Un va bulka nonining chakana narxlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida (444-son)
02.09.1994
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Donni sotib olish, uni tashish va qayta ishlash narxlarining oshib borayotganligi munosabati bilan, shuningdek, ichki isteʼmol bozorini himoya qilish, un va nondan tejamli hamda oqilona foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1994-yilning 5-sentabridan boshlab 1 kilogramm unning chakana narxi oʻrtacha 3,50 soʻm va 1 kilogramm bulka nonning chakana narxi 3,0 soʻm etib belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
uning va bulka nonning chiqarilayotgan turlarini hisobga olgan holda yangi chakana narxlarining preyskurantlarini, shuningdek, donni va unni qayta baholash toʻgʻrisidagi koʻrsatmani manfaatdor vazirliklarga va idoralarga yetkazsin;
un, non va non-bulka mahsulotlari chakana narxlarining asosli shakllantirilishi ustidan qatʼiy davlat nazoratini taʼminlasin.
3. Un, non va non-bulka mahsulotlariga boʻlgan talab va taklifini tenglashtirish, isteʼmol bozoridan bu mahsulotlarga muvozanatlashtirilgan narxlarni belgilash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda un va bulka nonning shartnoma (erkin) narxlariga oʻtish masalasini koʻrib chiqsin va hal qilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 28-iyuldagi 384-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.MUTALOV
Toshkent sh.,
1994-yil 2-sentabr,
444-son
