“10-modda. Qonunni imzolash va eʼlon qilish — Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-909-son)
“10-modda. Qonunni imzolash va eʼlon qilish
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-909-son) · Sana: 19.02.2024 · Amalda
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qonunni oltmish kun ichida imzolaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaytadan muhokama qilish va ovoz berishni oʻtkazish uchun qonunni oʻz eʼtirozlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli. Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda tegishincha Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan maʼqullansa, qonun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan oʻn toʻrt kun ichida imzolanishi va eʼlon qilinishi kerak.
Imzolangan qonun qonunda belgilangan tartibda eʼlon qilinishi kerak”.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi 432-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 213-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 4, 101-modda; 2014-yil, № 4, 86-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 9, 276-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda; 2019-yil, № 2, 47-modda, № 3, 162-modda, № 5, 261-modda, № 8, 468-modda, № 9, 588-modda; 2020-yil, № 8, 488-modda; 2021-yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 2-moddaning:
ikkinchi qismidagi “olti kishidan” degan soʻzlar “toʻrt kishidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “oʻn olti nafar aʼzosi” degan soʻzlar “toʻqqiz nafar aʼzosi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 6-moddaning oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Senat aʼzolari Senatda doimiy asosda ishlashlari mumkin. Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorlarning soni yigirma besh nafargacha boʻlgan miqdorda belgilanadi. Ular senatorlik vakolatlari davrida ilmiy, ijodiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishlari mumkin emas”;
3) 8-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Senat va Qonunchilik palatasining birgalikdagi vakolatlari quyidagilardan iborat:
1) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
2) Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonunlarini, qonunlarini qabul qilish, ularga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
3) xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilish;
4) Oʻzbekiston Respublikasining referendumini oʻtkazish toʻgʻrisida va uni oʻtkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish;
5) Oʻzbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash hamda davlat strategik dasturlarini qabul qilish;
6) Oʻzbekiston Respublikasi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud hokimiyati organlarining tizimini va vakolatlarini belgilash;
7) Oʻzbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarni tasdiqlash;
8) bojxona, valyuta va kredit ishlarini qonun yoʻli bilan tartibga solish;
9) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetini qabul qilish, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
10) Oʻzbekiston Respublikasi davlat qarzining eng yuqori miqdorini belgilash;
11) soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni joriy qilish;
12) Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy-hududiy tuzilishi masalalarini qonun yoʻli bilan tartibga solish, chegaralarini oʻzgartirish;
13) tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatish, ularning nomini hamda chegaralarini oʻzgartirish;
14) davlat mukofotlari va unvonlarini taʼsis etish;
15) Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasini tuzish;
16) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilini va uning oʻrinbosarini saylash;
17) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasiga hujum qilinganda yoki tajovuzdan bir-birini mudofaa qilish yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati tugʻilganda urush holati eʼlon qilish toʻgʻrisidagi farmonini tasdiqlash;
18) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik eʼlon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning amal qilishini uzaytirish yoki tugatish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash;
19) Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi har yilgi milliy maʼruzani eshitish;
20) parlament tekshiruvini oʻtkazish;
21) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish”;
4) 9-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Senatning mutlaq vakolatlari quyidagilardan iborat:
1) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini, Oliy sudini, Sudyalar oliy kengashini, respublika korrupsiyaga qarshi kurashish organining rahbarini va respublika monopoliyaga qarshi organining rahbarini saylash;
2) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi lavozimlariga nomzodlarni koʻrib chiqish hamda maʼqullash;
3) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taklif etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga nomzod yuzasidan maslahatlashuvlar oʻtkazish;
4) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarini tayinlash va ularni lavozimidan ozod etish;
5) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini tayinlash va uni lavozimidan ozod etish;
6) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklarni va boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini tuzish hamda tugatish toʻgʻrisidagi farmonlarini tasdiqlash;
7) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya toʻgʻrisidagi hujjatlarni qabul qilish;
8) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisining hisobotlarini eshitish;
9) Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi va xalqaro tashkilotlar huzuridagi diplomatik hamda boshqa vakolatxonalari rahbarlarining oʻz faoliyati masalalari boʻyicha hisobotlarini eshitish;
10) davlat organlarining mansabdor shaxslariga parlament soʻrovini yuborish va parlament nazoratining boshqa shakllarini amalga oshirish;
11) mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga oʻz faoliyatini amalga oshirishda koʻmaklashish;
12) mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining qarorlarini, ular qonunchilik normalariga muvofiq boʻlmagan taqdirda, bekor qilish;
13) Senat Raisini va uning oʻrinbosarlarini, qoʻmitalarning raislari va ularning oʻrinbosarlarini saylash;
14) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan Senat aʼzosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi masalalarni hal etish;
15) oʻz faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan bogʻliq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;
16) siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish;
17) Qonunchilik palatasi tarqatib yuborilgan davrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunlarni qabul qilishga doir vakolatlarini bajarish, bundan Konstitutsiya va konstitutsiyaviy qonunlar mustasno;
18) Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish”;
5) 10-moddaning yettinchi qismi “Bosh prokuror” degan soʻzlardan keyin “Markaziy bank boshqaruvi raisi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
6) 12-moddaning:
birinchi qismidagi “xoʻjalik boshqaruvi organlarining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
ikkinchi qismidagi “xoʻjalik boshqaruvi organlarining” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat organlarining mansabdor shaxslari tegishincha parlament soʻroviga, senator soʻroviga javobni Senat Reglamentida belgilangan tartibda va muddatlarda beradi. Parlament soʻroviga, senator soʻroviga javob oʻz nomiga soʻrov yuborilgan mansabdor shaxs yoki uning vazifalarini vaqtincha bajarayotgan shaxs tomonidan imzolanadi”;
toʻrtinchi qismidagi “davlat boshqaruvi organlarining” degan soʻzlar “respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7) 13-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ayni bir shaxs surunkasiga ikki muddatdan ortiq Senat Raisi boʻlishi mumkin emas”;
ikkinchi — beshinchi qismlari tegishincha uchinchi — oltinchi qismlar deb hisoblansin;
beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Senat Raisi yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan koʻprogʻining ovozi bilan qabul qilingan Senat qaroriga binoan muddatidan ilgari chaqirib olinishi mumkin”;
8) 14-moddaning birinchi qismi:
3-bandi “imzolash” degan soʻzdan keyin “va eʼlon qilish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
quyidagi mazmundagi 31-band bilan toʻldirilsin:
“31) Senat maʼqullagan qonunchilik tashabbusi tartibidagi qonunchilik takliflarini koʻrib chiqish uchun Qonunchilik palatasiga yuboradi”;
9) 15-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Senat Raisining oʻrinbosarlari yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan koʻprogʻining ovozi bilan qabul qilingan Senat qaroriga binoan muddatidan ilgari chaqirib olinishi mumkin”;
10) 18-modda birinchi qismining:
2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2) oʻzining vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan oʻz tashabbusi bilan va Senatning, Senat Kengashining topshirigʻiga binoan Senat hujjatlari loyihalarini, qonunchilik takliflarini ishlab chiqadi”;
41-bandidagi “hukumat aʼzolarining” degan soʻzlar “davlat organlari rahbarlarining” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
7-bandi oʻzbekcha matnidagi “oʻzgartish” degan soʻz “oʻzgartirish” degan soʻz bilan almashtirilsin;
8-bandidagi “xoʻjalik boshqaruvi organlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
9-bandidagi “xoʻjalik boshqaruvi organlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
11) IV boʻlimning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
O'qish oynasida ochishRangli belgilar, qaydlar, qidiruv va tanlangan matn bo'yicha test bilan.
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: “10-modda. Qonunni imzolash va eʼlon qilish Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (O‘RQ-909-son). neolex.uz/uz/laws/law-6804079/10 (lex.uz/docs/-6804077)