“1031-modda. Erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni boshqa shaxsga oʻtkazish — Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga bojxona tartib-taomillarini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-913-son)
“1031-modda. Erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni boshqa shaxsga oʻtkazish
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga bojxona tartib-taomillarini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-913-son) · Sana: 27.02.2024 · Amalda
Erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni boshqa shaxsga oʻtkazishga unga nisbatan egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga berishga quyidagi shartlarga rioya etilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi:
tovarni yoki unga nisbatan egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazuvchi vakolatli shaxs bojxona organini oldindan yozma shaklda xabardor etadi;
tovarga boʻlgan huquqni oluvchi vakolatli shaxs ushbu tovarga nisbatan tanlangan bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etgan holda bojxona yuk deklaratsiyasini bojxona organiga beradi.
Vakolatli shaxsning tovarga nisbatan egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqi bojxona yuk deklaratsiyasi bojxona organiga berilgan paytdan eʼtiboran boshqa shaxsga oʻtkazilgan deb hisoblanadi. Bojxona yuk deklaratsiyasi berilgan paytda mazkur shaxsda bojxona rejimiga rioya etilishini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlar yuzaga keladi”;
9) 106-moddaning matnidagi “bojxona toʻlovlari toʻlanmagan hamda” degan soʻzlar “bojxona bojlari va soliqlar toʻlanmagan, shuningdek” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10) 134-modda birinchi qismi 2-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“qayta ishlashning texnologik jarayoni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan texnik-iqtisodiy asoslar (hisob-kitoblar) ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar, ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortigʻi ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar uchun”;
11) 159-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddatni hisoblash transport vositasini vaqtincha olib kirish rasmiylashtirilgan kundan eʼtiboran boshlanadi”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;
12) 219-modda:
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Tashuvchi barcha tovarlar toʻgʻrisidagi axborotning yuk kuzatuv hujjatlariga kiritilishini taʼminlash yoki tovarlar toʻgʻrisidagi axborotni bojxona organi eʼtiboriga yetkazish uchun bojxona organi oldida javobgar boʻladi”;
beshinchi qismi oltinchi qism deb hisoblansin;
13) 223-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“milliy avtotashuvchilar tomonidan import tovarlarni tashish tovarlarni bojxona nazorati ostida tashish uchun jihozlangan transport vositalarida amalga oshirilgan taqdirda”;
14) 229-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yakka tartibda guvohnoma olish uchun arizachi bojxona organiga Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
guvohnoma olish uchun elektron shakldagi arizani;
transport vositasiga nisbatan mulk huquqini yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatning koʻchirma nusxasini;
avtotransport vositasining oldidan, orqadan, chapdan, oʻngdan koʻrinishi, shuningdek plombalar va muhrlar qoʻyiladigan joyning tasviri mavjud boʻlgan, arizachi tomonidan tasdiqlangan rangli fotosuratlarni. Bitta fotosuratda bitta avtotransport vositasining koʻpi bilan ikki tomonini bir vaqtning oʻzida tasvirlashga yoʻl qoʻyiladi.
Konstruksiyaning turi boʻyicha guvohnoma olish uchun arizachi qaysi bojxona organining faoliyat koʻrsatish zonasida avtotransport vositalari ishlab chiqariladigan boʻlsa, oʻsha bojxona organiga Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
guvohnoma olish uchun elektron shakldagi arizani;
transport vositasi konstruksiyasining chizmalarini va batafsil tavsifini;
avtotransport vositasining oldidan, orqadan, chapdan, oʻngdan koʻrinishi, shuningdek plombalar va muhrlar qoʻyiladigan joyning tasviri mavjud boʻlgan, arizachi tomonidan tasdiqlangan rangli fotosuratlarni. Bitta fotosuratda bitta avtotransport vositasining koʻpi bilan ikki tomonini bir vaqtning oʻzida tasvirlashga yoʻl qoʻyiladi.
Arizachidan ushbu moddada koʻrsatilmagan boshqa hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatlardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun arizachi javobgar boʻladi”;
15) 230-modda:
toʻrtinchi va beshinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona organi tegishli qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay arizachiga guvohnoma berishi (yuborishi) yoki guvohnoma berish rad etilganligi haqida uni Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qilishi shart.
