Aholiga sotiladigan koʻmir, tabiiy va suyultirilgan gaz uchun shartnomaviy (erkin) narxlarga oʻtish toʻgʻrisida (454-son)
08.09.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Koʻmir, tabiiy va suyultirilgan gazni qazib olish, ishlab chiqarish, tashish xarajatlarining qimmatlashganligi munosabati bilan hamda tegishli tarmoqlarning barqaror ishlashini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1994-yilning 1-oktabridan boshlab aholiga sotiladigan koʻmir, tabiiy va suyultirilgan gaz uchun shartnomaviy (erkin) narxlarga oʻtilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari aholiga sotiladigan koʻmir, tabiiy va suyultirilgan gaz uchun narxlarning asoslangan holda shakllantirilishi ustidan nazorat oʻrnatsinlar.
5. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 27-yanvardagi 45-son va 1994-yil 30-maydagi 273-son qarorlarining koʻmir hamda tabiiy va suyultirilgan gazning cheklangan chakana narxlari va tariflariga doir qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 8-sentabr,
454-son
