“Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-1-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida”gi QL-1056-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (“Intellektual mulkni ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 12-1-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida”) (3830-IV-son)
25.12.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 10-oktabrda birinchi oʻqishda qabul qilingan “Intellektual mulkni ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 121-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida”gi QL-1056-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasini “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 121-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish haqida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqishga doir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining taklifi maʼqullansin.
2. Mazkur qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi kun tartibi loyihasiga kiritilsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 25-dekabr,
3830-IV-son
