Qishloq hoʻjaligi bilan shugʻullanuvchi tumanlarning 2025-2030-yillarga moʻljallangan yer tuzish chizmalarini ishlab chiqish toʻgʻrisida (111-son)
04.03.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Qishloq xoʻjaligi yerlaridan, shu jumladan, sugʻoriladigan yerlardan istiqbolda foydalanish va ularni muhofaza qilish chizmalarini ishlab chiqishning tashkiliy-huquqiy asoslarini mustahkamlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-300-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanuvchi tumanlarning 2025 — 2030-yillarga moʻljallangan va loyihalashtirishdan oldin amalga oshiriladigan yer tuzish chizmalarini ishlab chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanuvchi tumanlarning 2025 — 2030-yillarga moʻljallangan va loyihalashtirishdan oldin amalga oshiriladigan yer tuzish chizmalarini ishlab chiqish rejasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilansinki:
qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanuvchi tumanlarning 2025 — 2030-yillarga moʻljallangan va loyihalashtirishdan oldin amalga oshiriladigan yer tuzish chizmalari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti tomonidan ishlab chiqiladi;
yer tuzish chizmalarini ishlab chiqish uchun tegishli vazirlik va idoralar talab etiladigan maʼlumotlar, hisobotlar va hududlarni rivojlantirish rejalarini “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash institutiga belgilangan tartibda taqdim etadi;
tumanlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha infratuzilma obyektlari va boshqa obyektlar istisnolarsiz istiqbolga moʻljallangan yer tuzish chizmalariga muvofiq joylashtiriladi;
qishloq xoʻjaligi yerlari mavjud boʻlgan shaharlarda yer tuzish chizmalari shaharni rivojlantirish boʻyicha bosh rejaga muvofiq shahar davlat hokimiyati organining murojaatiga koʻra ishlab chiqiladi;
yer tuzish chizmalari tasdiqlangandan soʻng ularda nazarda tutilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlari yer fondining boshqa toifasiga oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga yer tuzish chizmalarini ishlab chiqishni moliyalashtirish uchun mazkur qarorga 2-ilovaga asosan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetidan mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari istiqbolda tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning yaqin, oʻrta va uzoq muddatlarga moʻljallangan rejalari yer tuzish chizmalariga muvofiq ishlab chiqilishi boʻyicha doimiy nazorat oʻrnatsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 4-mart,
111-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-martdagi 111-son qaroriga 1-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanuvchi tumanlarning 2025 — 2030-yillarga moʻljallangan va loyihalashtirishdan oldin amalga oshiriladigan yer tuzish chizmalarini ishlab chiqish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanuvchi tumanlarning 2025 — 2030-yillarga moʻljallangan va loyihalashtirishdan oldin amalga oshiriladigan yer tuzish chizmalarini (keyingi oʻrinlarda — yer tuzish chizmasi) ishlab chiqish tartibini belgilaydi.
2. Yer tuzish chizmasi yerdan foydalanish samaradorligini oshirish va ularni muhofaza qilish, yer munosabatlarini tartibga solish, tabiiy muhitni asrash, yaxshilash, hududni kompleks rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida ishlab chiqiladi.
Yer tuzish chizmasi yer resurslarini boshqarishga vakolatli boʻlgan ijro etuvchi hokimiyat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining qishloq xoʻjaligi yerlaridan maqsadli va samarali foydalanishni, ularni muhofaza qilishni tashkil etish faoliyati uchun tatbiq etiladi.
3. Yer tuzish chizmasi “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti (keyingi oʻrinlarda — institut) tomonidan ishlab chiqiladi.
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
yer tuzish chizmasi — qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanuvchi tumanlarning 2025 — 2030-yillarga moʻljallangan va loyihalashtirishdan oldin amalga oshiriladigan yer tuzish ishlarini bajarishda foydalaniladigan, ilmiy asoslangan huquqiy, iqtisodiy va texnik hujjatlar, hisob-kitoblar va tavsiflar toʻplami;
yer tuzish chizmasini ishlab chiquvchi — yer tuzish ishlarini bajarish bilan shugʻullanuvchi davlat muassasasi;
yer turlari — muayyan xoʻjalik maqsadlari uchun muntazam foydalaniladigan yoki foydalanish uchun yaroqli boʻlgan va tabiiy-tarixiy belgilariga koʻra ajralib turuvchi yerlar.
