“Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga mahalliy zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1076-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (3893-IV-son)
15.01.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 12-dekabrda birinchi oʻqishda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 483-moddasiga mahalliy zargarlik buyumlarini ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1076-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqishga doir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasining taklifi maʼqullansin.
2. Mazkur qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2024-yil 15-yanvar,
3893-IV-son
