22-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini, Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarini tayinlash va ularni lavozimidan ozod etish
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-909-son) · Sana: 19.02.2024 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisi, Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarini lavozimlarga tayinlash uchun nomzodlarni Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Senatga taqdim etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini, Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalarining rahbarlarini tayinlash hamda ularni lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi masalani Senat oʻzining navbatdagi majlisida koʻrib chiqadi. Bu masalalar yuzasidan qarorlar Senat aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Senatning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini, Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalarining rahbarlarini tayinlash yoki ularni lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi qarorlari mazkur qarorlar qabul qilingan kundan eʼtiboran uch kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga yuboriladi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisi, Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalarining rahbarlarini lavozimlarga tayinlash uchun taqdim etilgan nomzodlar ovoz berish paytida Senat aʼzolari ovozlarining zarur sonini ololmasalar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Senat koʻrib chiqishi uchun shu nomzodlarni qaytadan taqdim etishi mumkin. Agar ular qayta rad etilsa, Senat koʻrib chiqishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan boshqa nomzodlar taqdim etiladi”;
11) VI boʻlimning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