5. Tumanlar maʼmuriy chegarasidagi barcha yer fondi toifalaridagi, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar foydalanish maqsadi, tavsifi va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, yer tuzish chizmasini ishlab chiqish va amalga oshirish obyekti hisoblanadi.
6. Quyidagilar yer tuzish chizmasini ishlab chiqishda asosiy vazifalar hisoblanadi:
yerdan foydalanish va uning holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hamda huquqiy, iqtisodiy va texnik hujjatlarni umumlashtirish va tizimlashtirish;
hududning iqtisodiy-geografik joylashuvi, ijtimoiy, demografik va ekologik tavsifini hamda xoʻjalik va boshqa ishlab chiqarish imkoniyatlarini baholash;
yer tuzish chizmasini ishlab chiqishda sugʻoriladigan yerlarga eng kam salbiy taʼsirni inobatga olgan holda, noqishloq xoʻjaligi ehtiyojlari bilan bogʻliq obyektlarni joylashtirish;
yerdan foydalanishdagi mavjud muammo va qiyinchiliklarni oʻrganish, tahlil qilish va baholash;
yer fondi holati, tuzilishi va taqsimlanishining soʻnggi oʻn yil ichida oʻzgarish dinamikasini oʻrganish;
yerdan samarali foydalanish yoʻnalishlari va xoʻjalik faoliyatining cheklanganligini aniqlash;
yer fondidan istiqbolda foydalanishning umumiy strategiyasi va konsepsiyasini ishlab chiqish;
foydalanish maqsadiga koʻra yer fondi taqsimlanishi, shuningdek, yer transformatsiyasi obyektlari va hajmining yaxshilanishi, muhofaza qilinishini aniqlash;
hudud va massivlarda yerdan foydalanish samaradorligini aniqlash, maʼmuriy-hududiy birliklar, yerdan foydalanuvchilar va mahalliy ishlab chiqarish subyektlari kesimida yerning tarkibiy mutanosibligini belgilash orqali tumanlar hududining xoʻjalik imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda mintaqalashtirish;
davlat dasturlari, investitsiya loyihalariga muvofiq ishlab chiqarish obyektlarini joylashtirish uchun maqbul yer uchastkalarini tanlash;
maʼmuriy-hududiy birliklar chegaralarini tartibga solish (takomillashtirish) boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish samaradorligini oshirishga, shuningdek, aholi punktlari va infratuzilmani rivojlantirishga, ekologiya va tabiatni muhofaza qilishga, tiklashga, oʻrmon fondi yerlaridan foydalanishni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar va takliflarni ishlab chiqish va asoslash;
mintaqa va hududlarni yerdan foydalanishning maxsus sharoitiga (tabiatni muhofaza qilish obyektlari, intensiv qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar, rekreatsiya hududlari va boshqalarga) bogʻliq holda joylashtirish;
yer tuzish chizmasi boʻyicha takliflar samaradorligini aniqlash va baholash.
7. Yer tuzish chizmasini ishlab chiqish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
yerdan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasini davlat tomonidan boshqarish va tartibga solish;
yerdan samarali foydalanish boʻyicha chora-tadbirlar va takliflarni hududning tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa mahalliy sharoitlariga moslashtirish;
yerdan samarali foydalanishning barqarorligini taʼminlash;
hududni tashkil etish, tuzish va kompleks rivojlantirish;
alohida qimmatga ega boʻlgan, shu jumladan, sugʻoriladigan yerlarning holatini yaxshilash va muhofaza qilish, atrof-muhit muhofazasini yoʻlga qoʻyish, tabiiy resurslarni saqlash va tiklashning ustuvorligini taʼminlash;
yerdan foydalanuvchilar, mahalliy aholi, jamoatchilik fikri va qiziqishlarini oʻrganish hamda yer tuzish chizmasini ishlab chiqishda hisobga olish.
8. Yer tuzish chizmasini ishlab chiqish jarayonlariga tuman hokimligi, qishloq xoʻjaligi, iqtisodiyot va moliya, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi, investitsiyalar, sanoat va savdo hamda kadastr idoralarining mutaxassislari jalb qilinishi mumkin. Ushbu tashkilot va idoralar oʻz vakolatlari doirasida yer tuzish chizmalarini ishlab chiqish uchun zarur boʻladigan maʼlumotlar, hujjatlar va materiallarni begʻaraz taqdim etadi hamda ushbu maʼlumotlarning ishonchliligi boʻyicha javobgar hisoblanadi.
