Toshkent viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar holati toʻgʻrisida (SQ-877-IV-son)
10.02.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan parlament nazorati doirasida Toshkent viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar 2023-yil 1-dekabr holatiga oʻrganildi.
Oʻrganish natijalari viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish borasida qator ijobiy natijalarga erishilganini koʻrsatdi.
Xususan, yalpi hududiy mahsulot hajmi 5,0 foizga, sanoat 5,1 foizga, qishloq xoʻjaligi 4,0 foizga, xizmatlar koʻrsatish 10,8 foizga va qurilish ishlari 6,2 foizga oʻsgan. Aholi jon boshiga yalpi hududiy mahsulot hajmi 35,7 mln soʻmni va oʻsish surʼati 3,1 foizni tashkil etgan.
Investitsiya dasturlari doirasida 958 mln dollarlik 763 ta loyiha ishga tushirilib, 23 296 ta yangi ish oʻrni yaratilgan, shuningdek, 901,3 mln dollarlik toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya va kreditlar oʻzlashtirilgan.
Faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlari soni 61 mingtani, shundan, xoʻjalik yurituvchi subyektlar (yuridik shaxs) 38 mingta, yakka tartibdagi tadbirkorlar 23 mingtani tashkil etgan.
Aholining tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish darajasining eng yuqori koʻrsatkichi Ohangaron, Toshkent va Zangiota tumanlarida qayd etilgan.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 30 063 ta aholi va tadbirkorlik subyektiga jami 743,5 mlrd soʻm kredit mablagʻlari ajratilgan.
Shuningdek, muhtaram Prezidentimizning Xitoy Xalq Respublikasiga Oliy darajadagi davlat tashrifi yakuni bilan Toshkent viloyati boʻyicha kelishuvlarga erishilgan jami qiymati 3 mlrd 885 mln dollarlik 25 ta investitsiya loyihasini amalga oshirish choralari koʻrilmoqda.
Oʻrganish jarayonida amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda ayrim kamchilik va muammolar ham mavjudligi aniqlangan.
Viloyatda 2023-yilning 1-dekabr holatiga faoliyat yuritmayotgan subyektlar soni qariyb 20 mingtani tashkil etib, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan Parkent tumanida 10 barobarga, Oʻrta Chirchiq tumanida 7 barobarga, Bekobod shaharda 6 barobarga hamda Piskent va Quyi Chirchiq tumanlarida 5 barobarga oshgan.
Viloyatda 2023-yilning 1-dekabr holatiga xususiylashtirishning 2023-yilgi dasturlari doirasida elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan jami qiymati 619 mlrd soʻmlik 196 ta obyekt sotilmasdan turibdi. Mazkur obyektlarning 52 tasi uzoq muddatdan buyon sotilmasdan qolgan.
Xususan, Boʻstonlik tumanida 7 ta, Angren, Ohangaron shaharlari, Ohangaron tumanida 4 tadan, Boʻka, Quyi Chirchiq, Piskent, Chinoz, Yangiyoʻl tumanlari va Olmaliq shahrida 3 tadan, Bekobod, Oqqoʻrgʻon, Parkent, Toshkent tumanlari va Bekobod shahrida 2 tadan obyekt sotilmagan.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan 218 ta boʻsh turgan 88,1 gektar yer uchastkalaridan 428 ta holatda vakolatli tashkilotlar tomonidan kelishish yoki xulosa berish muddatlari buzilgan.
“20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga koʻra tegishliligi boʻyicha hokim yordamchilari yoki Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihani joyiga chiqqan holda 5 kun muddatda oʻrganib, natijalari boʻyicha taklif va fotosuratlarini “Hamkor tadbirkor” axborot tizimiga kiritish belgilangan boʻlsa-da, 13 ta tadbirkorning arizasi 1 — 5 oygacha muddat oʻtgan boʻlishiga qaramasdan koʻrib chiqilmagan.
Xususan, Yangiyoʻl tumanida 5 ta (jami 261 ta yangi ish oʻrni), Oqqoʻrgʻon tumanida 2 ta (jami 102 ta yangi ish oʻrni), Oʻrta chirchiq, Ohangaron, Parkent, Piskent tumanlari, Chirchiq va Nurafshon shaharlarida 1 tadan (jami 333 ta yangi ish oʻrni) tadbirkorning arizasi hokim yordamchilari tomonidan koʻrib chiqilmagan.
Viloyatda oʻtgan yilning 9 oyida 692,5 mln dollarlik xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilib, reja koʻrsatkichi 123 foizga bajarilgan boʻlsa-da, hududlar kesimida Yuqori Chirchiq tumanida reja koʻrsatkichi 5,3 mln dollarga va Qibray tumanida 6,9 mln dollarga bajarilmagan.
