Paxta tolasi va paxta tozalash sanoati chiqindilarini sotish narxlari toʻgʻrisida (461-son)
13.09.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, 1994-yil hosilidan boshlab “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasining paxta tolasi va paxta tozalash sanoati chiqindilari (lint, momiq, oʻlik paxta)ning barcha isteʼmolchilari bilan hisob-kitoblari Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi boʻyicha soʻmga aylantirilgan jahon narxlarida amalga oshiriladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 5 kun muddatda “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasining jahon narxlarida sotiladigan paxta tolasi va paxta tozalash sanoati chiqindilari uchun respublika budjeti bilan hisob-kitoblari tartibiga oʻzgartirishlar kiritsin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 13-sentabr,
461-son
