Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-91-son)
28.02.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-fevraldagi “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-41-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
Texnik jihatdan tartibga solish sohasini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi uchun xarid qilinadigan etalonlar va yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalari roʻyxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Aholini sifatli va xavfsiz mahsulotlar bilan taʼminlashda davlat nazorati tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
a) 2024-yil 1-oktabrdan boshlab texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun:
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga nomuvofiq mahsulotni muomaladan chiqarish yoki mahsulotning kamida 60 foizini chaqirib olish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalarni bajarmaganlik uchun — yuridik shaxslarga realizatsiya qilingan mahsulot qiymatining 100 foizi miqdorida moliyaviy jarima qoʻllash;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga nomuvofiq mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish holatlari tasdiqlanganda, ushbu mahsulotlarga rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatini Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) tomonidan toʻxtatib turish;
sertifikatlashtirish organining qoidalarga rioya etmaganligi (shu jumladan, mahsulot barcha majburiy koʻrsatkichlarga muvofiqligi baholanmaganligi) natijasida sifatsiz mahsulotlar realizatsiya qilinganligi holatlari aniqlaganda, mazkur organning sertifikatlash faoliyatini Inspeksiya tomonidan toʻxtatib turish;
b) “xavfni tahlil etish” tizimi natijalariga asosan oʻtkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida tadbirkorlik subyektini xabardor qilish tartibi Inspeksiya tomonidan amalga oshiriladigan nazorat tadbirlariga tatbiq etilmasligi.
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
“Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” davlat muassasasi tomonidan muvofiqlikni baholash organlarida oʻtkazilgan baholash jarayonida oldin aniqlangan kamchiliklar takroran aniqlanganda, kamchiliklar takror yoʻl qoʻyilgan soha akkreditatsiya doirasidan chiqariladi;
muvofiqlikni baholash organlari faoliyatida xalqaro standartlarga rioya etilishini tizimli baholab borishni nazarda tutuvchi xalqaro darajada tavsiya qilingan uslublar joriy qilinadi va akkreditatsiya jarayonlarida qoʻllanadi;
belgilangan tartibda malaka oshirmagan va attestatsiyadan oʻtmagan mutaxassislarning muvofiqlikni baholash organlari va sinov laboratoriyalarida faoliyat olib borishi taqiqlanadi.
4. Agentlik va Raqamli texnologiyalar vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda texnik jihatdan tartibga solish sohasida shaffoflikni taʼminlash va korrupsiyadan holi tizimni yaratish maqsadida 2025-yil 1-yanvarga qadar 4-ilovada koʻrsatilgan asosiy imkoniyatlarni nazarda tutuvchi “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimini ishga tushirsin.
“Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimini yaratish, ishga tushirish hamda vazirlik va idoralarning idoralararo axborot tizimlariga integratsiya qilish bilan bogʻliq barcha xarajatlar Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi belgilab qoʻyilsin.
Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Statistika agentligi, Soliq qoʻmitasi hamda Agentlik 2025-yil 1-martga qadar “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimini soliq, bojxona va statistika organlari axborot tizimlariga integratsiya qilish ishlarini yakuniga yetkazsin.
5. Belgilansinki, 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
akkreditatsiyadan oʻtkazilgan mahsulot, xizmat va menejment tizimlarini sertifikatlashtirish organlari, sinov laboratoriyalari va metrologiya xizmatlari tomonidan mos ravishda muvofiqlik sertifikatlari, sinov bayonnomalari va metrologiya tekshiruvi natijalari, shuningdek, muvofiqlik deklaratsiyalarini rasmiylashtirish faqat “Texnik jihatdan tartibga solish” milliy axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;
mahsulotlarning muvofiqligini baholash uchun talab etiladigan vaqt meʼyorlari “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimiga kiritiladi va ularga rioya etilishi “xavfni tahlil qilish” tizimi orqali baholanadi.
6. Agentlik markaziy apparati tuzilmasiga Agentlik direktorining raqamlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.
7. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining tashkiliy tuzilmasi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Agentlikka yuklangan vazifalar oʻz vaqtida, sifatli va toʻlaqonli amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Agentlikka va Inspeksiyaga maʼmuriy islohotlar doirasida vazirlik va idoralardan maqbullashtirilgan shtat birliklari hisobidan 54 ta shtat birligi ajratilsin.
Agentlik va Inspeksiya boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 153 nafar etib belgilansin.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi qoʻshimcha ajratilayotgan 54 ta shtat birligini saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni joriy yilda — 2024-yil uchun Davlat budjetida koʻzda tutilgan mablagʻlar doirasida, 2025-yildan boshlab esa — Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda nazarda tutsin.
8. Belgilansinki:
Agentlik direktorining oʻrinbosarlari hamda Inspeksiya boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan, Agentlikning boshqa tizim tashkilotlarining rahbarlari Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Agentlik direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi;
Agentlik direktoriga mehnat bozorining konyunkturasini hisobga olgan holda, tor doiradagi mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida ishga jalb etish huquqi beriladi.
