Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish mexanizmlarini yanada kuchaytirish masalalari haqida (KQ-697-IV-son)
27.02.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
Keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini taʼminlash, ularni turli xil tazyiq va zoʻravonliklardan himoya qilish borasida qator islohotlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, xotin-qizlarning jamiyatga moslashishi, oʻqishi va ishlashi uchun qulay sharoitlar yaratilishi bilan bir qatorda, ularga nisbatan sodir etiladigan tazyiq va zoʻravonliklarning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha yangi mexanizmlar joriy qilindi.
Amalga oshirilayotgan ishlar bilan bir qatorda bugungi holat xotin-qizlarning himoyasi bilan bogʻliq ayrim kamchiliklar mavjudligini koʻrsatmoqda.
Shunga koʻra xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish talab etiladi.
Yuqoridagilarga asosan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 16-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasining xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish mexanizmlarini yanada kuchaytirish toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish mexanizmlarini yanada kuchaytirish masalalari boʻyicha 1-ilovaga muvofiq tarkibda ishchi guruh tuzilsin.
3. Quyidagilar ishchi guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin:
xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish;
xotin-qizlarning mavjud muammolarini oʻrganish va ularning yuzaga kelish sabablarini tahlil qilish;
xalqaro tajribani oʻrgangan holda xotin-qizlarga oid muammolarning oldini olish boʻyicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqish.
4. Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish mexanizmlarini yanada kuchaytirish masalalari boʻyicha “Yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Ishchi guruh (Sh. Choʻlliyev) ushbu Qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar boʻyicha 2024-yil 25-aprelga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashiga axborot taqdim etsin.
6. Mazkur Qaror ijrosini nazorat qilish Senat Raisining birinchi oʻrinbosari S. Safoyev zimmasiga yuklansin.
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2024-yil 27-fevral,
KQ-697-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 27-fevraldagi KQ-697-IV-sonli qaroriga 1-ILOVA
Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish mexanizmlarini yanada kuchaytirish masalalari boʻyicha ishchi guruh
TARKIBI
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ularning oʻrniga lavozimlariga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 27-fevraldagi KQ-697-IV-sonli qaroriga 2-ILOVA
Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish mexanizmlarini yanada kuchaytirish masalalari boʻyicha
“YOʻL XARITASI”