Institut yer tuzish chizmasining belgilangan muddatda ishlab chiqilishi va ish yakuni boʻyicha taqdim etiladigan hujjatlarning sifatiga javobgar hisoblanadi.
2-bob. Yer tuzish chizmasini ishlab chiqish
9. Quyidagilar yer tuzish chizmasini ishlab chiqish bosqichlari hisoblanadi:
yer tuzish chizmasini ishlab chiqish uchun tayyorgarlik ishlarini tashkil etish;
yer tuzish chizmasini ishlab chiqish;
yer tuzish chizmasini koʻrib chiqish, kelishish va tasdiqlash;
yer tuzish chizmasiga oid hujjatlarning nusxalarini tayyorlash hamda tegishli tashkilot va idoralarga taqdim etish.
Yer tuzish chizmasi ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha ishlab chiqiladi.
10. Tayyorgarlik ishlari bosqichida yer tuzish chizmasini ishlab chiqish boʻyicha tegishli tashkilot va idoralarga vazifalar belgilanadi, zarur hujjat va materiallar toʻplanadi, tahlil qilinadi va tizimlashtiriladi.
11. Yer tuzish chizmasini ishlab chiqish uchun kartografik asos sifatida tumanning 1:10 000 masshtabdagi elektron raqamli xaritasidan foydalaniladi.
Bunda togʻ, togʻoldi va choʻl hududlar uchun kichikroq masshtabdagi xaritalardan foydalanishga ruxsat beriladi.
Griflangan kartografiya, geodeziya, yer usti va osti muhandislik kommunikatsiya tarmoqlariga oid maʼlumotlardan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda foydalaniladi.
12. Oʻrganilayotgan hududda davlat chegarasi yoki chegaraoldi zonalari mavjud boʻlganda, yer tuzish chizmasi tegishli vakolatli organlar bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladi.
13. Yer tuzish chizmasini ishlab chiqishda yerdan foydalanishning umumiy strategiyasi va konsepsiyasini belgilash, chizmaning matn va grafik materiallarini tayyorlash hamda xaritasini chizish ishlari amalga oshiriladi.
14. Institut yer tuzish chizmalarini ishlab chiqqandan soʻng manfaatdor davlat idoralari va tashkilotlariga (Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boʻlinmalari va boshqalar) koʻrib chiqish va kelishish uchun taqdim etadi.
Kelishilgan yer tuzish chizmasi tuman hokimliklarida koʻrib chiqiladi va bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va/yoki viloyat hokimining qarori bilan tasdiqlanadi.
15. Institut tasdiqlangan yer tuzish chizmasining nusxalarini tayyorlaydi.
Yer tuzish chizmasining birinchi nusxa institutda doimiy saqlash maqsadida qoldiriladi, bir nusxasi tuman hokimligiga, qolgan nusxalari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining hududiy boshqarmalariga ish jarayonida foydalanish uchun yuboriladi.
Yer tuzish chizmasining matn qismi matn, rasmlar va tahliliy jadvallar hamda xaritalarning toʻliqligini taʼminlaydigan kartografik qismlardan, axborot jadvallari va alohida ilovalardan tashkil topadi.
Yer tuzish chizmasining matn qismida quyidagilar aks ettirilishi shart:
yerning amaldagi holati va yerdan foydalanish muammolarini tahlil qilish va baholash, yerdan foydalanish dinamikasi va tendensiyasi, yerdan foydalanishning har xil turlari boʻyicha cheklovlarni hisobga olgan holda, tumanning tabiiy va xoʻjalik imkoniyatlari boʻyicha foydalanish darajasi;
antropogen taʼsirni, qarama-qarshi vaziyatlarni, tabiiy muhitga, biologik va landshaft xilma-xilliga, yerdan foydalanishning oʻziga xos sharoitlariga keltiradigan xavflarni baholash koʻrsatkichlari;
yerdan foydalanish samaradorligini oshirish va takomillashtirish hamda yerni muhofaza qilish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflar;
yer tuzish chizmasiga muvofiq istiqboldagi tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha takliflar va uning oqibatlarini baholash boʻyicha maʼlumotlar.