Arizachi guvohnoma berish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali xabarnoma olganidan keyin respublikaning istalgan bojxona organiga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda toʻldirilgan guvohnomani taqdim etadi. Bojxona organi guvohnoma maʼlumotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali tekshiradi va uni muhr bilan tasdiqlaydi”;
quyidagi mazmundagi sakkizinchi — oʻn ikkinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Ushbu modda oltinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan faktlar aniqlanganda, agar arizada bartaraf etilishi mumkin boʻlgan kamchiliklar mavjud boʻlsa, bojxona organi ularni bartaraf etish uchun arizachiga muddat beradi. Kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi toʻgʻrisidagi xabarnoma bojxona organi tomonidan bir ish kuni ichida Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali elektron shaklda arizachiga yuboriladi.
Xabarnomada taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish usullari, shuningdek arizachi koʻrsatilgan sabablarni bartaraf qilib, tegishli hujjatlarni koʻrib chiqish uchun takroran taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatiladi. Xabarnomada koʻrsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur boʻladigan vaqtga mutanosib boʻlishi, lekin oʻttiz ish kunidan oshmasligi kerak.
Bojxona organi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida arizachiga malakali xodimlarni izlashda, hujjatlarni va dasturlarni maromiga yetkazish uchun mutaxassislarni jalb etishda, shuningdek guvohnomani olish uchun boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratishda koʻmaklashishi va zarur maslahatlar berishi kerak, bundan arizachi taklif etilgan yordamni rad etgan hollar mustasno.
Kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida xabarnoma yuborilgan taqdirda, guvohnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati toʻxtatib turiladi.
Hujjatlar xabarnomada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmasdan yoki xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin takroran taqdim etilgan taqdirda, bojxona organi guvohnoma berishni rad etish haqida qaror qabul qilishga haqli. Bunda guvohnoma berishni kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi xabarnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi”;
sakkizinchi — oʻn ikkinchi qismlari tegishincha oʻn uchinchi — oʻn yettinchi qismlar deb hisoblansin;
16) 231-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
avtotransport vositasi tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashish uchun yaroqsiz holga kelganda;
avtotransport vositalarining milliy davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqamlari almashganda;
guvohnomaning amal qilish muddati tugaganda.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar yuzaga kelishi bilan guvohnomaning amal qilishi tugatilgan deb hisoblanadi hamda guvohnomaning amal qilishi tugatilganligi toʻgʻrisida bojxona organi tomonidan qaror qabul qilish talab etilmaydi”;
17) 232-moddaning:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi beshinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“bojxona organining guvohnoma berish toʻgʻrisidagi qarori qonunga xilof ekanligi aniqlanganda”;
ikkinchi qismidagi “toʻrtinchi xatboshisida” degan soʻzlar “toʻrtinchi va beshinchi xatboshilarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “yetkaziladi” degan soʻz “Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali yetkaziladi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
18) 260-moddaning birinchi qismi:
“b” bandi:
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin;
“jismoniy shaxs bojxona hududiga kirguniga yoki bu hududdan chiqquniga qadar yoki keyin olib kiriladigan yoki olib chiqiladigan, alohida kuzatib boriladigan bagajda bojxona chegarasidan olib oʻtiladigan notijorat maqsadlardagi tovarlarning”;
toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilari tegishincha beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
“v” bandining beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
19) 262-moddaning:
uchinchi qismi “tegishli bojxona toʻlovlari toʻlanganidan” degan soʻzlardan keyin “yoki ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona toʻlovlarini toʻlash taʼminoti taqdim etilganidan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
toʻrtinchi qismidagi “deklaratsiyani qabul qilgan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
20) quyidagi mazmundagi 2711-modda bilan toʻldirilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “1031-modda. Erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni boshqa shaxsga oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga bojxona tartib-taomillarini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-913-son). neolex.uz/uz/laws/law-6817520/1031 (lex.uz/docs/-6817504)