirzaobod, Sariosiyo, Chiroqchi, Yangiariq tumanlari Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi (M. Ubaydullayev) 9. Mebelchilik Oltinkoʻl, Andijon, Oʻrtachirchiq, Denov, Gurlan, Xiva, Xonqa, Ishtixon tumanlari, Shahrisabz shahri 10. Xonadonlarda biogumus tayyorlash Oltiariq, Qumqoʻrgʻon, Shahrisabz, Urganch, Mingbuloq tumanlari 11. Kulolchilik Rishton, Yangiariq, Xiva tumanlari, Xiva shahri 12. Tikuvchilik Xoʻjaobod, Uchkoʻprik, Beshariq, Davlatobod, Hazorasp, Furqat tumanlari, Yangiyer shahri
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-sonli qaroriga 2-ILOVA
2024-yilda Savdo-sanoat palatasi tomonidan eksportbop ekinlar yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan tumanlar
ROʻYXATI
T/r Hududlar nomi T/r Ixtisoslashadigan tuman nomi 1. Andijon viloyati 1. Jalaquduq 2. Izboskan 3. Oltinkoʻl 2. Buxoro viloyati 4. Buxoro 5. Jondor 6. Olot 3. Jizzax viloyati 7. Paxtakor 8. Zarbdor 9. Zomin 10. Gʻallaorol 4. Qashqadaryo viloyati 11. Shahrisabz 12. Koson 13. Qamashi 14. Kitob 5. Navoiy viloyati 15. Navbahor 16. Karmana 17. Qiziltepa 6. Namangan viloyati 18. Mingbuloq 19. Toʻraqoʻrgʻon 20. Norin 21. Uchqoʻrgʻon 7. Samarqand viloyati 22. Oqdaryo 23. Bulungʻur 24. Tayloq 25. Payariq 8. Surxondaryo viloyati 26. Angor 27. Jarqoʻrgʻon 28. Termiz 9. Sirdaryo viloyati 29. Guliston 30. Sayxunobod 31. Sirdaryo 10. Toshkent viloyati 32. Boʻka 33. Yangiyoʻl 34. Yuqorichirchiq 35. Zangiota 11. Fargʻona viloyati 36. Dangʻara 37. Rishton 38. Uchkoʻprik 39. Furqat 40. Quvasoy 12. Xorazm viloyati 41. Urganch 42. Xiva 43. Xonqa
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-sonli qaroriga 3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 2024-yilda aholi tomorqa yer uchastkalarida bahorgi (ertagi), takroriy (oʻrtangi) va toʻqsonbosti usulida ekinlar ekish, jumladan, 252 ming gektar maydonga uch marta hosil olishni nazarda tutuvchi qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish va mahsulot yetishtirish prognoz koʻrsatkichlari
T/r Hududlar nomi Tomorqa yer egalari Shu jumladan Mavsum davomida uch marta ekin ekiladi ikki marta ekin ekiladi bir marta ekin ekiladi Bahorgi (ertagi), ming gektar Takroriy (oʻrtangi), ming gektar Toʻqsonbosti ekinlari, ming gektar Jami almashlab ekish, ming gektar soni (ming) maydon, (ming ga) soni (ming) maydon, (ming ga) soni (ming) maydon, (ming ga) soni (ming) maydon, (ming ga) 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 342 47 22 3 146 20 174 24 36 21 16 73 2. Andijon 564 26 451 25 113 1 26 26 26 77 3. Buxoro 401 43 140 15 251 27 10 1 38 36 26 100 4. Jizzax 176 25 71 10 105 15 20 22 18 60 5. Qashqadaryo 612 66 179 20 298 30 134 16 57 38 48 143 6. Navoiy 143 13 44 4 90 8 9 1 9 11 9 29 7. Namangan 468 35 338 25 130 10 33 31 31 95 8. Samarqand 631 70 272 30 309 34 51 6 59 52 53 164 9. Surxondaryo 483 49 343 35 121 12 19 2 42 45 44 131 10. Sirdaryo 152 19 65 8 81 10 6 1 18 17 11 45 11. Toshkent v. 456 32 149 24 307 8 28 30 30 88 12. Fargʻona 647 41 561 37 85 4 39 38 40 117 13. Xorazm 255 42 89 16 159 25 7 1 41 34 24 99 14. Toshkent sh. 23 1 11 0,5 12 0,5 1 1 1 3 Jami: 5 354 509 2 736 252 2 206 206 411 51 446 401 376 1 223
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-sonli qaroriga 4-ILOVA
Aholiga kompleks xizmat koʻrsatishga ixtisoslashib, 2024-yilda faoliyati klaster usulida tashkil etiladigan “Tomorqa xizmati” MCHJlar roʻyxati
T/r Nomlanishi Tuman Mahalla Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. “Taxiatosh-Saroykoʻl tomorqa klasteri” MCHJ Taxiatosh Saroykoʻl Andijon viloyati 2. “Shahrixonda ishkomli hamkor tomorqa xizmati” MCHJ Shahrixon Qoʻrgʻoncha 3. “Nav nihol tomorqa xizmati” MCHJ Asaka Kujgan Buxoro viloyati 4. “Gulchang” MCHJ Romitan Shoʻrcha 5. “Zandani Agro grand tomorqa xizmat” MCHJ Peshku Zandani 6. “Vobkent agro frukt tomorqa xizmati klasteri” MCHJ Vobkent Shakarkent Jizzax viloyati 7. “Gʻallaorol xumo agro tomorqa xizmati” MCHJ Gʻallaorol Koʻkbuloq 8. “Zafarobod birlik tomorqa xizmati” MCHJ Zafarobod Birlik Qashqadaryo viloyati 9. “Muslima Shirina Gulshoda tomorqa xizmati” MCHJ Koson Oʻrta Obron 10. “Ranggo-rang favvoralar tomorqa xizmati” MCHJ Qarshi Mirmiron Navoiy viloyati 11. “Navbahor tomorqa xizmati klasteri” MCHJ Navbahor Qorajon Namangan viloyati 12. “Qoʻshtepa fayz tomorqa xizmati” MCHJ Chust Koʻktosh 13. “Fruit agro impex export tomorqa xizmati” MCHJ Yangiqoʻrgʻon Bunyodkor Samarqand viloyati 14. “Suxrobbek tomorqa xizmati” MCHJ Oqdaryo Z.M. Bobur 15. “Dunyo Maroqand tomorqa xizmati” MCHJ Payariq Doʻstlik Sirdaryo viloyati 16. “Navroʻz tomorqa xizmati” MCHJ Sardoba Navroʻz 17. “Anorchilik va tutchilik tomorqa xizmati” MCHJ Sirdaryo Beshbuloq Surxondaryo viloyati 18. “Koʻkbuloq agro tomorqa xizmati” MCHJ Denov Koʻkbuloq Toshkent viloyati 19. “Almatov Agro tomorqa xizmati” MCHJ Bekobod Mustaqillik 20. “Nayman agro tomorqa xizmati” MCHJ Oqqoʻrgʻon Tortuvli Fargʻona viloyati 21. “Nurillo Fayzullo obod kelajagi” MCHJ Oltiariq Poloson 22. “Estofo” MCHJ Yozyovon Qorasoy Xorazm viloyati 23. “Xorazm Xonqa tomorqa xizmati” MCHJ Xonqa Toma 24. “Xiva asl voha tomorqa xizmati” MCHJ Xiva Oq yop
* Mazkur roʻyxatga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyat hokimliklarining taklifiga asosan Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaligi va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishgan holda oʻzgartirish kiritilishi yoki qoʻshimcha tomorqachilik klasterlari tashkil etilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-sonli qaroriga 5-ILOVA
Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida tashkil etiladigan va aholi tomorqalariga xizmat koʻrsatuvchi “Tomorqa xizmati” korxonalarini moliyalashtirish prognoz koʻrsatkichlari
T/r Hududlar nomi Tashkil etiladigan YTT shaklidagi “Tomorqa xizmatlari” Yetkazib beriladigan Kengash huzuridagi Jamgʻarmadan ajratiladigan mablagʻ (mlrd soʻm) Xizmat koʻrsatiladigan aholi xonadonlari soni mini texnikalar soni* kichik hajmli sovitkichli omborxonalar koʻchma quritish uskunalari soni hajmi (tonna) soni hajmi (tonna) 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 38 114 40 480 50 2 000 2 660 9 500 2. Andijon viloyati 102 306 80 960 110 6 600 7 140 25 500 3. Buxoro viloyati 65 195 70 840 90 5 400 4 550 16 250 4. Jizzax viloyati 98 294 60 720 70 3 500 6 860 24 500 5. Qashqadaryo viloyati 70 210 80 960 90 5 400 4 900 17 500 6. Navoiy viloyati 45 135 40 480 50 2 500 3 150 11 250 7. Namangan viloyati 92 276 70 840 110 6 600 6 440 23 000 8. Samarqand viloyati 90 270 80 960 110 6 600 6 300 22 500 9. Sirdaryo viloyati 47 141 40 480 50 2 500 3 290 11 750 10. Surxondaryo viloyati 87 261 70 840 90 5 400 6 090 21 750 11. Toshkent viloyati 86 258 90 1 080 90 5 400 6 020 21 500 12. Fargʻona viloyati 106 318 80 960 110 6 600 7 420 26 500 13. Xorazm viloyati 74 221 50 600 80 4 000 5 180 18 450 Jami: 1 000 2 999 850 10 200 1 100 62 500 70 000 249 950
*har bir “Tomorqa xizmati” YTTga kamida 1 tadan minitraktor va 2 tadan motokultivator yetkazib beriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-sonli qaroriga 6-ILOVA
Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan 2024-yilda fermer va dehqon xoʻjaliklariga, tomorqa yer egalariga bogʻ-qator oralariga qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish va tomorqa infratuzilmasini rivojlantirish uchun mablagʻ ajratish prognozlari
mln soʻmda T/r Hududlar nomi Jamgʻarmadan ajratiladigan mablagʻlar * shundan: I chorak II chorak III chorak IV chorak 1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 16 733 3 380 5 300 4 900 3 153 2. Andijon 15 388 3 150 4 900 4 500 2 838 3. Buxoro 21 080 4 200 6 750 6 200 3 930 4. Jizzax 14 540 2 970 4 600 4 200 2 770 5. Qashqadaryo 27 670 5 450 8 950 8 300 4 970 6. Navoiy 14 555 2 960 4 600 4 200 2 795 7. Namangan 15 100 3 070 4 800 4 400 2 830 8. Samarqand 18 649 3 750 5 950 5 500 3 449 9. Sirdaryo 13 022 2 680 4 100 3 700 2 542 10. Surxondaryo 17 198 3 470 5 500 5 100 3 128 11. Toshkent 25 661 5 070 8 300 7 700 4 591 12. Fargʻona 20 865 4 200 6 700 6 200 3 765 13. Xorazm 19 540 3 900 6 300 5 800 3 540 Respublika boʻyicha 240 000 48 250 76 750 70 700 44 300
*Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining daromadlaridan kelib chiqib, ajratiladigan mablagʻlar koʻpaytirilishi va Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi va viloyat hokimliklarining taklifiga asosan mazkur taqsimotga oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-sonli qaroriga 7-ILOVA
Eksportbop va serdaromad ekinlar ekish uchun namunaviy oʻquv-tajriba maydonlari tashkil etiladigan tumanlar
ROʻYXATI*
T/r Nomlanishi Tuman Mahalla Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. “Taxiatosh-Saroykoʻl tomorqa klasteri” MCHJ Taxiatosh Taxiatosh 2. “Beruniy agrobusines tomorqa xizmati” MCHJ Beruniy Lolazor 3. “Amudaryo tomorqa xizmati” MCHJ Amudaryo Chordara 4. “Toremurat best tomorqa xizmati” MCHJ Nukus Samanboy 5. Jangeldinev Kalmanbay Madiyarovich Boʻzatov Boʻzatov Andijon viloyati 6. “Asiya Baliqchi tomorqa hizmati” MCHJ Baliqchi Barkamol 7. “Nav nihol tomorqa xizmati” MCHJ Asaka Kujgan 8. “Andijon tumani Istiqlol tomorqa xizmati” MCHJ Andijon Doʻngqishloq Buxoro viloyati 9. “Romitan tomorqa xizmati” MCHJ Romitan Mugʻoncha 10. “Jondor tomorqa xizmati agro taʼminot” MCHJ Jondor Samunchoq 11. “Bogʻ chorbogʻ tomorqa xizmati” MCHJ Kogon Niyozhoji Jizzax viloyati 12. “Gulchi opa tomorqa xizmati” MCHJ Sharof Rashidov Koʻkbuloq 13. Xaydarov Ulugʻbek Abdurauf oʻgʻli Gʻallaorol Sarbozor 14. Turdiyeva Nasiba Jumaboyevna Baxmal Temirqadam Qashqadaryo viloyati 15. “Tomorqachilik ilmiy-amaliy markazi tomorqa xizmati” MCHJ Chiroqchi Qirgʻiz 16. “Beshkent tomorqa xizmati” MCHJ Qarshi Guliston 17. “Varganza bogʻishamol tomorqa xizmati” MCHJ Kitob Varganza 18. “Muslima Shirina Gulshoda tomorqa xizmati” MCHJ Koson Oʻrta Obron 19. “Ranggo-rang favvoralar tomorqa xizmati” MCHJ Qarshi Mirmiron Navoiy viloyati 20. “Navbahor tomorqa xizmati klasteri” MCHJ Navbahor Qorajon 21. “Konimex tomorqa xizmati” MCHJ Konimex Shoʻrtepa 22. “Qiziltepa tomorqa xizmati klasteri” MCHJ Qiziltepa Oqmachit 23. “Nurota tomorqa xizmati” MCHJ Nurota Istiqlol Namangan viloyati 24. “Qoʻshtepa fayz tomorqa xizmati” MCHJ Chust Koʻktosh 25. “Kosonsoy klaster tomorqa xizmati” MCHJ Kosonsoy Goʻrmiron 26. “Namangan Golden Nuts Agro tomorqa xizmati” MCHJ Chortoq Obod diyor Samarqand viloyati 27. “Suxrobbek tomorqa xizmati” MCHJ Oqdaryo Z.M. Bobur 28. “Baxrin agro tomorqa xizmati” MCHJ Urgut Bahrin 29. “Qayroqli tezkor tomorqa xizmati” MCHJ Urgut Qayroqli 30. “Dilbar sifat urugʻ tomorqa xizmat” MCHJ Bulungʻur Kildon 31. “Paxtachi agrohamkor tomorqa xizmati” MCHJ Paxtachi Burqut 32. “Barakasini bersin tomorqa xizmati” MCHJ Oqdaryo Pichoqchi 33. “Jomboy koʻchatchilik tomorqa xizmati” MCHJ Jomboy Nazar Sirdaryo viloyati 34. “Anorchilik va tutchilik tomorqa xizmati” MCHJ Sirdaryo Beshbuloq 35. “Sayxun Asilbek tomorqa xizmati” MCHJ Sayxunobod Gulbuloq 36. “Soxibkor” fermer xoʻjaligi Sardoba Xalqobod 37. “Karabchi tong” fermer xoʻjaligi Guliston Birlashgan Surxondaryo viloyati 38. “Koʻkbuloq agro tomorqa xizmati” MCHJ Denov Koʻkbuloq 39. “Kelajak zamin tomorqa xizmati” MCHJ Qiziriq Zarbdor 