Matn qismi quyidagi asosiy boʻlimlardan tashkil topadi:
kirish;
tuman toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumot;
tumanning tabiiy sharoiti va resurslari;
tumanning yer fondi va taqsimlanishi;
tumanda yerdan foydalanish holati;
tumanda yerdan xoʻjalik maqsadida foydalanishning cheklanganligi;
tumanda yerdan foydalanishni takomillashtirish;
tumanda yer tuzish chizmasi boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar va takliflar hamda ularning samaradorligini baholash;
normativ-huquqiy va uslubiy hujjatlar va boshqa manbalar roʻyxati.
16. Yer tuzish chizmasining kartografik qismida yerdan foydalanishning hozirgi holati va undagi cheklovlar hamda istiqboldagi yoʻnalishlar boʻyicha takliflar aks ettiriladi.
Kartografik qism tumanning 1:50 000 masshtabdagi asosiy xaritasini, 1:100 000 masshtabdagi mavzuli xaritalarni, boshqa masshtabdagi xarita-sxemalarni va xarita qism (boʻlak)larini oʻz ichiga oladi.
Asosiy xarita quyidagilardan tashkil topadi:
yerdan haqiqatda foydalanilishi;
yerdan foydalanishdagi cheklovlar;
yerdan foydalanishning istiqboldagi yoʻnalishlari (yerdan foydalanishni takomillashtirish).
Mavzuli xaritaning tuzilishi va tarkibi cheklanmaydi. U quyidagilarni oʻz ichiga olishi mumkin:
maʼmuriy-hududiy boʻlinish va asosiy yerdan foydalanuvchilar;
agrosanoat majmuini joylashtirish va rivojlantirish;
kommunikatsiya tarmoqlari, jumladan, yoʻl va yoʻlboʻyi xizmat koʻrsatish obyektlari;
koʻchmas mulk obyektlarini joylashtirish uchun moʻljallangan yer uchastkalari;
koʻp yillik daraxtzorlarni joylashtirish;
aholi punktlarining asosiy tavsiflari va aholini qayta joylashtirish;
ekologik asos va alohida qimmatga ega tabiiy hududlar va obyektlar;
hududiy ekologik tarmoq;
davolash-sogʻlomlashtirish muassasalari, yodgorlik majmualari, muzeylar, sport va turizm obyektlarini joylashtirish;
aholi punktlarini mintaqalashtirishni baholash;
yerdan foydalanish sharoitlari boʻyicha yerlarni integratsiyalangan holda baholash.
Yer tuzish chizmasiga batafsil maʼlumot berish uchun asosiy yoki mavzuli xaritalarga qoʻshimcha sifatida boshqa masshtabdagi xarita qism (boʻlak)lari kiritilishi mumkin.
17. Hududning alohida ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik sharoitlari hamda boshqa muhim jihatlaridan kelib chiqqan holda yer tuzish chizmasining tuzilishi, uning matni va grafik qismlari, yerdan foydalanishning mavjud muammolari boʻyicha maʼlumotlarga tegishli qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin.
18. Yerdan foydalanish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tegishli statistika hisobotlari bilan oʻzaro solishtirish maqsadida tasdiqlangan yer tuzish chizmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligiga taqdim etib boriladi.
19. Yer tuzish chizmasi ishlab chiqilgandan soʻng yerdan foydalanish va uning holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar xizmat doirasida foydalanish uchun Fazoviy maʼlumotlar milliy infratuzilmasining geoportallari tarmogʻiga qoʻshimcha tavsiflarni oʻz ichiga oladigan elektron xarita koʻrinishida kiritib boriladi.
3-bob. Yer tuzish chizmasini amalga oshirish
20. Yer tuzish chizmasi maqsadli kompleks dasturlarga, tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati rejalariga, korxonalarning yer tuzish, qishloq aholi yashash punktlarini reja qilish va qurish loyihalariga, xoʻjalik yuritish va dehqonchilik loyihalariga, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hujjatlariga kiritish yoʻli bilan tatbiq etiladi.