Viloyatning tuman (shahar) hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari rahbarligidagi Oilaviy tadbirkorlik markazlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 373-sonli qarori bilan yuklatilgan nohalol taʼminotchilar reyestrini yuritish va ularni “marketpleys”dan chetlatish vazifalari bajarilmagan.
Xususan, 25 mlrd soʻm soliq qarzdorligi mavjud 743 ta hamda 68,8 mlrd soʻmlik mahsulotlarni yetkazib berish shartlarini buzgan 394 ta taʼminotchi (mahsulotni yetkazib bermagan yoki mahsulot narxi qimmat va sifatsiz boʻlgan) “marketpleys”dan chetlatilmagan.
Bundan tashqari, “Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun (19-modda) bilan baholovchi tashkilotlarning obyektni baholashdagi javobgarligi belgilangan boʻlishiga qaramasdan, viloyat tijorat banklari filiallari tomonidan 947 ta tadbirkorning 849,3 mlrd soʻmlik kredit olish uchun garov taʼminoti sifatida qoʻyilgan 1,6 trln soʻm miqdoridagi mulklarini baholash tashkilotning baholash hisobotidagi qiymatidan 542,5 mlrd soʻmga (34 foizga) kamaytirib, kredit shartnomalari rasmiylashtirilgan.
Viloyatdagi nazorat organlari tomonidan oʻtkazilgan tekshirishlarda 58 ta qonun buzilishi holati, shundan, 21 tasida noqonuniy tekshirish va 37 tasida tekshirish oʻtkazish tartibini buzish holatlariga yoʻl qoʻyilgan boʻlib, ularning 22,4 foizi (13 tasi) Oʻsimliklar karantini agentligi, 19 foizi (11 tasi) viloyat soliq boshqarmasi, 17,2 foizi (10 tasi) Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi va 13,8 foizi (8 tasi) qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan sodir etilgan.
“Tadbirkor virtual ofisi” axborot portali orqali kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi va muddati ustidan nazorat oʻrnatilgan boʻlishiga qaramasdan murojaatlarning 21,9 foizini (126 ta) koʻrib chiqishda muddat buzilish holatlariga yoʻl qoʻyilgan.
Yangiyoʻl tumanida 21 holatda, Toshkent tumanida 16 ta va Chirchiq shahrida 11 ta holatda tadbirkorlarning murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilmagan.
Piskent va Boʻka tumanlari hamda Ohangaron shahrida murojaatlar soni oshgan.
Yuqoridagilarni inobatga olib, tadbirkorlikni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish ishlarini yanada jadallashtirish maqsadida “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 9-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi E. Gadoyevning Toshkent viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar holati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligiga hamda Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosariga viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar koʻrsatib oʻtilsin.
3. Toshkent viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish borasida mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan “Yoʻl xaritasi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Toshkent viloyati hokimligi:
viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish yoʻnalishida mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan “Yoʻl xaritasi” ijrosini taʼminlasin;
tuman (shahar) hududiy investitsiya loyihalari bajarilishida, tadbirkorlar murojaatlarining oʻz vaqtida koʻrib chiqilishida sustkashlikka yoʻl qoʻygan masʼullarga nisbatan taʼsirchan choralar koʻrsin;
mazkur Qaror va “Yoʻl xaritasi”da belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotni joriy yilning 15-avgustiga qadar Oliy Majlis Senatiga kiritsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilga viloyatdagi nazorat organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarida tekshirish oʻtkazish tartibini buzgan masʼul shaxslarga nisbatan zarur taʼsir choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi Toshkent viloyati hokimiyati bilan birgalikda:
ikki oy muddatda hududlarning xususiyatlari, “oʻsish nuqtalarini” va salohiyatini inobatga olib, tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻnalishlari boʻyicha takliflar ishlab chiqsin;
uch oy muddatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlik sohasida mavjud talablar va tartib-taomillarni soddalashtirish boʻyicha oʻrganish oʻtkazib, mavjud muammolar va aniqlangan byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborotni joriy yilning 15-iyuniga qadar Oliy Majlis Senatiga kiritsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Markaziy bank bilan birgalikda uch oy muddatda tadbirkorlarga kredit rasmiylashtirishda mulklarni baholash va uni tijorat banklari tomonidan garov taʼminoti sifatida qabul qilish masalasini oʻrganib chiqib, uni soddalashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan birgalikda 2024-yil yanvar oyida muhtaram Prezidentimizning Xitoy Xalq Respublikasiga Oliy darajadagi davlat tashrifi yakuni bilan Toshkent viloyati boʻyicha 3 mlrd 885 mln dollarlik 25 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazoratga olsin va uning ijrosi yuzasidan 2024-yil davomida masʼullarning axborotini Qoʻmita majlisida eshitib borsin.