9. Belgilansinki:
Agentlik va Inspeksiya xodimlari mehnatiga haq toʻlash razryadlari 6-ilovaga muvofiq belgilanadi;
Agentlik direktoriga Agentlik xodimlariga Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining maxsus jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan mehnatga haq toʻlash fondining ikki baravari miqdorigacha ustama va qoʻshimcha haq toʻlash, mukofotlash va boshqa ragʻbatlantirish tusidagi hamda kompensatsiya toʻlovlarini belgilash huquqi beriladi.
10. Agentlik direktori va adliya vaziri A. Tashkulov Agentlik va uning tizim tashkilotlari xodimlarini uch oy muddatda attestatsiyadan oʻtkazib, oʻziga yuklangan vazifalar samarali bajarilishini professional darajada taʼminlashga qodir boʻlgan halol kadrlar bilan toʻldirish uchun masʼul va shaxsan javobgar ekanliklari belgilab qoʻyilsin.
11. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2024-yilda ushbu qarorga 3-ilovada koʻrsatilgan etalonlarni xarid qilish uchun Davlat budjetidan Agentlikka mablagʻlar ajratilishini, 2025-yildan boshlab Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda etalonlar xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar uchun zarur mablagʻlar nazarda tutilishini taʼminlasin.
12. Agentlikning “Oʻzbekiston standartlar instituti” va “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasalariga zarur boʻlgan standart namunalar, gaz qorishmalar, kimyoviy reaktiv va reagentlarni xarid qilish hamda oʻlchash vositalarini xorijiy metrologiya tashkilotlarida kalibrlash uchun toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishga ruxsat etilsin.
13. Agentlik bir oy muddatda:
sohalar va tarmoqlar kesimida xalqaro standartlarni qabul qilish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlarni;
“Oʻzbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi” va “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasalari tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida xarid qilinadigan standart namunalar, gaz qorishmalar, kimyoviy reaktiv va reagentlar roʻyxatini;
“Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi tomonidan yangi kalibrlash va qiyoslash ishlarini tashkil etish uchun xarid qilinadigan namunaviy oʻlchash vositalari roʻyxatini;
Xalqaro qonunlashtiruvchi metrologiya tashkiloti (OIML) hujjatlari asosida metrologik meʼyor va qoidalarni qabul qilish reja-jadvalini tasdiqlash uchun Texnik jihatdan tartibga solish sohasini rivojlantirish boʻyicha idoralararo respublika kengashiga kiritsin.
Bunda, xalqaro va Yevropa standartlarini xarid qilish, davlat tiliga tarjima qilish va ekspertizadan oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni sohalar va tarmoqlarga masʼul boʻlgan idoralar, xoʻjalik birlashmalari va tashkilotlar, shuningdek, Eksportni ragʻbatlantirish agentligi mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish nazarda tutilsin.
14. Energetika vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi, “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, “Oʻzavtosanoat” AJ, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, “Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, “Oʻzbekneftgaz” AJ Agentlik bilan birgalikda bir oy muddatda mahalliy eksportbop mahsulotlarga tegishli xalqaro standartlarni aniqlab, ularni amaliyotga joriy etishning oyma-oy tarmoq jadvalini Texnik jihatdan tartibga solish sohasini rivojlantirish boʻyicha idoralararo respublika kengashiga kiritsin.
15. Agentlik va Adliya vazirligi (A.Tashkulov) Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda mazkur qarorning maqsadi, vazifalari va undan kutilayotgan natijalarni ommaviy axborot vositalari, Internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritsin.
16. Toshkent shahri, Olmazor tumani, Farobiy koʻchasi, 333a-uyda joylashgan bino-inshootlar Agentlik tasarrufida qoldirilsin.
17. Agentlik manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
18. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Agentlik direktori belgilansin.
