Qashqadaryo viloyatida aholi salomatligini muhofaza qilish hamda sogʻliqni saqlash tizimini yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-67-son)
09.02.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Qashqadaryo viloyatida aholiga tibbiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish, kasalliklarni barvaqt aniqlash va oldini olish, tibbiy xizmatlarni aholiga yaqinlashtirish va ularning sifatini oshirish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar Qashqadaryo viloyatida sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirishning asosiy ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
aholi orasida surunkali kasalliklarni erta aniqlash maqsadida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tomonidan profilaktik koʻriklar va skrining dasturlari koʻlamini kengaytirish;
ortiqcha vazndan xalos boʻlish, toʻgʻri ovqatlanish tamoyillariga rioya etish, jismoniy faollikni oshirish, infarkt, insult, qandli diabet, onkologik va boshqa kasalliklarning oldini olish;
aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarni yaqinlashtirish, viloyat darajasida 40 turdagi va tuman darajasida 20 turdagi yangi davolash va diagnostika usullarini amaliyotga joriy qilish;
kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimi sifatini oshirish, tibbiyot xodimlariga boʻlgan ehtiyojni qondirish, jumladan, olis va chekka hududlardagi vakant oʻrinlarni malakali kadrlar bilan butlash;
aholi va tibbiyot tashkilotlarini sifatli va xavfsiz dori vositalari, tibbiy buyumlar bilan taʼminlash;
tibbiyot tizimini raqamlashtirish.
2. Quyidagilar:
2024 — 2026-yillarda Qashqadaryo viloyatida sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
2024 — 2026-yillarda Qashqadaryo viloyati tibbiyot muassasalarini zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash dasturi 2 va 2a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda bir oy muddatda aholi orasida toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish boʻyicha quyidagilarni amalga oshirsin:
aholi orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, ularning oʻz sogʻligi uchun javobgar ekanligi yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish;
yoshi, tana tuzilishi, turmush tarzi va kasalliklarga moyilligidan kelib chiqib, kattalar va keksalar uchun toʻgʻri ovqatlanish, sogʻlomlashtirish mashqlari va gigiyena qoidalari toʻplamini yaratish;
aholining har bir xavf guruhi va kasallik turlari uchun parhez ovqatlanishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqish;
maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Shaxsiy gigiyena va jismoniy tarbiya asoslari” mashgʻulotlarini, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquv rejalariga “Salomatlik saboqlari” mavzularini kiritish orqali bolalarda sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalarini hosil qilish;
sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, yuqumli boʻlmagan kasalliklar va ularning xavf omillariga qarshi kurashish hamda oldini olish boʻyicha maxsus turkum dasturlar ishlab chiqish hamda ommaviy axborot vositalarida targʻib qilish.
Bunda, sogʻlom turmush tarzining ahamiyati, dori vositalarini hamda oʻzini oʻzi nazorat qilish vositalarini qoʻllashga oid maxsus koʻrsatuvlar, ijtimoiy reklamalar va roliklarning muntazam namoyishi yoʻlga qoʻyilsin.
4. Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari:
a) 2024-yil 1-aprelga qadar birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining barcha tibbiyot brigadalari xodimlarini aholining xavf guruhini aniqlash hamda ularni yurak-qon tomir, qandli diabet va onkologik kasalliklarni erta aniqlash boʻyicha skriningdan oʻtkazish yuzasidan malakasini oshirish choralarini koʻrsin.
Bunda, tegishli respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tavsiyalari asosida Salomatlik va strategik rivojlanish instituti tomonidan skrining dasturlarini amalga oshirish boʻyicha oʻquv kurslari tashkil etiladi;
b) tibbiyot muassasalaridagi mavjud vakant shifokor oʻrinlariga tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining bitiruvchi kurs talabalarini ishga qabul qilish boʻyicha joriy etilgan tajriba-sinov loyihasini 2024-2025-yillarda barcha hududlarda davom ettirish choralarini koʻrsin;
v) Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab respublikaning barcha tibbiyot oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 5 yil ishlab berish sharti bilan alohida davlat buyurtmasi joriy etilishini taʼminlasin.