9. Xalq deputatlari Toshkent viloyati, tuman va shahar Kengashlariga:
“Yoʻl xaritasi” ijrosi yuzasidan aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy muhokama qilish;
Xitoy Xalq Respublikasi investorlari bilan tuzilgan 3 mlrd 885 mln dollarlik 25 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish ustidan nazorat oʻrnatib, uni amalga oshirilishi boʻyicha masʼullarning axborotini eshitib borish;
tuman (shahar) tadbirkorlikni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish, hududiy investitsiya loyihalari bajarilishida, tadbirkorlar murojaatlarining oʻz vaqtida koʻrib chiqilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitib borish tavsiya etilsin.
10. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi (E. Gadoyev) zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2024-yil 10-fevral,
SQ-877-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024-yil 10-fevraldagi SQ-877-IV-sonli qaroriga ILOVA
Toshkent viloyatida tadbirkorlikni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish borasida mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan
“YOʻL XARITASI”
T/r Aniqlangan kamchiliklar Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar Ijro muddati Masʼullar 1. Toshkent viloyatida 2023-yilning 1-dekabr holatiga faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlarining soni 2022-yilning mos davriga nisbatan 9,4 mingtaga kamaygan. Tahlil natijalariga koʻra faoliyat koʻrsatmayotgan 15 276 ta yuridik shaxsga tegishli yerlar olib qoʻyilganligi, 1 646 tasi iqtisodiy qiyinchiliklar bois faoliyat koʻrsatmayotganligi sababli oʻz faoliyatini toʻxtatgan. 1. Faoliyat koʻrsatmayotgan tadbirkorlar masalalarini oʻrganish boʻyicha viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari boshchiligida Ishchi guruh tashkil etish. 2024-yil mart Toshkent viloyati hokimligi, Savdo-sanoat palatasi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi 2. Ishchi guruh tomonidan hudud va tarmoqlar kesimida tahlil qilish, muammolarini aniqlash va faoliyatini davom ettirishga toʻsiq boʻlayotgan holatlarni bartaraf etish choralarini koʻrish. 2024-yil mart — may 3. Hududlardagi hokim yordamchilari va Savdo-sanoat palatasi xodimlari faoliyatini toʻxtatayotgan korxona va tashkilotlar muammolari bilan ishlash va yechimi boʻyicha tuman (shahar) hokimlariga taklif kiritish. 2024-yil davomida 2. Viloyatda 2023-yilning 1-dekabr holatiga xususiylashtirish dasturlari doirasida elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan 619,0 mlrd soʻmlik 196 ta obyekt sotilmagan. Mazkur obyektlarning 52 tasi uzoq muddatdan buyon sotilmasdan qolgan. 1. Elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan davlat aktivlari boʻyicha Savdo-sanoat palatasining viloyatdagi barcha hududiy boʻlinmalarida alohida onlayn maʼlumotlar burchagin� tashkil etish. 2024-yil mart Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi 2. Elektron onlayn-auksion savdolarida uzoq muddatdan buyon sotilmasdan turgan obyektlarni qonunchilikda belgilangan tartib asosida xususiylashtirishning boshqa usullarini qoʻllash. 2024-yil davomida 3. Ommaviy savdolarga ch�qarilgan davlat aktivlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning salohiyatli investorlarga, shu jumladan xorijiy investorlarga yetkazilishini taʼminlash. 2024-yil may-iyun 4. Xususiylashtirilishi belgilangan davlat aktivlari toʻgʻrisida doimiy ravishda Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalarida “Road Shou”lar tashkil etib borish. 2024-yil davomida 3. Xususiylashtirish dasturiga kiritilgan 16 ta korxonaning davlat aktivlari vazirlik va idoralar tomonidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshirilmaganligi oqibatida 2023-yilda elektron savdoga chiqarilmasdan qoldirilgan. 1. Vazirlik va idoralar tomonidan xususiylashtirish dasturiga kiritilgan korxonalarning davlat aktivlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshirilishini taʼminlash. 2024-yil 10-fevral “Oʻzkimyosanoat” AJ, Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi, “Oʻzavtosanoat” AJ va “Oʻzbekneftegaz” AJ 2. Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga korxonalar yuqoridagi korxonalarning urushlari topshirilganidan soʻng belgilangan tartibda baholatib, xususiylashtirish choralarini koʻrish. 