2024-2026-yillarda Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida (99-son)
23.02.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, zamonaviy servis xizmatlari koʻrsatilishini tashkil etish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini takomillashtirish, ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash orqali fuqarolarning yashash sharoitini yanada yaxshilash hamda aholi bandligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2024 — 2026-yillarda Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur):
2024 — 2026-yillarda Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar 1-ilovaga muvofiq;
2024 — 2026-yillarda Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini moliyalashtirish manbalari 2-ilovaga muvofiq;
2024 — 2026-yillarda Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida sanoat va xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxati 3-ilovaga muvofiq;
2024 — 2026-yillarda Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida yoʻl-transport infratuzilmasi va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, ijtimoiy va boshqa soha obyektlarini qurish, taʼmirlash hamda rekonstruksiya qilish boʻyicha ishlarning manzilli roʻyxati 4-ilovaga muvofiq;
2024 — 2026-yillarda Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini amalga oshirishga doir “yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — yoʻl xarita) 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Toshkent shahar hokimligi tegishli davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari, tijorat banklari va loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda 2024-yil 1-martga qadar Dasturga kiritilgan loyihalarni amalga oshirishning barcha bosqichlari, shu jumladan, loyihalarni foydalanishga topshirishning aniq muddatlarini koʻrsatgan holda tarmoq jadvallarini ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
3. Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda:
davlat boshqaruvi organlari, xoʻjalik birlashmalari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan Dasturda nazarda tutilgan chora-tadbirlarning belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini tahlil qilib borsin va muvofiqlashtirsin;
barcha parametrlar boʻyicha monitoring olib borilishini tashkil etsin va har oyda tizimli ravishda muammoli masalalarni koʻrib chiqib, ularni hal etish yuzasidan tezkor amaliy choralar koʻrsin;
zarurat boʻlganda, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda, loyiha hujjatlari mavjud boʻlgan taqdirda, loyiha qiymati va ish oʻrinlari sonini saqlab qolish sharti bilan Dasturga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritib borsin.
4. Transport vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani hududida yoʻl-transport infratuzilmasi obyektlarini qurish boʻyicha asoslangan hisob-kitoblarni ishlab chiqish choralarini koʻrsin.
5. Iqtisodiyot va moliya vazirligi Toshkent shahar hokimligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Dasturda nazarda tutilgan respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan loyihalarni joriy yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-404-son qarori bilan tasdiqlangan parametrlar doirasida moliyalashtirsin, kelgusida — tegishli yillar uchun moʻljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirishda inobatga olsin.
6. Toshkent shahar hokimligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi bilan birgalikda Yakkasaroy tumani hududidan oqib oʻtadigan Boʻrijar kanalining qirgʻoqlari va oʻzanlarini mustahkamlash orqali obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, aholi uchun sayilgoh, dam olish va boshqa koʻngilochar maskanlar hamda turizm infratuzilmasi obyektlarini xorijiy tajriba asosida barpo etishni nazarda tutuvchi loyiha konsepsiyasini ishlab chiqib, 2024-2025-yillar davomida bosqichma-bosqich amalga oshirsin.
7. Toshkent shahar hokimligi har oy yakuniga koʻra Dasturdagi loyihalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan tadbirlarning natijadorligini muntazam asosda yigʻilishlarda muhokama qilib, Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritib borsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Sh.B. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 23-fevral,
99-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 23-fevraldagi 99-son qaroriga 1-ILOVA
2024 — 2026-yillarda Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha
MAQSADLI KOʻRSATKIChLAR
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 23-fevraldagi 99-son qaroriga 2-ILOVA
2024 — 2026-yillarda Yakkasaroy tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini moliyalashtirish manbalari
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 23-fevraldagi 99-son qaroriga 3-ILOVA
2024 — 2026-yillarda Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida sanoat va xizmat koʻrsatish sohalarini rivojlantirish boʻyicha investitsiya loyihalarining
MANZILLI ROʻYXATI
* Loyiha qiymatlari loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgandan soʻng oʻzgarishi mumkin.
3 — 49-raqamlarda qayd etilgan loyihalar boʻyicha amaldagi qonunchilik talablari asosida tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgandan soʻng qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 23-fevraldagi 99-son qaroriga 4-ILOVA
2024 — 2026-yillarda Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida yoʻl-transport infratuzilmasi va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, ijtimoiy va boshqa soha obyektlarini qurish, taʼmirlash hamda rekonstruksiya qilish boʻyicha ishlarning
MANZILLI ROʻYXATI
* Loyiha qiymatlariga loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgandan soʻng aniqlik kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 23-fevraldagi 99-son qaroriga 5-ILOVA
2024 — 2026-yillarda Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini amalga oshirishga doir
“YOʻL XARITASI”
