Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Faxriy yorligʻi va Tashakkurnomasi bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (3862-IV-son)
26.12.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Milliy parlamentarizmni rivojlantirishda faol ishtirok etayotgan, mamlakatda ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga munosib hissa qoʻshayotgan shaxslarni ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Faxriy yorligʻi va Tashakkurnomasi bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Faxriy yorligʻining tavsifi va namunasi tegishincha 2 va 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Tashakkurnomasining tavsifi va namunasi tegishincha 4 va 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari U. Inoyatov zimmasiga yuklatilsin.
5. Ushbu Qaror tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisiga kiritilsin.
6. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 26-dekabr,
3862-IV-son