5. Belgilansinki, 2024-yil 1-maydan boshlab Qashqadaryo viloyatida onkologik kasalliklarni erta bosqichda aniqlagan tibbiyot brigadalari har bir aniqlangan holat uchun Tibbiyot muassasalarining moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan 2 million soʻm miqdorida ragʻbatlantiriladi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 1-martga qadar onkologik kasalliklarni erta bosqichda aniqlagan tibbiyot brigadalarini ragʻbatlantirish tartibini tasdiqlasin.
6. Sogʻliqni saqlash vazirligi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
2024-yil 1-martdan boshlab Qashqadaryo viloyati sogʻliqni saqlash tizimidagi tashkilotlarning mavjud quvvatlari doirasida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo viloyati filialining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan saqlanadigan oʻrin-joylar sonini 220 tadan 300 taga oshirish;
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga qarashli Qarshi temir yoʻl shifoxonasining bino, inshootlari, tibbiy texnika va jihozlarini Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo viloyati filialiga begʻaraz oʻtkazish orqali ularni birlashtirish.
Bunda, Qarshi temir yoʻl shifoxonasiga amalda biriktirilgan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ xodimlari va ularning oila aʼzolariga tibbiy xizmat koʻrsatish (davlat tomonidan kafolatlangan bepul xizmatlar bundan mustasno) “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va tibbiyot muassasasi oʻrtasida tuziladigan shartnoma asosida Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimi muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
7. Qashqadaryo viloyati hokimligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining quyidagi takliflari maʼqullansin:
a) Qarshi shahar tugʻuruq kompleksi oʻrnida 200 oʻrin-joyli yangi tugʻuruq kompleksini qurish.
Bunda, yangi tugʻuruq kompleksi:
Sogʻliqni saqlash vazirligining texnik topshirigʻiga asosan xususiy tadbirkor tomonidan zamonaviy talablar asosida loyihalashtiriladi, quriladi va zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlanadi;
qurilish ishlari toʻliq yakunlangandan soʻng Sogʻliqni saqlash vazirligi balansiga oʻtkazib beriladi;
b) Qarshi shahrida Qashqadaryo viloyati sogʻliqni saqlash tizimidagi tashkilotlarning mavjud quvvatlari doirasida 50 oʻringa moʻljallangan ogʻir gematologik, onkologik va klinik immunologik kasalliklar bilan xastalangan bemorlarga palliativ yordam koʻrsatuvchi hududlararo xospis tashkil etish.
Bunda:
xospisni qurish va uni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar Qashqadaryo viloyati mahalliy budjeti, zarur tibbiy uskunalar bilan jihozlash Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
xospis faoliyatini tashkil etish va uni saqlash bilan bogʻliq masalalar Samarqand, Fargʻona, Xorazm viloyatlarida va Toshkent shahrida tashkil etilgan hududlararo xospislar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda Qarshi shahri, A.Navoiy koʻchasi, 79-uy manzilida joylashgan yer maydonini Qashqadaryo viloyati hokimligi zaxirasiga oʻtkazib berilishini taʼminlasin.
8. Sogʻliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Qashqadaryo viloyati hokimligining Qarshi shahrida yangi koʻp tarmoqli tibbiyot markazini va Beshkent shahrida yangi shifoxonani qurish hamda ularni jihozlash uchun Quvayt arab iqtisodiy rivojlanish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — QAIRJ) mablagʻlarini jalb etish haqidagi takliflari maʼqullansin.
Yangi quriladigan tibbiyot markazi va shifoxona konsepsiyalari Birlashgan Millatlar Tashkilotining Loyihalarga xizmat koʻrsatish boʻyicha boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — UNOPS) tomonidan ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasiga, istisno tariqasida, Qarshi shahrida yangi koʻp tarmoqli tibbiyot markazini va Beshkent shahrida yangi shifoxonani qurish hamda ularni jihozlash uchun loyiha hujjatlarini ishlab chiqish maqsadida UNOPS guruhi bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma tuzishga rozilik berilsin va unda nazarda tutilgan shartlarga muvofiq moliyalashtirish taʼminlansin.
