“Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar, shuningdek kuchli taʼsir qiluvchi va zaharli moddalarning qonunga xilof ravishda muomalasiga qarshi kurashishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1111-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (3961-IV-son)
30.01.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2023-yil 27-dekabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar, shuningdek kuchli taʼsir qiluvchi va zaharli moddalarning qonunga xilof ravishda muomalasiga qarshi kurashishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1111-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini ikki oy ichida maromiga yetkazsin va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 30-yanvar,
3961-IV-son
