Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil ikkinchi yarim yilligidagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining 2023-yil ikkinchi yarim yilligiga moʻljallangan ish rejalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (3838-IV-son)
25.12.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil ikkinchi yarim yilligidagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining 2023-yil ikkinchi yarim yilligiga moʻljallangan ish rejalarida belgilangan ayrim tadbirlarning bajarilish muddatlarining qayta koʻrib chiqilishini taqozo etmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining takliflarini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi, Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi hamda Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasining tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil ikkinchi yarim yilligidagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari va Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining 2023-yil ikkinchi yarim yilligiga moʻljallangan ish rejalarida nazarda tutilgan ayrim tadbirlar ijrosini 2024-yilga koʻchirish, shuningdek ayrim tadbirlarni amalga oshirish oʻz dolzarbligini yoʻqotganligi toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2023-yil 28-avgustda qabul qilingan 3464-IV-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil ikkinchi yarim yilligidagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2023-yil, № 8, 708-modda) 12, 57, 58, 59, 60, 86 va 88-bandlari chiqarib tashlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2023-yil 28-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining 2023-yil ikkinchi yarim yilligiga moʻljallangan ish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 3465-IV-sonli Qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2023-yil, № 8, 709-modda) quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:
1-ilovaning 8-bandi chiqarib tashlansin;
6-ilovaning 10, 12-bandlari chiqarib tashlansin;
10-ilovaning 6, 10-bandlari chiqarib tashlansin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi hamda Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi tegishincha:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2023-yil ikkinchi yarim yilligidagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarining 12, 57, 86 va 88-bandlarida nazarda tutilgan tadbirlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2024-yil birinchi yarim yilligidagi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari loyihasiga;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2023-yil 28-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining 2023-yil ikkinchi yarim yilligiga moʻljallangan ish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 3465-IV-sonli Qarori 6-ilovasining 10, 12-bandlarida, 10-ilovasining 6, 10-bandlarida nazarda tutilgan tadbirlarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoʻmitalarining 2024-yil birinchi yarim yilligiga moʻljallangan ish rejalari loyihasiga kiritish choralarini koʻrsin.
5. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 25-dekabr,
3838-IV-son