Bunda, Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi xarajatlari keyinchalik Sogʻliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan QAIRJ mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari, xorijiy davlatlar moliyaviy tashkilotlari mablagʻlarini jalb etish boʻyicha qarz kelishuvi imzolanganidan hamda ushbu loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslari tasdiqlangandan soʻng, QAIRJ qarzi hisobidan bir martalik toʻlov bilan qoplanadi.
9. Sogʻliqni saqlash vazirligi oʻrnatilgan tartibda loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish, ekspertizadan oʻtkazish va tasdiqlash uchun kiritish choralarini koʻrsin.
10. Sogʻliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda Qarshi shahri va Kitob tumanida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida infarkt va insult kasalligi asoratlarini davolash, protezlash jarrohligidan soʻng tiklanish hamda suyak-mushak tizimi kasalliklari mavjud bemorlarni maxsus davolash muolajalarini amalga oshirishga ixtisoslashtirilgan reabilitatsiya markazini tashkil etish boʻyicha tender savdolarini eʼlon qilsin.
Belgilansinki, reabilitatsiya markazida imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) orqali qoplab beriladi.
11. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq, 2024-yil 1-iyuldan boshlab Qashqadaryo viloyati sogʻliqni saqlash tizimidagi viloyat darajasidagi shifoxonalar faoliyatini moliyalashtirish uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar (kapital qoʻyilmalar, fan va ilmiy izlanishlar, emlash va boshqa maqsadli dasturlar uchun ajratiladigan mablagʻlar bundan mustasno):
Jamgʻarmaning alohida shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga xarajatlar tasnifining bir satrida oʻtkazib beriladi;
Jamgʻarma bilan tuzilgan shartnomalar asosida yoʻnaltiriladi. Bunda ularga ajratiladigan mablagʻlarning 10 foizidan kam boʻlmagan qismi, 2024-yil 1-oktabrdan boshlab 15 foizidan kam boʻlmagan qismi har bir davolangan holatlar soni hamda bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqib belgilanadi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi 2024-yil 1-iyunga qadar har bir davolangan holatlar soni hamda bajarilgan ishlar hajmidan kelib chiqib moliyalashtirishni joriy qilish uchun zarur klinik xarajatlar guruhlarini ishlab chiqsin.
12. Mazkur qarorning 2, 2a va 3-ilovalarida nazarda tutilgan tibbiyot muassasalarini zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan taʼminlash Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan xalqaro tashkilotlarning mablagʻlarini jalb qilish doirasida amalga oshiriladi.
13. Sogʻliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Qashqadaryo viloyati hokimi M.B. Azimov hamda sogʻliqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi A.A. Xudayarov belgilansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 9-fevral,
PQ- 67-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-fevraldagi PQ-67-son qaroriga 1-ILOVA
2024 — 2026-yillarda Qashqadaryo viloyatida sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish boʻyicha
QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR DASTURI