40. “Muzrabot tomorqa xizmati” MCHJ Muzrabot Nurli hayot 41. “Sariosiyo fayz tomorqa xizmati” MCHJ Sariosiyo Anorzor Toshkent viloyati 42. “Tomorqachilikni rivojlantirish Milliy markazi tomorqa xizmati” MCHJ Yangiyoʻl Said ota 43. “Parkent ziyo nur tomorqa xizmat” MCHJ Parkent Boyqozon 44. “Birlik tomorqa xizmati” MCHJ Ohangaron Shodmalik 45. “Kuchlik tomorqa xizmati” MCHJ Oʻrtachirchiq Aranchi Fargʻona viloyati 46. “Nurillo Fayzullo obod kelajagi” MCHJ Oltiariq Poloson 47. “Estofo” MCHJ Yozyovon Qorasoy 48. “Liimar agro goods tomorqa xizmati” MCHJ Fargʻona Fargʻona 49. “Rishton tomorqa xizmati” MCHJ Rishton Oʻzbekiston 50. “Sodiqjon gulchexraxon tomorqa xizmati” MCHJ Furqat Chekchuvaldoq 51. “Tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirish ilmiy-amaliy markazi” MCHJ Quva Guliston Xorazm viloyati 52. “Universal taʼminotchi tomorqa xizmati” MCHJ Yangibozor Shirinlar 53. “Agro Eko innovatsion tomorqa xizmati” MCHJ Xiva Pirnaxos 54. “Elmurod Dilmurod” xususiy korxonasi Xonqa Oydin hayot
* mazkur roʻyxatga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyat hokimliklarining takliflariga koʻra Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishgan holda oʻzgartirish kiritilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-martdagi PQ-115-sonli qaroriga 8-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3680-son qarorida:
a) 5-bandning uchinchi xatboshisida “koʻrsatmalar” soʻzi “tavsiyalar” soʻzi bilan almashtirilsin;
b) 9-band “b” kichik bandining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari, shuningdek, “Tomorqa xizmati” MCHJlar va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga qonunchilikda belgilangan tartibda meva-sabzavotlarni qayta ishlash (quritish) korxonalari, sovutish omborxonalari, chorvachilik komplekslari, ishlab chiqarish bino-inshootlari, issiqxona majmualari qurib berish, intensiv bogʻlar va tokzorlar barpo etish, qishloq xoʻjaligida zanjirli ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyib, yakuniy mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, jumladan, omuxta yem tayyorlash, sutni qayta ishlash, tomat pasta ishlab chiqarish, mineral oʻgʻitlar tayyorlash, oʻsimliklarga kimyoviy ishlov berish, qadoqlash va saralash uskunalari bilan taʼminlash boʻyicha lizing faoliyatini amalga oshirish”;
v) 13-bandning uchinchi xatboshisidagi “Tomorqa xizmati” MCHJlar davlat roʻyxatidan oʻtib, Kengash tomonidan yuritiladigan “Tomorqa xizmati” MCHJlar reyestriga kiritilgan” soʻzlari “Tomorqa xizmati” tadbirkorlik subyektlari davlat roʻyxatidan oʻtgan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi “Fermer xoʻjaliklarida hisob tizimini tubdan yaxshilash va ularga bank xizmatlari koʻrsatishni takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3824-son qarorida:
a) 1-ilovadagi “Soliq va statistika hisobotlari boʻyicha maslahatchi” bloki “Soliq, statistika hisobotlari va yuridik masalalar boʻyicha maslahatchi” bloki bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 3-pozitsiyasidagi “Soliq va statistika hisobotlari boʻyicha maslahatchi” soʻzlari “Soliq, statistika hisobotlari va yuridik masalalar boʻyicha maslahatchi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-martdagi “Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 205-son qarorida:
a) Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanishni tashkil etish va monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishchi guruh tarkibiga tuman (shahar) mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari, tuman (shahar) fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, tuman (shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi, tuman (shahar) irrigatsiya boʻlimi, tuman (shahar) kasaba uyushmasi boʻlimi, tuman (shahar) kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi, tuman (shahar) soliq inspeksiyasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar vakillari kiritiladi”;
b) 2-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-martdagi 205-son qaroriga 2-ILOVA
Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer uchastkalariga qishloq xoʻjaligi ekinlarini joylashtirish, ekish va parvarishlash, shuningdek, zarur moddiy resurslar yetkazib berilishini muvofiqlashtiruvchi respublika ishchi guruhi
TARKIBI
1. J. Xodjayev Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Respublika ishchi guruhi rahbari 2. I. Abduraxmonov Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri, Respublika ishchi guruhi rahbari oʻrinbosari 3. A. Xaitov Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi, Respublika ishchi guruhi rahbari oʻrinbosari 4. A. Xaydarov iqtisodiyot va moliya vaziri oʻrinbosari 5. R. Turdiboyeva kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri oʻrinbosari 6. R. Qarshiyev suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari 7. A. Qosimov qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari 8. X. Meliyev adliya vaziri oʻrinbosari 9. S. Nishanbayev ichki ishlar vaziri oʻrinbosari 10. Lavozimiga koʻra Soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari 11. T. Sattarov Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi oʻrinbosari, Kengash huzuridagi Jamgʻarma ijro etuvchi direktori 12. B. Maxmadaliyev Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi oʻrinbosari 13. T. Rapikov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi masʼul xodimi 14. Z. Allamuradov Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi boʻlim boshligʻi, Respublika ishchi guruhi kotibi
Izoh. Respublika ishchi guruhi aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi”.
4. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-iyundagi “Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 433-son qarorida:
a) 1-bandda:
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati, jumladan markaziy apparati va hududiy vakillari shtat birliklari soni Jamgʻarma Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi. Bunda, Jamgʻarma ish hajmidan kelib chiqib, Vasiylik kengashiga Jamgʻarmaga qoʻshimcha shtat birliklari jalb etish, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisiga zarurat boʻlganda Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin”;
toʻqqizinchi xatboshidagi “oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi” soʻzlari “oʻrinbosarlari hisoblanadi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning birinchi xatboshisi “joylashtirilsin” soʻzlaridan keyin “hamda mazkur manzilda ajratilgan hudud va xonalarni Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan taʼmirlash vakolati berilsin” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini koʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi ijro etuvchi apparati
TUZILMASI
Jamgʻarma Vasiylik kengashi Jamgʻarma ijro etuvchi direktori Lizing faoliyatini amalga oshirish va loyihalarni subsidiyalash boʻlimi** 2 Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga kredit berish uchun tijorat banklariga resurs ajratish boʻlimi * 2 “Tomorqa xizmati” MCHJlar bilan ishlash boʻlimi 2 Buxgalteriya 2 Jamgʻarmaning hududiy vakillari Yuriskonsult*** 1
Jamgʻarmaning ijro etuvchi apparati, jumladan markaziy apparati va hududiy vakillari shtat birliklari soni Jamgʻarma Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi. Bunda, Jamgʻarma ish hajmidan kelib chiqib, Vasiylik kengashiga Jamgʻarmaga qoʻshimcha shtat birliklari jalb etish huquqi berilgan.
* Boʻlim boshligʻi bir vaqtning oʻzida Jamgʻarma ijro etuvchi direktori oʻrinbosari hisoblanadi.
** Lizing faoliyatini amalga oshirish uchun Jamgʻarma ulushi ishtirokida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi yuridik shaxs tashkil etilishi mumkin;
*** Yuridik xizmat autsorsing asosida tashkil etilishi mumkin”;
g) Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomda:
7-bandning oʻninchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Vasiylik kengashi majlis bayonlari soʻrov oʻtkazish yoʻli bilan rasmiylashtirilishi mumkin”;
17-bandning yigirma uchinchi xatboshisidagi “yigirmanchi xatboshida keltirilgan obyekt va uskunalar” soʻzlari “yigirma ikkinchi xatboshida keltirilgan bino-inshootlar, obyekt va uskunalar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
18-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Jamgʻarmaning tijorat banklariga resurs ajratish va mablagʻlarini depozitga qoʻyishdan olingan, shuningdek Jamgʻarmaning boʻsh turgan mablagʻlariga tijorat banki tomonidan toʻlangan foiz koʻrinishidagi daromadlari Jamgʻarmaning oʻz mablagʻlari boʻlib, konsolidatsiyalashgan budjet mablagʻlari yoki budjet tizimi budjetlari mablagʻlari hisoblanmaydi.
Jamgʻarmaning Vasiylik kengashi qaroriga asosan “Tomorqa xizmati” MCHJlarga 300 million soʻmgacha ajratilgan garovsiz kredit uchun Jamgʻarmaning tijorat banklari tomonidan garovga (depozit) olingan mablagʻlarining akseptsiz undirilgan hamda tijorat banklariga qoʻyilgan depozit mablagʻlarining qaytmagan qismi mazkur bandning birinchi xatboshisida keltirilgan manbalar hisobidan yaratilgan zaxira mablagʻlari hisobidan qoplanadi”.
5. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-yanvardagi “Oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash dasturlari doirasida bogʻdorchilik, uzumchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 52-son qarorida:
a) 1-banddagi “Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” soʻzlari bilan, “Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi (keyingi oʻrinlarda agentliklar deb ataladi)” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandda:
“a” kichik banddagi “agentliklar” soʻzi “Agentlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
“v” kichik bandda:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligining Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari”;
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi — yettinchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
“g” kichik bandda “bir yillik” soʻzlari “uch yilgacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
“d” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) tijorat banklari intensiv bogʻ va tokzorlar tashkil etish hamda issiqxona qurish loyihalarini moliyalashtirish uchun tashabbuskorlarga — 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga kredit ajratishi mumkin”;
v) Intensiv bogʻ va tokzorlar barpo etish, issiqxonalar qurish hamda ularni aholiga lizing va kredit shartlari asosida berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
2-bandda:
ikkinchi xatboshi “lizing” soʻzidan keyin “(kredit)” soʻzi bilan toʻldirilsin;
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“lizing (kredit) oluvchi — lizing (kredit) shartnomasi boʻyicha lizing (kredit) obyektini egalik qilish va foydalanish uchun olayotgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
lizing (kredit) toʻlovlari — lizing (kredit) oluvchi tomonidan lizing (kredit) beruvchiga lizing (kredit) obyekti qiymatini qoplash uchun toʻlanadigan toʻlovlar, foiz (ustama) toʻlovlari, shuningdek, lizing (kredit) obyektini barpo etish, qurish, sotib olish, yetkazib berish bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlarni qoplash uchun toʻlangan toʻlovlar yigʻindisi”;
beshinchi xatboshida “qishloq xoʻjaligi tashkiloti” soʻzlari “xoʻjalik yurituvchi subyektlar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
3-bandda “Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi hamda Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi” soʻzlari bilan, “Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi yoki Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
5-bandda:
uchinchi xatboshida “Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligining Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligining Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
beshinchi — yettinchi xatboshilar tegishlicha toʻrtinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
7-bandning uchinchi xatboshisida “Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligiga, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligiga” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
9-bandda:
quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:
“Mazkur roʻyxatga kiritilgan tashabbuskorlar lizing (kredit) obyektini xarid qilishdan bosh tortgan taqdirda, tegishli hokim yordamchilari tavsiyasiga koʻra almashtirilishi mumkin”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Tuman hokimligi tomonidan yakuniy roʻyxat taqdim etilmagan taqdirda, ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan jadvalga muvofiq yakuniy roʻyxat sotuvchi tomonidan tegishli hokim yordamchilari tavsiya etgan roʻyxat asosida shakllantiriladi.
Hokim yordamchisi tomonidan tashabbuskorlar tavsiya etilmagan taqdirda, sotuvchi tomonidan yakuniy roʻyxat mustaqil ravishda shakllantiriladi va ushbu roʻyxat axborot tariqasida tuman hokimligiga taqdim etiladi.
Yakuniy roʻyxatga mahalliy aholi bilan kooperatsiya asosida ishni tashkil etish istagida boʻlgan bir yoki bir nechta xoʻjalik subyektlari ham kiritilishi mumkin”;
13-bandda “oluvchi bilan” soʻzlaridan soʻng “lizing obyektini toʻgʻridan-toʻgʻri sotish boʻyicha” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
14-bandda:
ikkinchi xatboshida “Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligining Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligining Uzum yetishtiruvchilar va vino tayyorlovchilarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi” soʻzlari “Qishloq xoʻjaligida xizmatlar koʻrsatish agentligining Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan lizing obyektini lizingga sotish tartibi Jamgʻarma Vasiylik kengashi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida amalga oshiriladi”;
17-bandda “bir yillik” soʻzlari “uch yilgacha” soʻzlari bilan almashtirilsin;
25-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25. Intensiv bogʻ, tokzorlar yoki issiqxonalar mazkur Nizomning 2-ilovasi bilan tasdiqlangan yakuniy roʻyxatga kiritilgan tashabbuskorlarga kredit shartlari asosida toʻgʻridan-toʻgʻri sotilishi (berilishi) mumkin”;
26-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“26. Tijorat banklari intensiv bogʻ va tokzorlar tashkil etish hamda issiqxona qurish loyihalarini moliyalashtirish uchun 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga tashabbuskorlarga kredit ajratishi mumkin.
Kreditlar raqamlashgan holda Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali ajratiladi”;
quyidagi mazmundagi 261 — 266-bandlar bilan toʻldirilsin:
“261. Tashabbuskorga kredit rasmiylashtirib berilgandan va kredit obyekti summasi tijorat banki tomonidan sotuvchiga oʻtkazib berilgandan soʻng sotuvchining rozilik xati asosida kredit obyektiga boʻlgan mulk huquqi va egallab turgan yer uchastkasiga boʻlgan huquq tijorat banki nomiga davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun asos hisoblanadi.
262. Davlat xizmatlari markazi orqali hududiy tuman yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri filiali kredit obyekti egallagan yer maydonini ushbu Nizomning 10-bandida koʻrsatilgan muddat va shartlar asosida tijorat banki nomiga belgilangan tartibda rasmiylashtirib beradi.
263. Kredit obyekti qiymati toʻlangandan soʻng sotuvchi tijorat banki vakili ishtirokida oʻn kun muddatda kredit obyektini tashabbuskorga qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida topshiradi.
Kredit toʻlovlari kredit shartnomasining butun amal qilish muddatida boʻlib-boʻlib toʻlanadi. Kredit toʻlovlarining miqdorlari va davriyligi kredit shartnomasi bilan belgilanadi.
264. Kredit obyektiga boʻlgan mulk huquqi tashabbuskor tomonidan kredit obyekti qiymati toʻliq toʻlangunga qadar tijorat bankiga tegishli boʻladi.
265. Tijorat banki kredit shartnomasi muddati davomida kredit obyektidan maqsadli foydalanilishini va kredit toʻlovlari oʻz vaqtida toʻlab borilishini nazorat qiladi.
266. Kredit obyektidan maqsadsiz foydalanilganda yoki kredit toʻlovlari kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda amalga oshirilmaganda kredit shartnomasi bekor qilinishi mumkin”;
quyidagi mazmundagi 3-paragraf bilan toʻldirilsin:
“3-§. Intensiv bogʻ, tokzor yoki issiqxonalarni elektron onlayn auksion savdolari orqali sotish
267. Sotuvchi tomonidan intensiv bogʻ, tokzor barpo etilib yoki issiqxona qurib bitkazilgandan soʻng tuman hokimligi tomonidan 6 oy muddatda ularni xarid qiladigan tashabbuskorlarning yakuniy roʻyxati taqdim etilmagan taqdirda, sotuvchi intensiv bogʻ, tokzor yoki issiqxonani lotlarga boʻlgan holda “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron onlayn auksion savdolariga qoʻyishi mumkin.
268. Intensiv bogʻ, tokzor yoki issiqxonalarni lotlarga boʻlgan holda “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali elektron onlayn auksion savdolarida sotish va shartnomani rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qarori bilan tasdiqlangan Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning maʼmuriy reglamentida belgilangan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi.
269. Sotuvchi va auksion gʻolibi oʻrtasidagi Intensiv bogʻ, tokzor yoki issiqxonalarning oldi-sotdi shartnomasida toʻlovlarni toʻlash shartlari va muddatlari koʻrsatiladi.
