Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berishda shifokorlarning mutaxassislik boʻyicha ish stajini hisoblab chiqarishda oʻzaro hisobga olinadigan turdosh mutaxassisliklar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida (3498-son)
22.02.2024
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 22-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3498]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 18-sentabrdagi 477-son “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berishda shifokorlarning mutaxassislik boʻyicha ish stajini hisoblab chiqarishda oʻzaro hisobga olinadigan turdosh mutaxassisliklar roʻyxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. XUDAYAROV
Toshkent sh.,
2024-yil 5-fevral,
4-son
Kelishildi:
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUChKAROV
2024-yil 1-fevral
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi K. RAFIKOV
2024-yil 10-yanvar
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. MUSAYEV
2024-yil 24-yanvar
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining 2024-yil 5-fevraldagi 4-son buyrugʻiga ILOVA
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berishda shifokorlarning mutaxassislik boʻyicha ish stajini hisoblab chiqarishda oʻzaro hisobga olinadigan turdosh mutaxassisliklar
ROʻYXATI