T/rChora-tadbirlar nomiAmalga oshirish mexanizmiAmalga oshirish muddatlariMoliyalash-tirish manbasiMasʼul ijrochilarI. Davolash, shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmatlarining sifati va samaradorligini oshirish1.Viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazida buyrak transplantatsiyasi amaliyotlarini joriy etish.1. 32 nafar malakali mutaxassislardan iborat guruhni Rossiya, Belarus, Hindiston davlatlari va respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida malaka oshirishini taʼminlash.2. Viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazida respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari mutaxassislari va chet ellik mutaxassislar ishtirokida master-klasslar tashkil etish.3. Buyrak transplantatsiyasi amaliyotlarini viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazida mustaqil yoʻlga qoʻyish.2024 — 2026-yillarTibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi(E. Adilov),Qashqadaryo viloyati hokimligi(M. Azimov)2.Tez tibbiy yordam avtotransport vositalariga radioaloqa vositalarini oʻrnatish.284 ta tez tibbiy yordam avtomobillari uchun radiostansiya, 1 ta trankingli baza stansiyasi, 16 ta baza retranslyatori, 5 ta statsionar trankingli radiostansiya va 5 ta portativ trankingli radiostansiya xarid qilish.2024 — 2026-yillarMahalliy budjet mablagʻlari(7,5 mlrd soʻm)Qashqadaryo viloyati hokimligi(M. Azimov),Sogʻliqni saqlash vazirligi(A. Xudayarov)II. Kasalliklar profilaktikasi, tibbiy koʻrik va skrining dasturlari samaradorligini oshirish3.45 — 65 yoshli ayollarda koʻkrak bezi saratonini aniqlash.Ayollarda koʻkrak bezi saratonini erta aniqlash maqsadida:2024-yilda 370 ming nafar;2025-yilda 390 ming nafar;2026-yilda 395 ming nafar ayollarni skriningdan oʻtkazish.2024 — 2026-yillarDavlat budjeti mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi(A. Xudayarov),Qashqadaryo viloyati hokimligi(M. Azimov)4.35 — 55 yoshli ayollar orasida bachadon boʻyni saratoni kasalligini aniqlash.Ayollarda bachadon boʻyni saratonini erta aniqlash maqsadida:2024-yilda 400 ming nafar;2025-yilda 410 ming nafar;2026-yilda 455 ming nafar ayollarni skriningdan oʻtkazish.2024 — 2026-yillarDavlat budjeti mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi(A. Xudayarov),Qashqadaryo viloyati hokimligi(M. Azimov)5.15 — 49 yoshli tugʻish yoshidagi ayollarni profilaktik tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, kasallik aniqlanganlarini sogʻlomlashtirish ishlarini olib borish.Tugʻish yoshidagi ayollar salomatligini muhofaza qilish, ekstragenital kasalliklarni erta bosqichda aniqlash va sogʻlomlashtirish maqsadida:2024-yilda 925 ming nafar;2025-yilda 935 ming nafar;2026-yilda 940 ming nafar tugʻish yoshidagi ayollarni profilaktik tibbiy koʻrikdan oʻtkazish.2024 — 2026-yillarDavlat budjeti mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi(A. Xudayarov),Qashqadaryo viloyati hokimligi(M. Azimov)6.Aholi orasida tuberkulyoz kasalligini erta aniqlash maqsadida xavf guruhiga mansub aholini flyuorografik tekshiruvdan oʻtkazish.Xavf guruhiga mansub aholi orasida tuberkulyoz kasalligini erta aniqlash maqsadida:2024-yilda 270 ming nafar;2025-yilda 275 ming nafar;2026-yilda 285 ming nafar aholini flyuorografik skrining tadbirlari bilan qamrab olish.2024 — 2026-yillarDavlat budjeti mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi(A. Xudayarov),Qashqadaryo viloyati hokimligi(M. Azimov)7.18 — 40 yoshli aholini tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, salomatlik holatini aniqlash.2024-yilda 1 300 ming nafar;2025-yilda 1 400 ming nafar;2026-yilda 1 500 ming nafar 18 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan aholini profilaktik koʻrikdan oʻtkazish.2024 — 2026-yillarDavlat budjeti mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi(A. Xudayarov),Qashqadaryo viloyati hokimligi(M. Azimov)III. Tibbiy taʼlim, malaka oshirish va kadrlar taʼminoti8.Tibbiyot muassasalaridagi vakant oʻrinlarni oliy taʼlim tashkilotlarini bitirgan mutaxassislar bilan taʼminlash.2024-yilda 225 nafar;2025-yilda 254 nafar;2026-yilda 271 nafar bakalavr va klinik-ordinatura