9-modda. Korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik prinsipi
Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida (O‘RQ-907-son) · Sana: 14.02.2024 · Amalda
Davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik quyidagilarni taʼminlash orqali amalga oshiriladi:
manfaatlar toʻqnashuviga olib kelishi mumkin boʻlgan asoslarni bartaraf etish;
davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida davlat organlari, jismoniy va nodavlat yuridik shaxslar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning masofaviy shakllarini keng joriy etish;
davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida talabgorlar uchun teng shart-sharoitlar yaratish;
davlat mulkini xususiylashtirish tartib-taomillarini ushbu Qonunda belgilangan talablarga muvofiq bajarish.
