“Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish yanada rivojlantirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida (SQ-854-IV-son)
19.01.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 26-dekabr kuni qabul qilingan “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish yanada rivojlantirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish yanada rivojlantirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Mazkur Qonunni amalga oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni yanada rivojlantirishga doir tadbirlar rejasi tasdiqlansin hamda Qonun rasmiy eʼlon qilingandan keyin ijroga qaratilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Orolboʻyi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qoʻmitasi mazkur Qonunni amalga oshirishga doir tadbirlar rejasi oʻz vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2024-yil 19-yanvar,
SQ-854-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2024-yil 19-yanvardagi SQ-854-IV-sonli qarori bilan TASDIQLANGAN
“Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish yanada rivojlantirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni yanada rivojlantirishga doir
TADBIRLAR REJASI
T/r Tadbir nomi Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddati Masʼul ijrochi I. Amaldagi qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish va yangi normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish 1. Sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish maqsadida qayta koʻrib chiqish. 1.1. Normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish. 1.2. Zaruratga koʻra, tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish hamda kelishish uchun manfaatdor vazirlik va idoralarga kiritish. 1.3. Tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasi, Energetika vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi 2. “Yashil energiya” sertifikatlarini berish va muomalaga kiritish tartibini belgilab beruvchi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish. 2.1. Normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish. 2.2. Tegishli hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng bir oy muddatda Energetika vazirligi 3. Sanoat korxonalari va ijtimoiy soha obyektlarida QTEM qurilmalarini oʻrnatish tartibini ishlab chiqish. 3.1. Sanoat korxonalari va ijtimoiy soha obyektlarida QTEM qurilmalarini oʻrnatish tartibini ishlab chiqish. 3.2. Sanoat korxonalari va ijtimoiy soha obyektlarida QTEM qurilmalarini oʻrnatish tartibini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish hamda tasdiqlash. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasi, Energetika vazirligi 4. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) texnologiyalari va materiallarini yaratishga doir ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlanmalarini maqsadli moliyalashtirishning huquqiy bazasini ishlab chiqish. 4.1. QTEM texnologiyalari va materiallarini yaratishga doir ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlanmalarini tanlovlarsiz maqsadli moliyala�tirish boʻyicha qonunchilikka oʻzgartirish kiritishga oid masalani oʻrganish; 4.2. Taklif-tavsiyalar tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng toʻrt oy muddatda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Fanlar akademiyasi II. Energiya barqarorligini taʼminlash, QTEM va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, sohani yanada qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrish 5. QTEM sohasida malakali, oliy va oʻrta maʼlumotli, shuningdek, xizmat koʻrsatuvchi kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish. 5.1. Sohada malakali, oliy va oʻrta malakali, shuningdek, xizmat koʻrsatuvchi kadrlarga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish hamda prognozlashtirish. 5.2. Oliy malakali, shuningdek, xizmat koʻrsatuvchi kadrlar tayyorlanish holatini tahlil qilish. 5.3. Tahlillar natijalariga koʻra sohada kadrlar tayyorlash boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch oy muddatda Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi, Energetika vazirligi 6. QTEM obyektlarida foydalaniladigan qurilmalar, butlovchi va ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish choralarini koʻrish. 6.1. QTEM qurilmalari, butlovchi va ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish masalasini oʻrganish boʻyicha yetuk olimlar, mutaxassis va amaliyotchilardan iborat Ekspertlar guruhini tashkil etish. 6.2. QTEM qurilmalari, butlovchi va ehtiyot qismlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish boʻyicha taklif-tavsiyalarni tayyorlash. 6.3. Takliflarni Vazirlar Mahkamasi va mutasaddi tashkilotlarga taqdim etish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng toʻrt oy muddatda Energetika vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari 7. Mavjud ilmiy salohiyatni birlashtiruvchi qisqa va uzoq muddatli ilmiy-tadqiqot hamda tajriba konstruktorlik ishlanmalarini amalga oshirish uchun maqsadli ilmiy dasturlar ishlab chiqish. 7.1. Amaldagi ilmiy salohiyatni birlashtiruvchi qisqa va uzoq muddatli ilmiy-tadqiqot hamda tajriba konstruktorlik ishlanmalarini tahlil qilish; 7.2. Ilmiy salohiyatni birlashtiruvchi qisqa va uzoq muddatli ilmiy dasturlar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng toʻrt oy muddatda Fanlar akademiyasi, Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi 8. Energoservis korxonalarini tashkil etish choralarini koʻrish. 8.1. Energoservis korxonal�riga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqish; 8.2. Energoservis korxonalari uchun kadrlar tayyorlash boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etish; 8.3. Energoservis korxonalarini tashkil etish boʻyicha manzilli dastur ishlab chiqish va tasdiqlash. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch oy muddatda Energetika vazirligi, Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari 9. Hududlar tabiiy-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, (landshaft, yaylovlar, flora va faunaga zarar yetkazmagan holda) QTEM uskunalarini oʻrnatishning maqbul xaritasini ishlab chiqish. 9.1. Hududlar tabiiy-iqlim sharoitlarini oʻrganish; 9.2. Hududlar tabiiy-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, (landshaft, yaylovlar, flora va faunaga zarar yetkazmagan holda) QTEM uskunalarini oʻrnatish xaritasi talablarini ishlab chiqish; 9.3. Hududlar tabiiy-iqlim sharoitlaridan kelib chiqib, (landshaft, yaylovlar, flora va faunaga zarar yetkazmagan holda) QTEM uskunalarini oʻrnatishning maqbul xaritasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng toʻrt oy muddatda Energetika vazirligi, Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari 10. QTEM elektron chiqindilarini toʻplash, saralash va utilizatsiya qilish ishlarini tashkil etish. 10.1. Elektron chiqindilarni toʻplash, saralash, utilizatsiya qilish tartibini ishlab chiqish; 10.2. Tartib loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng uch oy muddatda Energetika vazirligi, Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi III. Qonunni ijrochilarga yetkazish va tushuntirish boʻyicha tadbirlar oʻtkazish 11. Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati yuzasidan aholi oʻrtasida keng tushuntirish ishlarini olib borish hamda OAVlarida chiqishlar qilish. 11.1. Reja-grafik ishlab chiqish va tasdiqlash. Qonun rasmiy eʼlon qilingandan soʻng bir hafta muddatda Energetika vazirligi, OʻzA, MTRK, Soliq qoʻmitasi, Adliya vazirligi 11.2. Reja-grafik asosida tushuntirish ishlarini amalga oshirish. Reja-grafik asosida