Qarorning ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 28-fevral,
PQ-91-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-fevraldagi PQ-91-son qaroriga 1-ILOVA
Texnik jihatdan tartibga solish sohasini yanada takomillashtirish boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
T/r Chora-tadbirlar nomi Amalga oshirish mexanizmi Amalga oshirish shakli Ijro muddati Masʼul ijrochilar I. Texnik jihatdan tartibga solish tizimini takomillashtirish 1. Texnik reglamentlarni ishlab chiqish, qabul qilish qayta koʻrib chiqish, bekor qilish tartibini takomillashtirish. 1. Texnik reglament loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, muhokama va ekspertizadan oʻtkazish, qabul qilish tartibini belgilovchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2024-yil may Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar 2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. 2024-yil iyun 3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Hukumatga kiritish. 2024-yil iyul 2. Texnik jihatdan tartibga solish agentligi va tizim tashkilotlarining axborot tizimlarini integratsiya qilish orqali “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimini ishga tushirish. 1. “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimining loyiha texnik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash. Bunda: texnik jihatdan tartibga solish agentligining 6 ta axborot tizimi (“E-standart”, “E-metrologiya”, “E-laboratoriya”, “E-sertifikat”, “E-akkreditatsiya”, “E-hajm”) va 2 ta portal (“Nududstandart”, “TBTINFO”)ni oʻzaro integratsiya qilish orqali “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimiga birlashtirish; texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi tasdiqlanishi majburiy boʻlgan tovarlar va oziq-ovqat mahsulotlari importi va sifatsiz deb topilgan mahsulotlar toʻgʻrisida oʻzaro maʼlumot almashish tizimini yoʻlga qoʻyish; muvofiqlik sertifikatlarini oʻzbek, rus va ingliz tillarida rasmiylashtirish nazarda tutiladi. Tashkiliy chora-tadbirlar 2024-yil iyun Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi 2. “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimini ishga tushirish. 2025-yil 1-yanvar 3. “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimini boshqa axborot tizimlari bilan oʻzaro integratsiya qilish. “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimini soliq, bojxona va statistika organlarining axborot tizimlariga integratsiya qilish Tashkiliy chora-tadbirlar 2024-yil dekabr Raqamli texnologiyalar vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Statistika agentligi, Soliq qoʻmitasi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi 4. Budjetdan tashqari jamgʻarma va grant mablagʻlari hisobidan xalqaro tajriba va standartlarni oʻrganish orqali Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi faoliyatini va sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish. 1. Xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralar oʻtkazish orqali sohaga xalqaro ekspertlarni jalb qilish. 2. Xalqaro ekspertlar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. 3. Texnik jihatdan tartibga solish sohasida tajriba almashish maqsadida rivojlangan davlatlarga xizmat safarlarini tashkil etish. 4. Oʻrganish natijalari asosida sohani takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2024-yil davomida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi 5. Xalqaro standartlar va talablarni qabul qilish orqali barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish. 1. Energiya samaradorligini oshirish va energiya tejamkorligini taʼminlash boʻyicha tahlillar oʻtkazish. 2. Xalqaro standart va talablardan kelib chiqib, energiya samaradorligi boʻyicha standartlar va qoidalarni qayta koʻrib chiqish va yangilarini ishlab chiqish, shu jumladan, xalqaro (mintaqaviy) standartlarni qabul qilish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2024-yil may Energetika vazirligi, “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Ekologiya vazirligi, Qurilish va kommunal xoʻjaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar II. Akkreditatsiya va metrologiya yoʻnalishlarini takomillashtirish 6. Xalqaro tajribadan kelib chiqqan xolda oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlarini ishlab chiqish va metrologik attestatsiyadan oʻtkazish tartibini belgilash. 1. Oʻlchashlarni bajarish uslubiyotlarini ishlab chiqish va metrologik attestatsiyadan oʻtkazish tartibini tasdiqlash. Bunda quyidagilar belgilanadi: oʻlchashlarni bajarish uslubiyotini ishlab chiqishdagi dastlabki maʼlumotlar tavsifi; oʻlchashlarni bajarish uslubiyotining tarkibiy qismlari; oʻlchashlarni bajarish uslubiyotini reglamentlovchi hujjatning mazmuni. