“Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 248-moddasiga ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari xodimlarining voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar hamda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish borasidagi faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1079-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (3771-IV-son)
12.12.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2023-yil 15-noyabrda kiritilgan “Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 248-moddasiga ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmalari xodimlarining voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar hamda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holatlarining oldini olish borasidagi faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish haqida”gi QL-1079-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi kelib tushgan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini maromiga yetkazsin va ikkinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 12-dekabr,
3771-IV-son
