“Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 47-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1090-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi haqida (“Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 47-moddasiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”) (3780-IV-son)
12.12.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 47-moddasiga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi QL-1090-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi “Oʻzbekiston Respublikasi Shaharsozlik kodeksining 47-moddasiga qoʻshimcha va oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida” degan yangi nom bilan ikkinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi qabul qilingan tuzatishlarni hisobga olgan holda mazkur qonun loyihasini bir oy ichida maromiga yetkazsin va uchinchi oʻqishda Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 12-dekabr,
3780-IV-son
