Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga respublika hududida Internet va aloqa qamrovini kengaytirish uchun sharoitlarni yaxshilashga qaratilgan oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-912-son)
23.02.2024
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 24-oktabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2023-yil 20-dekabrda maʼqullangan
Bugungi kunda dunyoda yoʻldosh aloqaning jadal surʼatlar bilan rivojlanishi, ushbu sohada yangi texnologiyalarning joriy etilishi respublika hududida Internet va zamonaviy sifatli aloqa qamrovini kengaytirish uchun sharoitlarni yaxshilashga doir yangi texnologik imkoniyatlarni yaratmoqda.
Biroq mamlakatimizda xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlarining turlaridan biri sifatida yoʻldosh aloqa tarmoqlarining rivojlanishi uchun yetarli shart-sharoitlar mavjud emasligi, bunday faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun davlat boji miqdorining yuqoriligi ushbu aloqa vositasidan mahalliy tarmoqlarda foydalanishga, shuningdek togʻli va olis hududlarda Internet hamda aloqa qamrovini yanada kengaytirishga toʻsqinlik qilmoqda.
Mazkur Qonun bilan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi hamda “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga koʻchma radiotelefon (radiotelefon, trankli) aloqaga taalluqli litsenziyalanadigan faoliyatning mavjud kichik turlari respublika hududida yoʻldosh aloqa tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularning xizmatlarini koʻrsatish kabi faoliyat turi bilan toʻldirilishini, shuningdek respublika ijro etuvchi hokimiyat organining nomi aniqlashtirilishini nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Ushbu Qonun respublika hududining yuqori tezlikdagi Internet va sifatli aloqa bilan qamrab olinishini taʼminlashga, yoʻldosh aloqa tarmoqlarini rivojlantirishga, shuningdek telekommunikatsiyalar sohasidagi imkoniyatlarni yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda; 2022-yil, № 2, 76-modda, № 3, 214, 216-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 463, 464, 467-moddalar, № 12, 1186-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 186-modda, № 4, 265, 269-moddalar, № 6, 444, 445-moddalar, № 7, 538-modda) ilovaning 33-bandiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
“ts” — “sh2” kichik bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yu” va “ya” kichik bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyulda qabul qilingan “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi OʻRQ-701-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 7, 661-modda; 2022-yil, № 4, 340-modda, № 5, 465-modda; 2023-yil, № 2, 103-modda, № 3, 185-modda, № 7, 533-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1) 1-ilovaning 32-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
2) 2-ilovaning 86-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
5-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 23-fevral,
OʻRQ-912-son