21. Yer tuzish chizmasi quyidagilar uchun asos boʻladi:
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqboldagi va joriy rejasini, shuningdek, fermer xoʻjaliklari, agroklasterlar va kooperatsiyalarning biznes rejasini ishlab chiqishda;
qurilish, sanoat va xoʻjalik obyektlarini, aloqa va transport infratuzilmalarini joylashtirish, shahar va shaharchalarni, aholi punktlarini joylashtirish va rivojlantirishning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqishda;
buzilgan yerlarni rekultivatsiya qilish, yangi yerlarni oʻzlashtirish, unumdorligi past boʻlgan yerlarni tiklash va meliorativ holatini yaxshilash loyihalarini ishlab chiqishda;
yerlar degradatsiyasi va tuproq eroziyasiga qarshi chora-tadbirlarni hamda yerlarni tubdan yaxshilash boʻyicha ishchi loyihalarni ishlab chiqishda.
22. Yer tuzish chizmasi tasdiqlangandan soʻng unda nazarda tutilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan va oʻrmon fondi yerlari yer fondining boshqa toifasiga oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
23. Yer tuzish chizmasini ishlab chiqish hamda taqdim etish jarayonida kelib chiqadigan nizolar qonunchilik hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.
24. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanuvchi tumanlarning 2025 — 2030-yillarga moʻljallangan va loyihalashtirishdan oldin amalga oshiriladigan yer tuzish chizmalarini ishlab chiqish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanuvchi tumanlarning 2025 — 2030-yillarga moʻljallangan va loyihalashtirishdan oldin amalga oshiriladigan yer tuzish chizmalarini ishlab chiqish
SXEMASI
Bosqich Subyektlar Chora-tadbirlar Muddatlar 1-bosqich “Oʻzdaverloyiha” davlat ilmiy-loyihalash instituti (keyingi oʻrinlarda — Institut) 1. Tuman yer tuzish chizmasining loyihasini ishlab chiqish yuzasidan tayyorgarlik ishlarini amalga oshiradi. 2. Tumanning maʼmuriy-hududiy birliklari boʻyicha tabiiy va iqtisodiy sharoitlarini tavsiflovchi materiallarni toʻplaydi, tizimlashtiradi va tahlil qiladi. Belgilangan tumanlarda har yili 1-fevralgacha 2-bosqich Institut Tuman yer tuzish chizmasini ishlab chiqish uchun talab etiladigan materiallarni toʻplash uchun tegishli tuman, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar tashkilotlariga belgilangan tartibda murojaat qiladi. Belgilangan tumanlarda har yili fevral oyida 3-bosqich Davlat kadastrlari palatasining tuman filiali Tumanning maʼmuriy-hududiy chegarasi doirasida tumanga boʻysunuvchi shahar, shaharcha va qishloq (ovul)lar boʻyicha yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning konturlar kesimida yer hisoboti (balansi)ni hamda ularning qogʻoz koʻrinishdagi hamda elektron raqamli xaritalarni institutga taqdim qiladi. Belgilangan tumanlarda har yili mart oyida 4-bosqich Institut Tuman yer tuzish chizmasining loyihasini ishlab chiqadi. Belgilangan tumanlarda har yili aprel — avgust oylarida 5-bosqich Institut Tuman yer tuzish chizmasining matni va grafik materiallar loyihalarini manfaatdor davlat idoralari va tashkilotlari ishtirokida koʻrib chiqadi. Belgilangan tumanlarda har yili sentabr oyida 6-bosqich Manfaatdor davlat idoralari va tashkilotlari Tuman yer tuzish chizmasining matni va grafik materiallar loyihalarini kelishadi. Belgilangan tumanlarda har yili oktabr oyida 7-bosqich Institut Tuman yer tuzish chizmasining loyihasini kelishish uchun tegishli tuman hokimligiga taqdim etadi. Belgilangan tumanlarda har yili oktabr oyida 8-bosqich Tuman hokimligi 1. Tuman yer tuzish chizmasining loyihasini tuman ishchi guruhi bilan koʻrib chiqadi. Tuman yer tuzish chizmasining loyihasini xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi yigʻilishi muhokamasiga kiritadi va xalq deputatlari tuman Kengashining bayonnomasi bilan rasmiylashtiradi. 