Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (3219-1-son)
05.03.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 5-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3219-1]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi va “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2019-yil 13-dekabrdagi 30/6-son qarori (roʻyxat raqami 3219, 2020-yil 10-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2020-y., 10/20/3219/0160-son) bilan tasdiqlangan Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oydan keyin kuchga kiradi.
Rais M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2024-yil 26-yanvar,
42/17-son
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2024-yil 26-yanvardagi 42/17-son qaroriga ILOVA
Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solinishini belgilaydi.”.
2. 1-bandning uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qarzdor-bank — tashkilot tomonidan moliyaviy resurslarni ajratish yoʻli bilan ipoteka kreditlari qayta moliyalashtirilgan tijorat banki (bundan buyon matnda bank deb yuritiladi);”.
3. Quyidagi mazmundagi 11-band bilan toʻldirilsin:
“11. Tashkilot:
banklarga ular tomonidan berilgan yoki beriladigan ipoteka kreditlariga moliyaviy mablagʻlar taqdim etishga;
banklar tomonidan berilgan ipoteka kreditlari boʻyicha talab qilish huquqini olishga;
pul mablagʻlarini banklar tomonidan chiqarilgan ipoteka qimmatli qogʻozlariga joylashtirishga;
ipoteka kreditlarini qayta moliyalashtirish bilan bogʻliq maslahat va axborot xizmatlarini koʻrsatishga;
xizmatlarni masofadan turib (elektron xizmatlar) koʻrsatishga, Oʻzbekiston Respublikasining davlat qimmatli qogʻozlarini, yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushlarini va ularning qarz qimmatli qogʻozlarini sotib olishga, boʻsh pul mablagʻlarini bankka omonatlar (depozitlar) sifatida kiritishga, shuningdek qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishga haqli.”.
4. 4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“4. Qarzdor-bankka quyidagi hollarda tashkilot tomonidan kredit resurslari ajratilmaydi:
oxirgi hisobot sanasiga tuzilgan moliyaviy hisobotiga salbiy fikr bildirilgan auditorlik xulosasi tuzilgan boʻlsa;
qarzdor-bank “Standard & Poor`s” va “Fitch Ratings” kompaniyalarining “V-” hamda “Moody`s Investors Service” kompaniyasining “V3” yoki Markaziy bank tomonidan tan olinadigan boshqa reyting kompaniyalarining ushbu reyting darajasiga teng yoki undan kam boʻlgan reyting baholariga ega boʻlsa;
ketma-ket oxirgi toʻrt chorakda faoliyatini zarar bilan yakunlagan boʻlsa;
Markaziy bank tomonidan oʻrnatilgan kapital monandliligi boʻyicha prudensial normativlarga rioya etilmagan boʻlsa.”.
5. 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Tashkilot qarzdor-bankning garov taʼminotini qayta moliyalashtirishdan avval taqdim etilgan ipoteka kreditlarini ularga boʻlgan muvofiqlik talablariga mosligini tahlildan oʻtkazishi, shuningdek qayta moliyalashtirganidan soʻng har yili kamida bir marotaba garov taʼminotlarini iqtisodiy tahlil asosida qayta baholashi lozim.”.
6. 6-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qarzdor-bank taʼminotni almashtirib berishi yoki unga ajratilgan resursning muvofiqlik mezonlariga mos keluvchi taʼminot bilan taʼminlanmagan qismini tashkilot talabiga koʻra qaytarib beradi.”.
7. 7 — 9-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“7. Tashkilot oʻz faoliyatini quyidagi mablagʻlar hisobidan moliyalashtiradi:
oʻz mablagʻlari;
banklarning kreditlari;
grantlar;
oʻz ishtirokchilaridan (aksiyadorlaridan) jalb etilgan qarz mablagʻlari;
korporativ obligatsiyalarni joylashtirishdan olingan mablagʻlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining hamda davlat jamgʻarmalarining mablagʻlari;
xalqaro moliya institutlarining, chet el hukumat moliya tashkilotlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarning, shu jumladan chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining qarz mablagʻlari;
yuridik shaxslardan, shu jumladan chet el yuridik shaxslaridan olingan qarz mablagʻlari;
ipoteka qimmatli qogʻozlarini joylashtirishdan olingan mablagʻlar;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
8. Tashkilot quyidagilarga haqli emas:
bevosita ishlab chiqarish, sugʻurta, shuningdek savdo faoliyatini amalga oshirishga va ushbu Qonunda nazarda tutilmagan boshqa faoliyatni amalga oshirishga;
jismoniy va yuridik shaxslardan omonatlarni (depozitlarni) jalb etishga;
jismoniy shaxs boʻlgan ishtirokchilardan (aksiyadorlardan) ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritilgan hissa summasidan yoki ularning egaligidagi aksiyalarning nominal qiymatidan oshadigan miqdorda qarz mablagʻlarini jalb etishga, bundan obligatsiyalar shaklidagi qarz mablagʻlarini jalb etish mustasno.
9. Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotining faoliyati u haqidagi maʼlumotlarni ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestriga kiritish vositasida hisob roʻyxatidan oʻtkazilganidan keyin amalga oshiriladi.”.
