“Mamlakatimizda dori vositalari va tibbiy buyumlarning ulgurji hamda chakana savdosi holati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi A. Xudayarovning javobi haqida (3943-IV-son)
23.01.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Mamlakatimizda dori vositalari va tibbiy buyumlarning ulgurji hamda chakana savdosi holati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻroviga Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi A. Xudayarov tomonidan yuborilgan yozma javob maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari qoʻmitasiga farmatsevtika sohasidagi qonun hujjatlarining ijro etilishi yuzasidan doimiy parlament nazoratini amalga oshirish topshirilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 23-yanvar,
3943-IV-son