2. Tuman yer tuzish chizmasining loyihasini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga yoki viloyatlar hokimligiga taqdim etadi. Belgilangan tumanlarda har yili noyabr oyida 9-bosqich Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Tumanlar yer tuzish chizmasining loyihalarini manfaatdor davlat idoralari va tashkilotlari ishtirokida koʻrib chiqadi va tasdiqlash boʻyicha qaror qabul qiladi. Belgilangan tumanlarda har yili noyabr oyida 10-bosqich Institut Tasdiqlangan tumanlar yer tuzish chizmalarini besh nusxada yigʻmajild shaklida tayyorlaydi hamda manfaatdor davlat idoralari va tashkilotlariga taqdim etadi. Belgilangan tumanlarda har yili dekabr oyida
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-martdagi 111-son qaroriga 2-ILOVA
Qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanuvchi tumanlarning 2025 — 2030-yillarga moʻljallangan va loyihalashtirishdan oldin amalga oshiriladigan yer tuzish chizmalarini ishlab chiqish
REJASI
T/r Hududlar nomi Tuman maʼmuriy-hududiy chegarasining umumiy maydoni, gektar Shundan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar Yer tuzish chizmalarini ishlab chiqish jami soni shu jumladan, yillar boʻyicha soni 2025-y. 2026-y. 2027-y. 2028-y. 2029-y. 2030-y. Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. Qonlikoʻl 74409 47546 2. Kegeyli 92448 42630 3. Qoʻngʻirot 7599581 1838795 4. Chimboy 144578 89288 5. Taxiatash 17262 8300 6. Taxtakoʻpir 2112218 1463818 7. Xoʻjayli 55012 27089 8. Amudaryo 102119 43809 9. Muynoq 3788116 199303 10. Shumanay 78831 48581 11. Beruniy 395194 334704 12. Boʻzatov 203544 115975 13. Nukus 94391 48789 14. Toʻrtkoʻl 748269 588036 15. Qoraoʻzak 589107 416152 16. Ellikqalʼa 541920 387685 Jami: 16636999 5700500 16 2 2 3 3 3 3 Andijon viloyati 1. Buloqboshi 18896 9528 2. Xoʻjaobod 22885 11774 3. Baliqchi 33892 20873 4. Boʻston 20047 13087 5. Andijon 36915 21571 6. Jalaquduq 36866 24533 7. Izboskan 28254 18375 8. Ulugʻnor 35670 22595 9. Asaka 28299 15961 10. Marhamat 30536 19157 11. Shahrixon 33458 19842 12. Oltinkoʻl 22170 12689 13. Qoʻrgʻontepa 46239 26674 14. Paxtaobod 25999 17028 Jami: 420126 253687 14 2 2 2 2 3 3 Buxoro viloyati 1. Vobkent 39446 25745 2. Qorakoʻl 695409 383142 3. Kogon 51015 26876 4. Olot 322573 178012 5. Buxoro 129725 75129 6. Jondor 517195 375237 7. Qorovulbozor 211063 132203 8. Gʻijduvon 384068 299437 9. Romitan 418234 276210 10. Peshkoʻ 1033612 836170 11. Shofirkon 371894 175470 Jami: 4174234 2783631 11 2 2 2 2 2 1 Jizzax viloyati 1. Zarbdor 70966 56774 2. Mirzachoʻl 47848 35515 3. Sh. Rashidov 132031 80413 4. Yangiobod 72131 63640 5. Doʻstlik 44869 33855 6. Arnasoy 49273 35956 7. Zafarobod 52151 31868 8. Paxtakor 37741 27342 9. Baxmal 186437 106432 10. Gʻallaorol 194852 168411 11. Zomin 266349 180988 12. Forish 953542 437901 Jami: 2108190 1259095 12 2 2 