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2024-yil may Adliya vazirligi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Savdo-sanoat palatasi 2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. 2024-yil iyun 3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Hukumatga kiritish. 2024-yil iyul 7. Xalqaro oʻlchov va tarozilar byurosi bazasida Oʻzbekiston Respublikasining kalibrlash va oʻlchash imkoniyatlari haqidagi maʼlumotlarni kiritish choralarini koʻrish. 1. Xalqaro oʻlchov va tarozilar byurosi bazasiga kiritiladigan Oʻzbekiston Respublikasining kalibrlash va oʻlchash imkoniyatlari haqidagi maʼlumotlarni tayyorlash. 2. Oʻzbekiston Respublikasining kalibrlash va oʻlchash imkoniyatlari haqidagi maʼlumotlarni Xalqaro oʻlchov va tarozilar byurosiga taqdim etish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2024-yil davomida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Tashqi ishlar vazirligi 8. Oʻzbekiston Respublikasida vaqt va chastota xizmati faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilash. 1. Oʻzbekiston Respublikasida vaqt va chastota xizmati faoliyatini samarali tashkil etish hamda oʻlchash natijalari davlat ahamiyatiga ega boʻlgan oʻlchash vositalari turkumlari roʻyxatini tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2024-yil mart Adliya vazirligi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi 2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. 2024-yil aprel 3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Hukumatga kiritish. 2024-yil may III. Muvofiqlikni baholash yoʻnalishini takomillashtirish 9. Xorijiy davlatlarda mahsulotlarga qoʻyilgan majburiy va qoʻshimcha talablarni oʻrganish va tahlil qilish mexanizmlarini joriy qilish. 1. Savdo-sanoat palatasida tadbirkorlarning soʻroviga asosan xorijiy davlatlarda mahsulotlarga qoʻyilgan majburiy va qoʻshimcha talablar boʻyicha maʼlumot taqdim etish faoliyati bilan shugʻullanuvchi boʻlinma tashkil etish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2024-yil may Savdo-sanoat palatasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi 2. Tadbirkorlarga xorijiy davlatlarda mahsulotlarga qoʻyilgan majburiy va qoʻshimcha talablar boʻyicha maʼlumot taqdim etish tartibini ishlab chiqish. 2024-yil iyun 10. Eksportchi korxonalarga xalqaro sifat tizimlarini joriy etishni kengaytirish. 1 200 ta eksportchi korxonalarda sifat menejmenti tizimining xalqaro standartini joriy etish choralarini koʻrish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2024-yil davomida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari IV. Oʻzbekiston standartlar instituti faoliyatini takomillashtirish 11. Standartlar elektron fondiga obuna boʻlish imkoniyatini yaratish. Rivojlangan davlatlar tajribasini oʻrgangan holda standartlar elektron fondiga muayyan davr uchun (oylik, yillik) pullik obuna boʻlish yoʻli bilan istalgan standartni koʻrish yoki koʻchirib olish imkoniyatini yaratish. Tashkiliy chora tadbirlar 2024-yil aprel Texnik jihatdan tartibga solish agentligi 12. Standartlarga kiritilgan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida manfaatdor shaxslarni xabardor qilish tartibini joriy etish. Standartlarga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritilgan yoxud bekor qilingan taqdirda, bu haqda ushbu standartni xarid qilgan shaxslarni Standartlar elektron fondi orqali xabardor qilish boʻyicha interaktiv xizmat turini joriy etish. Tashkiliy chora tadbirlar 2024-yil may Texnik jihatdan tartibga solish agentligi 13. Standartlar narxlarini shakllantirish tartibi va mezonlarini belgilash. 1. Milliy standartlarni tarqatish narxlarini shakllantirish tartibi va mezonlarini belgilab beruvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2024-yil may Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobat qoʻmitasi 2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. 2024-yil iyun 3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Hukumatga kiritish. 2024-yil avgust 14. Oʻz ahamiyatini yoʻqotganligi va maʼnan eskirganligi sababli bekor qilingan davlatlararo standartlarni qayta koʻrib chiqish. 1. “Tartibga solish gilotinasi” usulida bekor qilingan 5 236 ta davlatlararo standartlarni qayta koʻrib chiqish hamda standartlarning amal qilish muddatini tiklash yoki oʻrnini bosuvchi xalqaro standartlarni qabul qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va takliflarni Oʻzbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligiga taqdim etish. Tahliliy maʼlumot 2024-yil iyun Oʻzbekiston standartlar instituti, manfaatdor vazirlik va idoralar 2. Vazirlik va idoralarning takliflari asosida standartlarning amal qilish muddatini tiklash yoki oʻrnini bosuvchi xalqaro standartlarni qabul qilish choralarni koʻrish. Tashkiliy chora tadbirlar 2024-yil iyul Texnik jihatdan tartibga solish agentligi V. Texnik jihatdan tartibga solishda davlat nazoratini takomillashtirish 15. Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi hududiy boʻlinmalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash. Inspeksiyaning hududiy boʻlinmalariga navbatchi xizmat avtotransport vositalari ajratish boʻyicha taklif ishlab chiqish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2024-yil may Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi 16. Sertifikatlashtirish organlarida aniqlangan qonun buzilishi holatlariga nisbatan taʼsirchan choralarni qoʻllash samaradorligini hamda muvofiqlikni baholash organlarining masʼuliyatini oshirish. 1. Qonun hujjatlariga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish: muvofiqlikni baholash qoidalarining buzilishi natijasida oqibat kelib chiqqan yoki chiqmaganligidan hamda huquqbuzarlik holati bartaraf etilgan yoki etilmaganligidan qatʼiy nazar moliyaviy sanksiya qoʻllash; insonning hayoti va sogʻligʻiga zarar yetkazilgan taqdirda muvofiqlikni baholash organlarining tovarning (ish, xizmat) sotuvchisi, tayyorlovchisi (ijrochisi) bilan bir qatorda solidar javobgarligini belgilash. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2024-yil mart Adliya vazirligi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Oliy sud, Bosh prokuratura 2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini qonunchilikda belgilangan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish. 2024-yil aprel 3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Hukumatga kiritish. 2024-yil may 1. Mahsulotlarga belgilangan talablarga zid ravishda rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatini bekor qilish va sertifikatlashtirish organining sertifikatlashtirish jarayonida ishtirok etishini toʻxtatib turishning mezonlari va muddatlarini belgilash. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2024-yil aprel Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar 2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini qonunchilikda belgilangan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish. 2024-yil may 3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Hukumatga kiritish. 2024-yil iyun 17. Tadbirkorlik subyektlariga qulaylik yaratish maqsadida standart talablarga nomuvofiq boʻlgan mahsulotlarni oʻz ixtiyori bilan savdodan chaqirib olishda imtiyoz berish. 1. Texnik reglamentlar hamda qoʻllanishi majburiy boʻlgan standartlar talablariga javob bermaydigan mahsulotning kamida 70 foizini oʻrnatilgan tartibda chaqirib olgan yuridik shaxslarni “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunning 46-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyalardan ozod qilishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2024-yil aprel Adliya vazirligi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura 2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini qonunchilikda belgilangan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish. 2024-yil may 3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Hukumatga kiritish. 2024-yil iyun 18. Mahsulotlarning muvofiqligini baholash tizimini takomillashtirish hamda sifatsiz mahsulotlarni savdodan chaqirib olish, qaytarish, erkin muomaladan chiqarish va utilizatsiya qilish tartibini belgilash. 1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish: sifatsiz mahsulotlarni savdodan chaqirib olish, qaytarish, erkin muomaladan chaqirib olish va utilizatsiya qilish tartibini; mahsulotlarni xavf darajasidan kelib chiqqan holda tegishli tartib-taomillardan oʻtgandan soʻng ichki bozorga chiqarishni nazarda tutuvchi roʻyxatga olish, sertifikatlashtirish, deklaratsiya va menejment tizimlarini joriy etishni. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2024-yil aprel Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar 2. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini qonunchilikda belgilangan tartibda vazirlik va idoralar bilan kelishish. 2024-yil may 3. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini Hukumatga kiritish. 2024-yil iyun VI. Texnik jihatdan tartibga solish sohasini Jahon savdo tashkiloti (JST) normalariga uygʻunlashtirish 19. Yevropa standartlashtirish qoʻmitasi (CEN) va Yevropa elektrotexnika standartlash-tirish qoʻmitasi (CENELEC) bilan hamkorlikda 300 ta standart boʻyicha litsenziya kelishuvini imzolash. 1. Mahalliy tadbirkorlik subyektlari tomonidan kelib tushgan murojaatlarga muvofiq Yevropa standartlari roʻyxatini shakllantirish. 2. Litsenziya kelishuvini imzolash boʻyicha CEN va CENELEC tashkilotlari muzokaralar olib borish. 