“Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida (SQ-816-IV-son)
24.11.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 15-avgust kuni qabul qilingan “Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. “Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullansin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Toshkent sh.,
2023-yil 24-noyabr,
SQ-816-IV-son