2 2 2 2 Qashqadaryo viloyati 1. Nishon 211556 175824 2. Kasbi 73753 53154 3. Mirishkor 319081 275256 4. Koson 187133 144919 5. Muborak 307598 284064 6. Qarshi 91633 64931 7. Yakkabogʻ 110683 86708 8. Qamashi 245735 173482 9. Gʻuzor 265478 232881 10. Chiroqchi 112921 91527 11. Koʻkdala 171101 150298 12. Dehqonobod 395662 239665 13. Kitob 174269 101138 14. Shahrisabz 161891 101877 Jami: 2828494 2175724 14 2 2 2 2 3 3 Navoiy viloyati 1. Karmana 91457 63596 2. Qiziltepa 218519 157706 3. Nurota 593628 426136 4. Navbahor 157079 122775 5. Xatirchi 141797 94020 6. Konimex 1595577 1089100 7. Tomdi 3577611 2058824 8. Uchquduk 4501226 2615428 Jami: 10876894 6627585 8 1 1 1 1 2 2 Namangan viloyati 1. Norin 20662 16938 2. Uychi 30719 20610 3. Mingbuloq 56304 38872 4. Namangan 23886 13401 5. Toʻraqoʻrgʻon 30150 18655 6. Kosonsoy 50524 25206 7. Uchqoʻrgʻon 29974 24799 8. Chortoq 36878 20521 9. Pop 305187 40682 10. Chust 91900 34023 11. Yangiqoʻrgʻon 48755 27838 Jami: 724939 281545 11 2 2 2 2 2 1 Samarqand viloyati 1. Toyloq 27816 16327 2. Narpay 44182 28657 3. Payariq 128744 102982 4. Paxtachi 137578 111474 5. Oqdaryo 38963 25212 6. Kattaqoʻrgʻon 139263 99486 7. Ishtixon 71822 49151 8. Qoʻshrabot 215973 191300 9. Samarqand 42596 25202 10. Pastdargʻom 87102 58173 11. Bulungʻur 75197 53697 12. Jomboy 55955 33593 13. Urgut 112028 74224 14. Nurobod 486175 427586 Jami: 1663394 1297062 14 2 2 2 2 3 3 Surxondaryo viloyati 1. Muzrabot 73923 36157 2. Qiziriq 38788 26995 3. Sherobod 272785 168250 4. Jarqoʻrgʻon 116198 56383 5. Qumqoʻrgʻon 213752 160141 6. Shoʻrchi 86202 59673 7. Denov 81933 60036 8. Uzun 163165 64075 9. Oltinsoy 56832 42703 10. Boysun 325307 220146 11. Termiz 83444 24904 12. Sariosiyo 384638 143369 13. Bandixon 68424 55987 14. Angor 38731 17671 Jami: 2004122 1136490 14 2 2 2 2 3 3 Sirdaryo viloyati 1. Sayxunobod 45113 30224 2. Xovos 61955 39715 3. Boyovut 52289 36972 4. Mirzaobod 63576 42831 5. Guliston 34965 24433 6. Oqoltin 55137 42916 7. Sardoba 51760 36421 8. Sirdaryo 53613 31918 Jami: 418408 285430 8 1 2 2 1 1 1 Toshkent viloyati 1. Yuqori Chirchiq 44728 29663 2. Toshkent 16471 7464 3. Boʻka 58949 43043 4. Chinoz 34011 21730 5. Qibray 48278 16739 6. Piskent 74909 53732 7. Quyi Chirchiq 55783 38169 8. Oqqoʻrgʻon 40021 28676 9. Zangiota 19256 8719 10. Bekobod 74969 49848 11. Urta Chirchiq 42982 27722 12. Boʻstonliq 493421 208487 13. Parkent 108152 68815 14. Yangiyoʻl 41115 24167 15. Ohangaron 317397 188644 Jami: 1470442 815618 15 2 3 2 3 2 3 Fargʻona viloyati 1. Toshloq 24265 12865 2. Dangʻara 42669 19377 3. Furqat 30529 17088 4. Qoʻshtepa 36639 20712 5. Soʻx 22073 5434 6. Yozyovon 40700 19748 7. Quva 43814 22510 8. Rishton 30730 16339 9. Fargʻona 59401 25760 10. Quvasoy sh. 26402 13534 11. Uchkoʻprik 27112 13088 12. Bagʻdod 33343 18360 13. Oʻzbekiston 67396 21300 14. Buvayda 27901 14914 15. Beshariq 77385 26964 16. Oltiariq 63088 35234 Jami: 653447 303227 16 2 2 3 3 3 3 Xorazm viloyati 1. Qushkoʻpir 53929 25563 2. Shovot 45534 25510 3. Hazorasp 45524 17108 4. Tuproqqalʼa 160706 51688 5. Xiva 46630 14996 6. Yangibozor 35544 20493 7. Yangiariq 40272 14286 8. Bogʻot 44524 18131 9. Xonqa 43285 23371 10. Gurlan 44701 26164 11. Urganch 44612 23749 Jami: 605261 261059 11 2 2 2 2 2 1 Respublika jami: 44584950 23180653 164 24 26 27 27 31 29