Elektron onlayn auksion savdolari gʻolibi toʻlovlarni toʻlash uchun “Har bir oila — tadbirkor” dasturi hamda Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan tijorat banklari orqali kredit olishi mumkin.
2610. Elektron onlayn auksion savdolari gʻolibi tomonidan intensiv bogʻ, tokzorlar va issiqxona qiymati toʻliq toʻlangandan soʻng obyekt sotuvchi tomonidan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi asosida oʻtkazib beriladi”;
30-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Kredit oluvchi kredit evaziga sotilgan intensiv bogʻ, tokzor va issiqxonalarning barcha toʻlovlari toʻliq toʻlab boʻlingandan soʻng besh kun muddatda kredit obyektining mulk huquqini kredit oluvchiga oʻtkazish toʻgʻrisida dalolatnoma rasmiylashtiradi, kredit obyektining mulk huquqini va egallagan yer maydonini kredit oluvchi nomiga rasmiylashtirish toʻgʻrisida tuman hokimligiga yozma ravishda murojaat qiladi”;
32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“32. Tuman hokimligi oʻn kun muddatda tashabbuskorlarni (lizing yoki kredit oluvchini) dehqon xoʻjaligi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilishini va unga intensiv bogʻ, tokzorlar yoki issiqxonaga boʻlgan mulk huquqini va ular egallagan yer uchastkasiga ijara huquqini berish toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyat hokimlariga tegishli qaror qabul qilinishini soʻrab murojaat qiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyat hokimlari besh kun muddatda tuman hokimligi tomonidan dehqon xoʻjaligi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan tashabbuskorlar (lizing yoki kredit oluvchi)ga intensiv bogʻ, tokzorlar yoki issiqxonaga boʻlgan mulk huquqini va ular egallagan yer uchastkasiga ijara huquqini berish toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining va viloyat hokimining tegishli qarori qabul qilinishini taʼminlaydi”;
33-bandda “Viloyat hokimining” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyat hokimlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-yanvardagi “Dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqalari yer uchastkalaridan yanada samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 53-son qarorida:
a) 1-bandning toʻqqizinchi xatboshisidagi “masʼuliyati cheklangan jamiyatlarining” soʻzlari “tadbirkorlik subyektlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandda:
uchinchi xatboshidagi “MCHJlarga” soʻzi “tadbirkorlik subyektlariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “MCHJlar” soʻzi “tadbirkorlik subyektlari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) “Tomorqa xizmati” masʼuliyati cheklangan jamiyatlarining reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
nomlanishidagi “masʼuliyati cheklangan jamiyatlarining” soʻzlari “tadbirkorlik subyektlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Ushbu nizomda “Tomorqa xizmati” MCHJlarga qoʻllaniladigan barcha qoidalar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida tashkil etiladigan “Tomorqa xizmati” YTTlarga nisbatan ham qoʻllaniladi”;
2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. “Tomorqa xizmati” MCHJlari — fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga shartnoma asosida zarur moddiy resurslar, shu jumladan, urugʻlar, koʻchatlar, taralar, texnika, chorva mollari, parranda, quyon, asalari uyasi, baliq, qishloq xoʻjalik texnikalari hamda ehtiyot qismlari, omuxta yem, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilish uchun kimyoviy vositalar va asbob-uskunalar yetkazib berish, shuningdek, issiqxonalar qurib berish, yerlarni rekultivatsiya qilish va qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish, sugʻorish tizimini yaratish va yaxshilash, suv nasoslari oʻrnatish, artezian quduqlar qazish va tomchilatib sugʻorishni tashkil etish, fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalaridan xarid qilingan, shuningdek, oʻz maydonlarida yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini saralash, tayyorlash, saqlash, qayta ishlash, quritish, qadoqlash, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish va ularni ichki va tashqi bozorlarda sotish hamda eksport qilish bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyekt;
yakka tartibdagi tadbirkor sifatida tashkil etiladigan “Tomorqa xizmati” YTTlar — fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalariga shartnoma asosida zarur moddiy resurslar, shu jumladan, urugʻlar, koʻchatlar, taralar, texnika, chorva mollari, parranda, quyon, asalari uyasi, baliq, qishloq xoʻjalik texnikalari hamda ehtiyot qismlari, omuxta yem, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilish uchun kimyoviy vositalar va asbob uskunalar yetkazib berish, shuningdek, issiqxonalar qurib berish, yerlarni rekultivatsiya qilish va qishloq xoʻjaligi ekinlarini ekish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish bilan birga qayta ishlash, saqlash, realizatsiya qilish va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyekt;
“Tomorqa xizmati” tadbirkorlik subyektlari reyestri (keyingi oʻrinlarda — Reyestr) — “Tomorqa xizmati” tadbirkorlik subyektlarining (YTT, MCHJ) tizimlashtirilgan roʻyxati va ular haqidagi maʼlumotlardan iborat yagona maʼlumotlar bazasi”;
29-bandda “bir yil” soʻzlari “ikki yil” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) Nizomga 3-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tomorqa xizmati” masʼuliyati cheklangan jamiyatlarining reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Reyestrga kiritish uchun “Tomorqa xizmati” tadbirkorlik subyektlariga qoʻyiladigan
TALABLAR
T/r Koʻrsatkichlar Talab 1. Motokultivator (motoblok) 2 dona 2. Traktor yoki mini traktor* 1 dona 3. Yuk saqlash omborxonasi (usti yopiq bostirma yoki koʻchma muzlatkich)* 50 tonna 4. Dori purkagichli uskuna 4 dona 5. Xonadonga xizmat koʻrsatish uchun shartnomalar har yili 500 xonadonga
* Bino va inshootlar, minitraktor ijara munosabatlari asosida foydalanilishi mumkin”.
7. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-fevraldagi 109-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 101 va 103-bandlardagi “Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi” soʻzlari “Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 201-bandda:
birinchi xatboshidagi “tegishli ravishda tuman (shahar) fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga (keyingi oʻrinlarda — tuman kengashi) quyidagi hujjatlarni taqdim etadi” soʻzlari “Agrosubsidiya” axborot tizimiga quyidagi hujjatlarni kiritadi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi “bank rekvizitlari” soʻzlaridan keyin “pudratchi tashkilot tomonidan olinadigan Yer osti suvlariga quduqlarni burgʻilash uchun ruxsatnoma, qazilgan quduqqa tayyorlangan va Gidrogeologiya stansiyalarida roʻyxatga qoʻyilgan texnik pasport, quduqdan foydalanish uchun isteʼmolchi tomonidan olinadigan Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma, talabgor va burgʻilovchi tashkilot oʻrtasida qazilgan quduqni 1 yil davomida kuzatib va tuzatib borish shartnomasi hamda tuman komissiyasi va talabgor oʻrtasida talabgor tomonidan quduqdan kamida 2 yil davomida samarali foydalanish boʻyicha kelishuv shartnomasi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“mazkur bandning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilarida keltirilgan hujjatlarning haqqoniyligi, vertikal sugʻorish quduqlarini qazish va foydalanishga topshirish jarayonida barcha zarur hujjatlarni, jumladan yer osti suvlaridan foydalanishga oid ruxsat etuvchi hujjatlar, loyiha-smeta hujjatlarining toʻgʻri tuzilganligi va shakllantirilganligi, shuningdek, ushbu jarayonida budjet va budjetdan tashqari toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblarning amaldagi qonunchilik talablari asosida amalga oshirilganligi yuzasidan talabgor va u bilan shartnoma munosabatlari asosida faoliyat koʻrsatgan yuridik shaxslar masʼul hisoblanadi”;
v) 203 — 206-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“203. Tuman kengashlari talabgorlar tomonidan toʻliq taqdim qilingan hujjatlarni koʻrib chiqqandan soʻng, tuman (shahar) komissiyasi uch ish kuni muddatda vertikal sugʻorish quduqlarini barcha hujjatlarni toʻgʻri va haqqoniy tuzilganligini, artezian quduqdan samarali foydalanishi holatini joyiga chiqqan holda oʻrganadi va ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan tarkibdagi Suv taʼminoti ogʻir boʻlgan hududlardagi aholi tomorqalari va dehqon xoʻjaliklarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻilash, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va oʻrnatish ishlarini foydalanishga qabul qilish hududiy ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda — Hududiy ishchi guruhi) muhokamasiga kiritadi.
204. Hududiy ishchi guruhi aʼzolari:
uch ish kunida foydalanishga topshirilgan vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻilash jarayonida rasmiylashtirilishi lozim boʻlgan barcha hujjatlarni toʻgʻri va haqqoniy tuzilganligini, budjet va budjetdan tashqari toʻlovlar boʻyicha hisob-kitoblar toʻgʻri amalga oshirilganligini, artezian quduqdan samarali foydalanilishi holatini oʻrganadi va ushbu jarayon amaldagi qonunchilik talablari asosida amalga oshirilishini taʼminlaydi;
ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, talabgorlarga ajratiladigan subsidiya miqdori va talabgorlarning bank rekvizitlarini koʻrsatgan holda buyurtmanomalarni shakllantiradi hamda tasdiqlagan holda “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali Kengashga kiritadi.
Qazilgan vertikal sugʻorish quduqlarining hujjatlari (loyiha-smeta) toʻgʻri tayyorlanganligi va taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻri va haqqoniyligi yuzasidan javobgarlik Tuman (shahar) komissiyasi va Hududiy ishchi guruhi aʼzolari zimmasiga yuklatiladi.
205. Kengash Hududiy ishchi guruhi tomonidan taqdim etilgan buyurtmanomalarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga kiritadi.
Mazkur vazirliklar tomonidan ijobiy xulosa olingandan soʻng, talabgorlarning xarajatlarini qoplab berish boʻyicha zarur hujjatlar Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
206. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan hisobot yili boshida suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari, dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻilash va ishga tushirish, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va oʻrnatish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplashga moʻljallangan subsidiya uchun belgilangan mablagʻlar Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasining Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi hisobvaragʻida rejalashtiriladi”;
g) 208-banddagi “uch ish kunida Kengash” soʻzlari “Kengash” soʻzi bilan almashtirilsin;
d) quyidagi mazmundagi 209-band bilan toʻldirilsin:
“209. Qabul qilib olingan vertikal sugʻorish quduqlaridan doimiy tarzda samarali foydalanilishi uchun mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari masʼul hisoblanadi”;
e) 21-banddagi “Moliya” soʻzi “Iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
j) 22-bandning ikkinchi xatboshisidan “Kengash hamda uning hududiy organlari” soʻzlari chiqarib tashlansin;
z) Nizom quyidagi mazmundagi 4-ilova bilan toʻldirilsin:
“Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Suv taʼminoti ogʻir boʻlgan hududlardagi aholi tomorqalari va dehqon xoʻjaliklarini sugʻorish uchun vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻilash, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va oʻrnatish ishlarini foydalanishga qabul qilish hududiy ishchi guruhining
NAMUNAVIY TARKIBI
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyat Gidrogeologiya hududiy stansiyalari boshliqlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri, viloyat irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshligʻi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri, viloyat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshligʻi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri, viloyat Iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshligʻi;
hududiy elektr tarmoqlari korxonalari direktorlari”.
8. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-iyuldagi “Suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalari va qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan yer maydonlariga suv chiqarish ishlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 459-son qarorida:
a) 1-banddagi “Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi” soʻzlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-bandning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“aholi tomorqa yerini sugʻorish uchun chuqurligi 10 metrdan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun 5 metrdan ortiq boʻlgan kichik hajmdagi har bir vertikal sugʻorish qudugʻini burgʻilash va ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarning birinchi metridan boshlab 100 foizini, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan oshmagan miqdorda;
kamida 30 ta aholi tomorqa yerlarini sugʻorish uchun katta hajmdagi vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻilash va ishga tushirish, shuningdek, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va oʻrnatish bilan bogʻliq xarajatlarning 100 foizini, biroq 150 million soʻmdan oshmagan miqdorda;
dehqon xoʻjaligi tashkil etish uchun 0,15 gektardan 2 gektargacha boʻlgan oʻlchamlarda 30 yilga ijaraga berilgan va bitta konturda yoki yonma-yon ikkita konturda joylashgan kamida 10 ta dehqon xoʻjaliklari yerlarini sugʻorish uchun katta hajmdagi vertikal sugʻorish quduqlarini burgʻilash va ishga tushirish bilan bogʻliq xarajatlarning 100 foizini, biroq 150 million soʻmdan oshmagan miqdorda”;
v) 3-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda har yili 1-yanvar va 1-iyulga qadar suv taʼminoti ogʻir hududlardagi aholi tomorqalarida burgʻilanadigan vertikal sugʻorish quduqlarining manzilli dasturini shakllantiradi va tasdiqlaydi”;
uchinchi xatboshida “2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan hamda 2022-yildan” soʻzlari “2021 — 2025-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan hamda 2026-yildan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) 4-banddagi “Moliya” soʻzi “Iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin.
9. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qarori bilan tasdiqlangan Dehqon xoʻjaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning maʼmuriy reglamenti 1-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Mazkur Reglament Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-yanvardagi 52-son qarori bilan tasdiqlangan Intensiv bogʻ va tokzorlar barpo etish, issiqxonalar qurish hamda ularni aholiga lizing va kredit shartlari asosida berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash dasturlari doirasida intensiv bogʻ va tokzorlar barpo etish, issiqxonalar qurish hamda ularni aholiga lizing va kredit shartlari asosida berish hisobiga aholi bandligini va daromadlarini oshirish maqsadida, tashabbuskorlarga dehqon xoʻjaligi tashkil etish uchun yer ajratish va ularga yer ijara huquqlarini rasmiylashtirishga tatbiq etilmaydi”.
10. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi “Tomorqa xoʻjaliklarida yetishtirilgan mahsulotlarni kafolatli xarid qilish tizimini moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi 81-son qarorida:
a) 1-band, 2-bandning birinchi — toʻrtinchi xatboshilari, 3-bandning ikkinchi xatboshisi hamda 4-banddagi “tomorqa yer egalari bilan” soʻzlari “tomorqa yer egalari, fermer, dehqon xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi mahsulot yetkazib beruvchilari bilan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 4-banddagi “Moliya” soʻzi “Iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) Tomorqa yer egalari bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga omborxonalarni jihozlash, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini quritish, saralash va qadoqlash uskunalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismiga subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
Nizom nomlanishida, matnida va ilovalarida “tomorqa yer egalari bilan” soʻzlari “tomorqa yer egalari, fermer, dehqon xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi mahsulot yetkazib beruvchilari bilan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
2-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “xarid qilib” soʻzlari “xarid qilgan yoki xarid qilishni rejalashtirgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidagi “ishlatiladigan panellar” soʻzlaridan keyin “, kichik hajmli koʻchma muzlatkichlar” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
toʻrtinchi xatboshidagi “yuridik shaxslarga (tomorqa yer egalari bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlik subyektlari)” soʻzlari “tadbirkorlik subyektlariga (tomorqa yer egalari, fermer, dehqon xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi mahsulot yetkazib beruvchilar bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlik subyektlari (jismoniy shaxslar)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi “tadbirkorlik subyektlari” soʻzlaridan keyin “(jismoniy shaxslar)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
oltinchi xatboshidan “avtomatlashtirilgan” soʻzlari chiqarib tashlansin;
5-bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yuridik shaxslar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaga, jismoniy shaxslar shaxsini tasdiqlovchi pasportga ega boʻlgan”;
toʻrtinchi xatboshi “ega boʻlishi” soʻzlaridan keyin “(kichik hajmli koʻchma muzlatkichlardan tashqari)” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
beshinchi xatboshidagi “keyin xarid qilingan” soʻzlari “koʻpi bilan bir yil oldin xarid qilingan yoki xarid qilishni rejalashtirgan” soʻzlari bilan almashtirilsin;
6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Tomorqa yer egalari, fermer, dehqon xoʻjaliklari, qishloq xoʻjaligi mahsulot yetkazib beruvchilar bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan holda omborxonalarni jihozlash, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini quritish, saralash va qadoqlash uskunalarini xarid qilishga sarflangan xarajatlarning bir qismiga subsidiya olish boʻyicha talabgorlarning arizalariga asosan manzilli roʻyxat har yili 1-fevral holatiga bir marta shakllantiriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining takliflariga koʻra Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishilgan holda manzilli roʻyxatga bir oyda bir marta oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin”;
7-banddagi “tadbirkorlik subyektlariga” soʻzlari “talabgorlarga” soʻzi bilan almashtirilsin;
8, 11-bandlardagi “1-aprelga” soʻzlari “1-fevralga” soʻzlari bilan, 15-banddagi “15-aprelga” soʻzlari “15-fevralga” soʻzlari bilan, 16, 19-bandlardagi “20-aprelga” soʻzlari “20-fevralga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
12-banddagi “hujjatlarning haqqoniyligini, shuningdek, talabgorlarning moliyaviy holatini joyiga chiqqan holda” soʻzlari “hujjatlarni” soʻzi bilan almashtirilsin;
13-banddagi “manzilli roʻyxat tuman moliya boʻlimining” soʻzlari “manzilli roʻyxat tumandagi tegishli hokim yordamchisi, tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14-banddagi “tuman moliya boʻlimining boshligʻi, tuman fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashining raisi hamda tuman” soʻzlari “tuman iqtisodiyot va moliya boʻlimining boshligʻi hamda tumandagi tegishli” soʻzlari bilan almashtirilsin;
19-bandda “20-aprelga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya” soʻzlari “20-fevralga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya” soʻzlari bilan almashtirilsin;
25-banddan “Zaruratga koʻra, talabgorlarning takliflarini joyiga chiqqan holda oʻrganadi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
28-band “belgilangan tartibda” soʻzlaridan keyin “(YIDXP yoki “Agrosubsidiya” AT orqali) tuziladi” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
31-band “moliya boʻlimi” soʻzlaridan keyin “hamda tegishli tuman hokimi yordamchisi” soʻzlari bilan toʻldirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 373-son qarori bilan tasdiqlangan Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarining yagona elektron platformasi orqali kreditlar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
a) 306 -band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“306. Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan:
aholi tomorqalaridan samarali foydalanish yoʻnalishida tomorqa yer egalariga 3 million soʻmgacha mikrokreditlar beriladi hamda ushbu mikrokreditlar yagona elektron platforma orqali ajratiladi;
bir qishloqda istiqomat qiladigan bir nechta tomorqa yer egasi (jismoniy shaxs)ga bir dona vertikal sugʻorish qudugʻini burgʻilash uchun kredit ajratishga ruxsat beriladi;
bitta konturda joylashgan kamida uchta dehqon xoʻjaligiga qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish maqsadida oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida bitta katta hajmdagi vertikal sugʻorish qudugʻini burgʻilash va ishga tushirish uchun tijorat banklaridan kredit olishga ruxsat beriladi”;
b) 33-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“Xorijiy taʼminotchilarga Oʻzbekiston rezidentlariga belgilangan talablar doirasida ortiqcha hujjatlarsiz Marketpleys tizimiga kirish huquqi beriladi”.