3. Litsenziya kelishuvini CEN va CENELEC tashkilotlariga yuborish va imzolash. Tashkiliy chora-tadbirlar 2024-yil davomida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi 20. Yevropa davlatlari bilan milliy muvofiqlikni baholash natijalarini ikki tomonlama tan olish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish. Mahalliy mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) eng koʻp eksport boʻladigan 10 ta Yevropa davlatlari bilan milliy muvofiqlikni baholash natijalarini ikki tomonlama tan olish boʻyicha kelishuvlarga erishish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2024-yil davomida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi 21. Xalqaro tashkilotlar va xorijiy hamkor idoralarning grant va texnik koʻmaklarini jalb etish orqali davlat va xususiy sektorda faoliyat koʻrsatayotgan 300 nafar mutaxassis malakasini oshirish. 1. Grant va texnik koʻmaklarni jalb etish orqali seminar-treninglar tashkil etish yuzasidan muzokaralar oʻtkazish va kelishish. 2. Davlat va xususiy sektorda faoliyat koʻrsatayotgan mutaxassislarning malakasini oshirish. Tashkiliy chora-tadbirlar 2024-yil davomida Texnik jihatdan tartibga solish agentligi
Izoh: Dasturda koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishlab chiqilayotgan hujjat shakli oʻzgartirilishi yoki ishlab chiqilayotgan hujjat boshqa bandlarda koʻzda tutilgan hujjatlar bilan birlashtirilishi mumkin. Ikki va undan ortiq hujjatlarning birlashtirilishida tegishli bandlar bajarilishi uchun belgilangan eng oxirgi muddat ishlab chiqish muddati hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-fevraldagi PQ-91-son qaroriga 3-ILOVA
Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan “Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasi uchun xarid qilinadigan etalonlar va yuqori aniqlikdagi oʻlchash vositalari
ROʻYXATI
T/rEtalonlar va eng yuqori aniqlikdagi oʻlchov vositalari nomiOʻlchov diapazoniAniqlik koʻrsatkichi(xatolik yoki noaniqlik)Soni(toʻplam)Moliyalashtirish davri1.Gidrostatik tortish namunali qurilmasi (suyuqliklaring zichlik birligi etaloni)600 ÷ 2000 kg/m³± 0,000005 g/cm312024-yil2.Etalon-dinamometrot 10 do 2000 kN± 0,005 %12024-yil3.Doimiy tokning yuqori omli elektr qarshiligining etaloni toʻplamda:10-4 dan 20∙1016 Ω gacha300 A gacha0,1 ppm12024-yilyuqori aniqlikdagi RLC oʻlchash vositasi;etalon qarshilik oʻlchovlari uchun havo termostati;0,00001 Ω ÷ 99999 kΩ,0,00001 mN ÷ 99999 N,0,00001 pF ÷ 99999 μF± 0,02 %etalon qarshilik oʻlchovlari uchun moy termostati;oʻzgarmas tok most-komparatori.15 °S ÷ 50 °C15 °C ÷ 30 °C± 0,005 °C± 0,002 °C4.Elektr va magnit maydonlari kuchlanganligini oʻlchash vositalarini kalibrlash etalon tizimi toʻplamda:magnitometr va bir komponentlik magnit induksiyasi oʻlchovi, teslametr solenoid jamlanmasi bilan0,5…400 V/m0,005…0,020 kNz koʻlamida0,5 …2000 V/m0,020…100 kNz koʻlamida0,5…40 V/m100…400 kNz koʻlamida40…8000 mA/m0,005...2 kNz koʻlamida4 …800 mA/m2...400 kNz1•10-6 ÷ 1•10-2 T0,01 ÷ 100 T i22000 ÷ 27000 m-1± 5 %12024-yil0,0005 % ÷ 0,03 %±0,002% i± 1,5%5.Sath oʻlchagichlarini tekshirish uchun namunali qurilma (sath kattaligi birligi etaloni)20 m gacha0,001 m12024-yil6.Gʻadir-budirlik kattaliklari etaloni0 ÷ 2000 µm± 1%12024-yil.7.Hajm oʻlchash birligi etaloni0,01mL dan 500L gachad = 0,001 mg dan 0,1 g gacha12024-yil8.Suyuqliklarning elektr oʻtkazuvchanligi birligi etaloni0,001 ÷ 50 Sm/m6∙10-4 ÷ 8∙10-412024-yil9.Suvli eritmalardagi vodorod ionlari faolligining pN koʻrsatkichi etaloni1 ÷ 12 rN0,001712024-yil10.Suvli eritmalardagi vodorod ionlari faolligining nitrat (rX) koʻrsatkichi etaloni1 ÷ 7 rX0,001612024-yil11.Oʻlchash tok transformatorlari kalibrlash tizimi etalon kuchlanish transformatorlari bilanElektr va magnetizm (EM)Birlamchi tok10 kA va undan yuqori0,001 ÷ 30 kAIkkilamchi tok 1 A, 5 A past emas12024-yil12.Gradus — tekis burchak birlik etaloni*0 ÷ 360°0,03″12024-yil13.Birlamchi nisbiy namlik birligi etaloni-70 °S ÷ 95 °S10 % ÷ 98 %0,1 ÷ 0,2 °S0,2 ÷ 0,5 %12024-yil14.Bosimlar farqi birligi etaloniot 100 Ra do 4•107 RaDifferensial bosimning umumiy xatoligi 0,008 % dan koʻp boʻlmagan12025-yil16.Aerozollarning ommaviy konsentratsiyasini oʻlchash vositalarini tekshirish uchun namunali qurilma0,1÷100 mg/m³± 10 % koʻp boʻlmagan12025-yil17.Oʻzgaruvchan tok kuchlanish quvvati birligi etaloni (raqamli diskret — sampling etalon vattmetri, tok kuchi, kuchlanish va quvvat oʻlchagichlari va manbalari)0 dan 10000 W gacha;1,0 dan 1000 V gacha;0,01 dan 100 A gacha;0 dan 1,0 gacha;1,0 dan 2500 Nz gacha.