8. 11-bandning uchinchi xatboshisidagi “depozitga” degan soʻzdan keyin “, shuningdek repo operatsiyalariga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
9. Quyidagi mazmundagi 111-band bilan toʻldirilsin:
“111. Tashkilot va uning filiallarini tashkil etish, jumladan tashkilotni hisob roʻyxatidan oʻtkazish va tashkilot haqidagi maʼlumotlarni reyestrdan chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 2 va 3-boblariga muvofiq amalga oshiriladi.”.
10. 2, 3 va 4-boblar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
11. 49-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“49. Tashkilotning banklarga joylashtirgan aktivlari sifati quyidagicha tasniflanadi:
asosiy qarz va (yoki) foizlar oʻz muddatida qaytarilishiga shubha tugʻdirmaydigan aktivlar — “standart”;
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish muddati 5 kungacha kechiktirilganda — “substandart”;
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish muddati 5 kundan 10 kungacha kechiktirilganda — “qoniqarsiz”;
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish muddati 11 kundan 30 kungacha kechiktirilganda — “shubhali”;
asosiy qarz va (yoki) foizlarni qaytarish muddati 31 va undan ortiq kunga kechiktirilganda, shuningdek aktiv joylashtirilgan bankning litsenziyasi chaqirib olingan yoki boshqa tartibda uni tugatish ishlari boshlanganda — “umidsiz”.
Bunda, tashkilot tomonidan aktiv joylashtirilgan banklarning moliyaviy koʻrsatkichlari hamda Markaziy bank tomonidan oʻrnatilgan prudensial normativlarning bajarilishi muntazam oʻrganib boriladi.”.
12. 50-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
13. 52-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“52. Aktivlarning quyida keltirilgan asosiy shartlaridan hech boʻlmaganda bittasi qarz oluvchining moliyaviy qiyinchiliklari sababli oʻzgartirilgan boʻlsa, ular shartlari qayta koʻrib chiqilgan aktivlar deb hisoblanadi:
foiz stavkasining pasaytirilishi, shartnomada belgilangan oʻzgaruvchan foiz stavkasi pasayishi munosabati bilan foiz stavkasining pasaytirilishi holatlari bundan mustasno;
foizlar va (yoki) asosiy qarzga doir toʻlovlarning bir qismi yoki barchasidan voz kechilishi;
aktivning asosiy va (yoki) foizlarining toʻlash muddati kechiktirilishi yoki uzaytirilishi, qarz oluvchini moliyalashtirishni boshlash muddati oʻzgarishi hisobiga toʻlov grafigining yoki toʻlovlar toʻlanadigan oy ichida toʻlov sanasining oʻzgartirilishi bundan mustasno.
Tashkilotning shartlari qayta koʻrib chiqilgan aktivlar sifatini tasniflash toifasi shartlari qayta koʻrib chiqilishidan oldingi toifasidan bir pogʻonaga past boʻladi.”.
14. 56-bandda “audit qoʻmitasiga” degan soʻzlar “kuzatuv kengashiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
15. 63-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“63. Tashkilot moliyaviy va nazoratga doir hisobotlarini mazkur Nizomning 1 — 16-ilovalariga muvofiq shakllarda hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha Markaziy bankka taqdim etishi lozim.
Agar oyning 10-sanasi dam olish yoki bayram kuniga toʻgʻri kelsa, bunda hisobotlar dam olish yoki bayram kunidan keyingi ish kunida taqdim etilishi lozim. Taqdim etilgan moliyaviy hisobotlarda xato va kamchiliklar aniqlanganda, kamchiliklar tuzatilib, ikki ish kunida qayta taqdim etilishi shart.”.
16. Quyidagi mazmundagi 631 va 632-bandlar bilan toʻldirilsin:
“631. Moliyaviy va nazoratga doir hisobotlardagi maʼlumotlar hisobot oyining oxirgi kunida amalga oshirilgan amaliyotlarni hisobga olgan holda mazkur hisobot oyining oxirgi sanasi holatiga koʻrsatilishi kerak.
632. Moliyaviy va nazoratga doir hisobotlar tashkilot ijro etuvchi organi rahbarining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.”.
17. Quyidagi mazmundagi 651-band bilan toʻldirilsin:
“651. Regulyativ kapital I darajali kapital va II darajali kapitalning yigʻindisidan iborat.”.
18. 66, 73 va 75-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
19. 76-band “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi” degan soʻzlardan keyin “Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati toʻgʻrisida”gi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
20. 77-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
21. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirdagi 1 — 16-ilovalar bilan toʻldirilsin.
Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 1-ILOVA
“Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 2-ILOVA
“Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 3-ILOVA
“Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 4-ILOVA
“Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 5-ILOVA
“Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 6-ILOVA
“Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 7-ILOVA
“Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 8-ILOVA
“Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 9-ILOVA
“Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga 9-ILOVA
Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 10-ILOVA
“Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga 10-ILOVA
Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 11-ILOVA
“Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga 11-ILOVA
Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 12-ILOVA
“Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga 12-ILOVA
Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 13-ILOVA
“Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga 13-ILOVA
Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 14-ILOVA
“Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga 14-ILOVA
Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 15-ILOVA
“Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga 15-ILOVA
Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga 16-ILOVA
“Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga 16-ILOVA