bitiruvchilarini ishga qabul qilish.2024 — 2026-yillar-Sogʻliqni saqlash vazirligi(A. Xudayarov),Qashqadaryo viloyati hokimligi(M. Azimov)9.Tibbiyot birlashmalaridan 2 nafardan mutaxassislarni nufuzli chet el klinikalarida malaka oshirishini taʼminlash.Har yili 32 nafardan mutaxassislar roʻyxatini shakllantirish va malaka oshirishga yuborish.2024 — 2026-yillarTibbiyotni rivojlantirish davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi(A. Xudayarov),Qashqadaryo viloyati hokimligi(M. Azimov)IV. Moddiy-texnik bazani takomillashtirish10.Qashqadaryo viloyatidagi tuman va shahar tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlash.Tuman va shahar tibbiyot muassasalarini 135 turdagi 2 564 ta zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan taʼminlash.2024 — 2027 yillarXalqaro moliya institutlari mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi(O. Omonov),Qashqadaryo viloyati hokimligi(M. Azimov)11.Koʻkdala tumanida 60 oʻrinli tugʻuruq majmuasini qurish va jihozlash.1. 2025-yilda obyektni ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish.2. Obyektning loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, tender savdolarini oʻtkazish, qurilish-taʼmirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirish.2025-2026-yillarDavlat budjeti mablagʻlariSogʻliqni saqlash vazirligi(O. Omonov),Qashqadaryo viloyati hokimligi(M. Azimov),Iqtisodiyot va moliya vazirligi(O. Fazilkarimov)V. Ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlarni rivojlantirish12.Viloyat va tuman (shahar) muassasalariga yangi yuqori texnologik amaliyotlarni tatbiq etish.Viloyat darajasidagi 40 turdagi hamda tuman (shahar) darajasida 20 turdagi yangi yuqori texnologik amaliyotlarni tatbiq etish.2024 — 2026-yillarMahalliy budjet mablagʻlariQashqadaryo viloyati hokimligi(M. Azimov),Sogʻliqni saqlash vazirligi(D. Sultanov)13.Viloyat koʻp tarmoqli tibbiyot markazi allergologiya boʻlimida yangi tashxislash va davolash usullarini joriy etish.1. Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining viloyat filialida 20 turdagi tashxislash-davolash allergenlarini xarid qilish.2. Allergenlardan foydalanish boʻyicha tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish.3. Allergenlar yordamida allergik kasalliklar diagnostikasi va davolashga etiologik yondashuvlarni taʼminlash.2024-yil davomidaMahalliy budjet mablagʻlari(100 mln soʻm)Qashqadaryo viloyati hokimligi(M. Azimov),Sogʻliqni saqlash vazirligi(D. Sultanov)14.Aholi orasida yurak-qon tomir kasalliklarini erta aniqlash va ularning asoratlarini oldini olish.1. 40 va undan katta yoshdagi 960 ming nafar aholini Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining PEN-protokoliga asosan skriningdan oʻtkazish.2. Skriningdan oʻtgan aholi orasida yurak-qon tomir kasalliklari xavf-stratifikatsiyasini baholash.3. Xavf omillaridan kelib chiqib aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish.2024-yil davomidaRespublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyati filiali mablagʻlari(45 mln soʻm)Qashqadaryo viloyati hokimligi(M. Azimov),Sogʻliqni saqlash vazirligi(D. Sultanov)16.Qarshi shahrida 50 oʻrinli xospis tashkil etish.Qarshi shahrida Qashqadaryo viloyati sogʻliqni saqlash tizimidagi tashkilotlarning mavjud quvvatlari doirasida 50 oʻringa moʻljallangan ogʻir gematologik, onkologik va klinik immunologik kasalliklar bilan xastalangan bemorlarga palliativ yordam koʻrsatuvchi hududlararo xospis tashkil etish.2024 — 2026-yillarMahalliy budjet mablagʻlariQashqadaryo viloyati hokimligi(M. Azimov),Sogʻliqni saqlash vazirligi(A. Xudayarov)VI. Toʻgʻri ovqatlanish, sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va jismoniy faollikni oshirish17.Mahallalarda “Salomatlik maktabi” faoliyatini shakllantirish.819 ta MFYda tashkil etilgan “Salomatlik maktabi” aʼzolari bilan sogʻlom ovqatlanish asoslari, jismoniy faollik, zararli odatlarga qarshi kurashish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish boʻyicha seminar oʻtkazish.2024 — 2026-yillarMahalliy budjet mablagʻlariQashqadaryo viloyati hokimligi(M. Azimov),Sogʻliqni saqlash vazirligi(A. Xudayarov)18.