2024-yil davomida 4. Viloyatda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun onlayn-auksion savdolariga chiqarilgan 218 ta boʻsh turgan 88,1 gektar yer uchastkalaridan jami 428 ta holatda vakolatli tashkilotlar tomonidan kelishish yoki xulosa berish muddatlari buzilgan. 1. Onlayn-auksion savdolariga chiqarish uchun “YERELEKTRON” AATga joylashtirilgan yer uchastkalari boʻyicha 3 ish kunida vakolatli tashkilotlarning kelishuvi va xulosasi olinishini taʼminlash. 2024-yil mart Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kadastr agentligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi 2. Vakolatli organ tomonidan “YERELEKTRON” AATga joylashtirilgan yer uchastkalari boʻyicha oʻz vaqtida kelishilishi va xulosa berilishini monitoring yuritish. 2024-yil davomida 3. Monitoring natijasida kelishuv muddatlari buzilgan holatlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil devoniga murojaat yuborish. monitoring asosida 5. “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dastur doirasida tegishliligi boʻyicha hokim yordamchilari yoki Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi tadbirkor tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyiha boʻyicha 13 ta tadbirkor arizasi koʻrib chiqilmagan. 1. Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va hokim yordamchilar tomonidan tadbirkorlarning koʻrib chiqilmagan arizalari yuzasidan qisqa muddatda xulosa berilishini taʼminlash. 2024-yil fevral Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi 2. “Onlayn mahalla” elektron dasturi orqali tadbirkorlar tomonidan berilgan arizalar kelib tushgandan soʻng hokim yordamchilar tomonidan vaqtida xulosalar berilishini nazoratga olish. 2024-yil davomida 6. “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dastur doirasida 27 ta shartnoma Adliya organlari tomonidan eʼtirozlar bilan qayta ishlash uchun qaytarilgan boʻlsa-da, unga masʼul boʻlgan tuman (shahar) hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ekspertizaga yoʻnaltirish yuzasidan hech qanday choralar koʻrilmagan. 1. Adliya organlarining huquqiy xulosasi bilan qaytarilgan “hamkorlik shartnomasi” loyihasini qayta ishlab chiqib kiritish. 2024-yil fevral Toshkent viloyati tuman (shahar) hokimliklar, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Adliya vazirligi 2. Vakolatli organ yoki hokim yordamchilar tomonidan “hamkorlik shartnomasi” loyihasining Adliya organlariga oʻz vaqtida taqdim etilishini taʼminlash. 2024-yil mart 3. Adliya vazirligi yoki uning hududiy boʻlinmalaridan huquqiy ekspertiza natijalari yuzasidan ijobiy xulosa berilgan taqdirda, “hamkorlik shartnomasi” loyihasi taraflarga imzolash uchun yuborilishini nazoratga olish. 2024-yil mart 7. Investitsiya dasturlari hududlar kesimida Yuqori Chirchiq tumanida 5,3 min dollarga (20 foizga), Qibray tumanida 6,9 mln dollarga (31 foizga), Ohangaron shahrida 400 ming dollarga (0,2 foizga), Boʻka tumanida 200 ming dollarga (0,3 foizga) bajarilmagan. 1. Investitsiya dasturlari doirasida ishga tushmagan loyihalarni joyiga chiqib oʻrgangan holda muammolarni aniqlash. 2024-yil fevral Toshkent viloyati hokimligi, Yuqori Chirchiq, Qibray, Boʻka tumanlari, Ohangaron shahar hokimliklari 2. Aniqlangan muammolarni tegishli mutasaddi tashkilot va idoralar bilan hal etish choralarini koʻrish. 2024-yil mart — iyun 8. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan elektr energiyasi bilan taʼminlash masalalari hal etilmaganligi oqibatida 2023-yilda investitsiya dasturiga kirgan Nurafshon shahridagi “Data Space System” MChJ QK tomonidan 25 mln dollarlik maʼlumotlarni saqlash va qayta ishlash markazini tashkil etish loyihasi bajarilmasdan qolmoqda. Shu kabi Yangiyoʻl tumanidagi “International paper” MChJga 40 ming kv/soatlik transformator shu kungacha oʻrnatilmaganligi oqibatida qogʻoz va salfetka mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvati 29,3 mlrd soʻmga pasaygan hamda 1,5 — 2,0 mln dollarlik eksport hajmi yoʻqolgan. 1. Energetika vazirligi va “Hudu�iy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan masalani joyiga chiqqan holda oʻrganish. 2024-yil mart Energetika vazirligi, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, Toshkent viloyati hokimligi 2. Korxonalarni elektr energiyasi bilan taʼminlash masalalari hal etish yuzasidan tarmoq jadvalini ishlab chiqish. 