± 5∙10-4 dan yuqori emas12025-yil18.Havodagi radon faolligi birligi milliy etaloni10 Bq/m3 dan 100000 Bq/m3 gacha15-30 %12025-yil19.Oʻlchash kuchlanish transformatorlari kalibrlash tizimi etalon kuchlanish transformatorlari bilanElektr va magnetizm (EM)800 kV gacha5 ÷ 40 kV12025-yil22.Qattiqlik komparatori kompleks etaloniNRA; NRB; NRC,NB. NVNSA, NSD±0,1%3∙10-3∙NB2,5 NV0,5 yed12025-yil23.Radionuklidlar faolligi birligi milliy etaloni1 — 106 Bq/l (Bq/kg) dan10 — 106 Bq/l (Bq/kg) gacha0,01212026-yil24.Toʻgʻri chiziqlilik va tekislikdan chetga chiqish oʻlchovlari sohasida uzunlik birligi etaloni3 m gachaogʻishi — 4,3∙10-6m12026-yil25.Oʻzgaruvchan tok kuchi birligi etaloni toʻplamda: (toʻgʻridan-toʻgʻri ulanadigan termoelektrik tok oʻzgartirgichlari, elektr qarshilik oʻlchovlari, oʻzgarmas va oʻzgaruvchan kuchlanish oʻlchash vositalari, oʻzgarmas va oʻzgaruvchan dasturlanuvchi tok kalibratori) yuqori aniqlikdagi oʻzgarmas tok shuntlari bilan1∙10-3 ÷ 0,1 A(20 ÷ 1∙105 Nz koʻlamida)0,1 ÷ 100 A(45 ÷ 1∙10-4 Nz koʻlamida)(50 ÷ 100 A; 0,20 ÷ 0,4 VRnom = 4 mΩ shuntlar uchun)5∙10-5 ÷ 5∙10-42∙10-4 ÷ 5∙10-3(±35∙10-6 — shuntlar uchun)12026-yil27.Yuqori kuchlanishli oʻlchash uskunasi kuchlanish sigʻim rezistiv boʻluvchisi bilan birga jamlanmada va yuqori kuchlanish manbai generator jamlanmasi bilanElektr va magnetizm (EM)0 dan 800 kV gacha0 dan 550 kV gacha(generator uchun)12026-yil28.Rentgen nurlanish maydonida havodagi kerma birligi milliy etaloni10 nGy dan 9999 Gy gacha0,112026-yil29.Jozefsonning kvant effektiga asoslangan oʻzgarmas tok kuchlanishi birligi etalon tizimi1 V, 10 V3,0∙10-9(kengaytirilgan noaniqlik)(ot 2•10-9 do 4•10-9)12026-yil30.Gorizontal va vertikal uzunlik kattaliklarining birligi etaloni kompleksi630 x 1000 mm1000 x 1600 mm0 ÷ 100 mm0 x 400 mm± 10 µm± 2,5 µm± 0,5 µm0,0001/0,001/0,01 mm12026-yil31.Kuch birligi kompleks etaloni10 N do 3000 kN± 0,005 %12026-yil33.Havodagi etanol bugʻlari etaloni20 ÷ 2000 mg/m³Abs. ± 2 mg/m³Nisbiy:± 0 ÷2) %12027-yil34.Avtomatlashtirilgan Xoll effekti kvant etaloni12,906 kΩ5∙10-812027-yil35.Oʻzgarmas tok kuchi birligi etalon tizimi oʻzgarmas tok yuqori aniqlikdagi shuntlari bilan toʻplamda1∙10-3; 1 A yoki 1∙10-16 ÷ 1∙10-9 A5∙10-6;10∙10-3÷5∙10-2± 10∙10-612027-yil36.2 Nz dan 100 kNz gacha chastota diapazonida havo muhitida paskal (Ra) — tovush bosimi birligi etaloni(47 band yangilandi)2 Nz dan 100 kNz gacha0,2 dB dan 1,0 dB gacha12027-yil37.Kichik massa birligi etaloni1 mg ÷ 20 kgE012028-yil38.Katta massa birligi etaloni20 ÷ 50 kgE012028-yil39.Birlamchi absolyut yorugʻlik oqimi va spektral nurlanish oqimining zichlik birligi etaloni(Goniofotometr)350 ÷ 850 nm;100 ÷ 15000 lm;1∙10-3 ÷ 5∙10-1 W/nm± (0,5 ÷ 2,5) %;± (0,7 ÷ 5) %12029-yil40.Gaz aralashmalaridagi komponentlarning molyar ulushi birligi etaloni0,0001 ÷ 100 %± 0,03%12029-yil41.Kuchning aylanish vaqti kattaligi birligi etaloniot 0,5 do 3000 N∙m.± 0,005 %12029-yil42.3•10-1 — 2•104 Nz chastota diapazonida tebranish uzunligi, tezligi va tezlanishi birligi etalonitebranish uzunligi:1•10-7 m dan — 1•10-2 m gacha,tebranish tezligi1•10-4 m/s dan 1•10-1 m/s gacha,tebranish tezlanishi:1•10-3 m/s2 dan 1•103 m/s2 gacha0,015 Nz dan 0,025 Nz gacha12029-yil43.Birlamchi sinish koʻrsatkichi birligi etaloni(goniometr-spektrometr)195 ÷ 2325 nm± 3•10-6 nd (UV);± 2•10-6 nd (VIS );± 5•10-6 nd (SWIR)12029-yil44.Gaz aralashmalaridagi tabiiy gaz komponentlarining molyar ulushi birligi etaloni0,001 ÷ 99,0 %± 0,15 %12029-yil45.Suvdagi yutilgan doza birligi milliy etaloni0,002 Gy/s dan 0,02 Gy/s gacha0,01212030-yil46.Vaqt va chastota etaloni(Seziy atomi asosida)100 kNz;1 MNz;5 MNz;10 MNz;1x10-1412030-yil47.Axborot uzatish tizimlari uchun uzunlik va nur oʻtkazgichda signal tarqalish davri, oʻrtacha quvvati, optik nurlanishning susayishi va toʻlqin uzunlik birligi etaloni(-60) dBm dan 20 dBm gacha0,1 Nz dan 1 GNz gacha10 m dan 2000 m gacha± 0,01 %± 1,0 %± 0,1 %12030-yil48.Yassi parallel toʻplami uzunlik oʻlchash birligi etaloni0,5 ÷ 100 mm0,5 ÷ 100 mm0,1÷250 mm0,5 ÷ 100 mm0,5 ÷ 100 mm1,991 ÷ 2,009 mm50 ÷ 500 mm5,12 ÷ 100 mm21,2 ÷ 100 mm0,5 ÷ 100 mm1,991 ÷ 2,009 mm0,991 ÷ 1,009 mm50 ÷ 500 mm50 ÷ 1000 mm0,5 ÷ 100 mm0,5 ÷ 100 mm5,12 ÷ 100 mm50 ÷ 500 mm50 ÷ 1000 mm21,2 ÷ 100 mm(0,02+0,0002L) µm(0,02+0,1L) µm(0,025+0,2×10-6L) µm(0,05+0,1L) µm(0,05+0,1L) µm(0,05+0,1L) µm(0,05+0,1L) µm(0,05+0,1L) µm(0,05+0,1L) µm(0,05+0,1L) µm(0,05+0,1L) µm(0,05+0,1L) µm(0,05+0,1L) µm(0,05+0,1L) µm(0,05+0,1L) µm(0,05+0,1L) µm(0,05+0,1L) µm(0,05+0,1L) µm(0,05+0,1L) µm(0,05+0,1L) µm12030-yil
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-fevraldagi PQ-91-son qaroriga 4-ILOVA
“Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimida yaratiladigan asosiy imkoniyatlar
TAVSIFI
1) Standartlashtirish, sertifikatlashtirish, akkreditatsiya va metrologiya sohalaridagi barcha davlat reyestrlarining markazlashgan maʼlumotlar bazasini shakllantirish va uning ochiqligini taʼminlash.