“Sogʻlom ovqatlanish yarmarkasi” tadbirlarini oʻtkazish, aholi oʻrtasida toʻgʻri ovqatlanish tamoyillari boʻyicha targʻibot ishlarini olib borish.1. Tibbiyot xodimlari tomonidan mahalla guzarlarida, aholi koʻp toʻplanadigan manzillarda (bozor, supermarket, xiyobon, park, sayilgoh, korxona va tashkilot) “Sogʻlom ovqatlanish yarmarkasi”ni oʻtkazish.2. Aholiga oziq-ovqat mahsulotlarining organizmga ijobiy va salbiy taʼsiri toʻgʻrisida maʼlumotlar berish, interaktiv oʻyinlar oʻtkazish.2024 — 2026-yillarMahalliy budjet mablagʻlariQashqadaryo viloyati hokimligi(M. Azimov),Sogʻliqni saqlash vazirligi(A. Xudayarov)VII. Xususiy tibbiyotni rivojlantirish, davlat-xususiy sheriklik loyihalarini kengaytirish19.Xususiy tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etish va kengaytirish.Viloyatda kamida 70 ta xususiy tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etish.2024 — 2026-yillarXususiy investor va bank kredit mablagʻlariQashqadaryo viloyati hokimligi(M. Azimov),Sogʻliqni saqlash vazirligi(A. Xudayarov)20.Viloyat perinatal markazining sobiq binosining bir qismida davlat-xususiy sheriklik asosida 150 oʻrinli tugʻuruqxona, tibbiy tashxis qoʻyish va sogʻlomlashtirish markazi tashkil qilish.1. Viloyat perinatal markazi sobiq binosining foydalanilmayotgan qismidan davlat-xususiy sheriklik asosida foydalanish uchun shartnomani tuzish.2. Shartnoma asosida binoni 30 yil muddatga ijaraga berish.2024-yil davomidaXususiy investor va bank kredit mablagʻlariQashqadaryo viloyati hokimligi(M. Azimov),Sogʻliqni saqlash vazirligi(A. Xudayarov)21.Qarshi shahrida davlat-xususiy sheriklik asosida tibbiyot universitetini tashkil etish.1. Xususiy sheriklikka salohiyatli mahalliy va xorijiy tadbirkorlarni jalb qilish.2. Tibbiyot universiteti uchun bino, yer maydonlarini ajratish.2024-2025-yillarXususiy investor va bank kredit mablagʻlariQashqadaryo viloyati hokimligi(M. Azimov),Sogʻliqni saqlash vazirligi(A. Xudayarov)VIII. Tibbiyotni raqamlashtirish22.Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarini zarur kompyuter texnikalari bilan taʼminlash.Tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarini 3 487 ta kompyuter texnikalari bilan taʼminlash. Bunda, ushbu texnikalar quyidagi manbalar asosida xarid qilinadi:970 ta kompyuter jamlanmasi — mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan;2 517 ta kompyuter jamlanmasi — respublika budjeti, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlari hisobidan.2024 — 2026-yillarRespublika budjeti, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablagʻlari, mahalliy budjet mablagʻlariQashqadaryo viloyati hokimligi(M. Azimov),Sogʻliqni saqlash vazirligi(A. Xudayarov)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-fevraldagi PQ-67-son qaroriga 2-ILOVA
2024 — 2026-yillarda Qashqadaryo viloyati tibbiyot muassasalarini zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash dasturi
QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 9-fevraldagi PQ-67-son qaroriga 2a-ILOVA
2024 — 2026-yillarda Qashqadaryo viloyati tibbiyot muassasalarini zarur tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash
dasturi
