“Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi QL-1077-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (3904-IV-son)
17.01.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamentining 146-moddasiga muvofiq “Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi QL-1077-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi maromiga yetkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasiga qaytarilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va Qonunchilik palatasi muhokamasiga qaytadan ikkinchi oʻqishda kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spiker N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 17-yanvar,
3904-IV-son