2) Respublika hududida faoliyat yuritayotgan akkreditatsiya qilingan barcha muvofiqlikni baholash organlari va sinov laboratoriyalarini yagona platformaga integratsiya qilish, shuningdek, sinov jarayonlarida foydalaniladigan uskunalar va kimyoviy reaktivlar hisobini yuritish.
3) Muvofiqlik sertifikatlari, laboratoriya sinovi bayonnomalari va xulosalarini toʻliq elektron shaklda QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan holda shakllantirish.
4) Masofaviy “xavfni” tahlil qilish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonlarini avtomatlashtirish, shuningdek, mahsulotlarni davlat roʻyxatiga olish, muvofiqlik sertifikatlarini berish va deklaratsiyalarni roʻyxatga olish jarayonlarini elektron shaklda monitoring qilish.
5) Jismoniy va yuridik shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlardan qoniqish darajasini doimiy baholab borish, taklif va shikoyatlar yuborish hamda korrupsiya holatlari boʻyicha tezkor axborot berish.
6) Qabul qilinayotgan yangi standartlarni dasturiy qayta ishlash (mashinada oʻqiladigan format).
7) Texnik jihatdan tartibga solish sohasiga oid tahliliy va statistika maʼlumotlarini 24/7 rejimida umumlashtirish hamda hisobotlarni shakllantirish jarayonlarini avtomatlashtirish.
8) Akkreditatsiya, metrologiya, sertifikatlashtirish organlari hamda standartlashtirish boʻyicha milliy organ faoliyati, shuningdek, sinovlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari asosida toʻliq amalga oshirilganligi, sinov uskunalarining metrologik xulosalari mavjudligi ustidan nazoratni taʼminlash.
9) Muvofiqlikni baholash organlariga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirish.
10) Laboratoriya uskunalarining texnik imkoniyatini hisobga olgan holda, sinov natijalarini avtomatik ravishda shakllantirish.
11) Tizimga avtomatlashtirilgan hisob-kitob (billing) tizimini joriy etish orqali toʻlovlarni onlayn amalga oshirish.
12) Vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar tizimidagi standartlashtirish boʻyicha tarmoq texnik qoʻmitalari faoliyatini toʻliq raqamlashtirish hamda ularning ishini muvofiqlashtirish va reytingini yuritish, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni qabul qilish jarayonlarini avtomatlashtirish.
Izoh:
1. “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimi orqali koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlar invoys (hisob-faktura) asosida amalga oshiriladi va kelib tushgan mablagʻlardan:
2 foiz miqdoridagi ajratma — Texnik jihatdan tartibga solish agentligining budjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmasiga;
1 foiz miqdoridagi ajratma — Raqamli texnologiyalar vazirligining Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamgʻarmasiga;
0,5 foiz miqdoridagi ajratma — Elektron hukumatning Yagona billing tizimi orqali tasdiqlangani uchun “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining Iqtisodiyot va moliya vazirligi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasidagi maxsus hisobvaragʻiga oʻtkaziladi.
2. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining budjetdan tashqari rivojlantirish jamgʻarmasiga kelib tushgan mablagʻlar “Texnik tartibga solish” milliy axborot tizimini texnik jihatdan qoʻllab-quvvatlash, agentlikning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shu jumladan, raqamli infratuzilmasini rivojlantirish, axborot tizimlari va resurslarini ishlab chiqish hamda texnik qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish bilan bogʻliq xarajatlarga sarflanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-fevraldagi PQ-91-son qaroriga 5-ILOVA
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining
TASHKILIY TUZILMASI
Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi“Oʻzbekiston standartlar instituti” davlat muassasasi“Oʻzbekiston milliy metrologiya instituti” davlat muassasasiTexnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasiQoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va shaharlardagi filiallar*(yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan)Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va shaharlardagi filiallar*(yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan)Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boʻlimlar(yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan)
* Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar (12 ta) hamda Qoʻqon, Olmaliq, Bekobod va Chirchiq shaharlari filiallari.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-fevraldagi PQ-91-son qaroriga 6-ILOVA
I. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi xodimlarining mehnatiga haq toʻlash
RAZRYADLARI
Lavozimlar nomiYagona tarif setkasi boʻyicha razryadlarDirektor19Direktorning birinchi oʻrinbosari18Direktor oʻrinbosari 17Direktor maslahatchisi16Boshqarma boshligʻi15Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari15 (-5%)Boʻlim boshligʻi, bosh direktor yordamchisi14Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari, devonxona mudiri14 (-5%)Bosh mutaxassis12
II. Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi xodimlarining mehnatiga haq toʻlash
RAZRYADLARI
Lavozimlar nomiYagona tarif setkasi boʻyicha razryadlarBoshliq17Boshliq oʻrinbosari16Boʻlim boshligʻi13Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari13 (5%)Bosh mutaxassis11Yetakchi mutaxassis10
Izoh: Agentlik va Inspeksiya xodimlarining lavozim maoshini aniqlashda tarif koeffitsiyentlari 1,8 baravar oshirilgan miqdorda qoʻllanadi hamda amaldagi uzoq yillik xizmati uchun ustama miqdorlari saqlanib qoladi.