2024-yil aprel 3. Tarmoq jadvaliga muvofiq korxonalarni zarur quvvatdagi elektr energiyasi bilan taʼminlash. tarmoq jadvaliga koʻra 9. “Angren” erkin iqtisodiy zonasi hududidagi yerlar yirik sanoat loyihalariga ajratib berilmaganligi oqibatida, “Angren-1” blokida 250 mln dollarlik 30 ta investitsiya loyihasi, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya kiritiladigan “Ohangaron” blokida “Quality Device” MChJ QKning elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarishga moʻljallangan 21,6 mln dollarlik loyiha va “Aqcha” blokida “Mareven Food Pamir” MChJning oziq-ovqat ishlab chiqarish boʻyicha 60,8 mln dollarlik loyiha ishga tushirilmasdan qolmoqda. 1. “Angren” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi tomonidan tegishli yer maydonlari boʻyicha hujjatlarni va maʼlumotlarni yigʻish hamda ularni vakolatli tashkilotlarga kelishish yoki xulosasini olish uchun yuborish. 2024-yil aprel Inv�stitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Toshkent viloyati hokimligi, Savdo-sanoat palatasi 2. Er maydonlaridan uzoq muddat foydalanish huquqini auksionga quyish uchun materiallarni tayyorlash. 2024-yil may — iyul 3. “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi” DUKga buyurtma topshirish. 2024-yil avgust 10. “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturi doirasida ajratilgan kreditlarning muammoli qismi viloyat boʻyicha joriy yilning 1-dekabr holatiga 67,5 mlrd soʻmni tashkil etib, jami kredit qoldigʻiga nisbatan muammoli kreditlarning ulushi ortgan. 1. Tuman (shahar) va tijorat banklari kesimida “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish” dasturi doirasida vujudga kelgan muammoli kreditlarni qisqartirish grafigini ishlab chiqish. 2024-yil mart Toshkent viloyati hokimligi, Markaziy bank, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi 2. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida ajratilgan kreditlar maqsadliligi va qaytishi boʻyicha hokim yordamchilari tomonidan oʻrganib borish va tuman (shahar) hokimlariga axborot kiritib borish. 2024-yil har oyda 3. Muammoga aylanib borayotgan kreditlarning oldini olish boʻyicha profilaktika choralarini koʻrish. 4. Muammoli kreditlarning belgilangan muddatlarda soʻndirilishi taʼminlanmagan holatlar yuzasidan tegishli chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga materiallar yuborish. 2024-yil davomida 11. Viloyatning tuman (shahar) hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari rahbarligidagi Oilaviy tadbirkorlik markazlari tomonidan 25 mlrd soʻm soliq q�rzdorligi mavjud 743 ta hamda 68,8 mlrd soʻmlik mahsulotlarni yetkazib berish shartlarini buzgan 394 ta taʼminotchilar “marketpleys” dasturidan chetlatilmagan. 1. Tuman (shahar) oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash markazlari tomonidan mahsulot yetkazib beruvchining majburiyatlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan monitoring yuritish. 2024-yil mart-aprel Tuman shahar hokimliklari, Markaziy bank 2. Monitoring natijalariga koʻra mahsulot yetkazib beruvchining marketpleys tizimidagi oʻz xizmatlarini taklif etish imkoniyati davriy ravishda oʻrganib chiqib, tuman (shahar) hokimlarining birinchi oʻrinbosarlariga nohalol tadbirkorlar yuzasidan axborot kiritish. doimiy 3. Tuman (shahar) markazlarining mahsulot yetkazib beruvchini marketpleys tizimida ishtirok etishdan chetlatish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilish va jamoatchilik uchun eʼlon qilish. monitoring asosida 12. “Tadbirkor virtual ofisi” axborot portali orqali kelib tushgan murojaatlarni koʻrib chiqish tartibi va muddati ustidan nazorat oʻrnatilgan boʻlishiga qaramasdan murojaatlarning 21,9 foizi (126 ta) boʻyicha koʻrib chiqish muddati buzilgan. 1. Tadbirkorlarning murojaatlarda keltirilgan masallarni joyiga chiqqan holda oʻrganish. 2. Murojaatda keltirilgan muammolarning hal etilishini taʼminlash. 3. Murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlarini buzgan masʼul xodimlarga nisbatan taʼsirchan choralar qoʻllash. Toshkent viloyati tuman (shahar) hokimliklar, Savdo-sanoat palatasi, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi doimiy
