1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qoʻllanilish sohasi
Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida (O‘RQ-907-son) · Sana: 14.02.2024 · Amalda
Ushbu Qonunning maqsadi davlat mulkini xususiylashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Davlat mulkini sud hujjatlari asosida realizatsiya qilish, davlat uy-joy fondini xususiylashtirish, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish (bundan davlat mulkiy majmualarini (korxonalarni), binolar va inshootlarni, qurilishi tugallanmagan obyektlarni yer uchastkalari bilan birga xususiylashtirish mustasno) Oʻzbekiston Respublikasining alohida qonunlari bilan tartibga solinadi.
Kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududida joylashgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini xususiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasining alohida qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
