“Oʻzqurilishmateriallari” davlat konsernining “Ohangaronqurilishmateriallari” ishlab chiqarish birlashmasini Oʻrta Osiyo temir yoʻl boshqarmasiga berish toʻgʻrisida (472-son)
16.09.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻrta Osiyo Temir yoʻl boshqarmasining temir-beton buyumlarga, ayniqsa temir-beton shpallarga boʻlgan ehtiyojini uzluksiz taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻrta Osiyo Temir yoʻl boshqarmasining “Ohangaronqurilishmateriallari” ishlab chiqarish birlashmasini uning ixtiyoriga berish toʻgʻrisidagi “Oʻzqurilishmateriallari” davlat konserni bilan kelishilgan taklifi qabul qilinsin.
2. Oʻrta Osiyo Temir yoʻl boshqarmasi va “Oʻzqurilishmateriallari” davlat konserni birlashmani qabul qilish-topshirish boʻyicha belgilangan tartibda komissiya tuzsinlar. Qabul qilish-topshirish 1994-yil 1-iyuldagi balans boʻyicha amalga oshirilsin.
3. Oʻrta Osiyo Temir yoʻl boshqarmasi “Ohangaronqurilishmateriallari” ishlab chiqarish birlashmasiga uning oborot mablagʻlarni toʻldirish uchun Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan 1300 ming soʻmlik kreditning “Oʻzqurilishmateriallari” davlat konserniga toʻlanishini taʼminlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Kapital qurilish, transport va aloqa boʻlimiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 16-sentabr,
472-son
