Yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PF-18-son)
20.01.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, sportni rivojlantirish boʻyicha dolzarb muammolarni samarali hal etish, ushbu sohalardagi davlat va nodavlat tashkilotlarning hamkorlikdagi faoliyatini takomillashtirish va muvofiqlashtirish, shuningdek, “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan vazifalarni “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da sifatli amalga oshirish hamda yoshlarga oid davlat siyosati yoʻnalishida belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishini taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
a) Yoshlar ishlari agentligi (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Yoshlar siyosati va sport vazirligi tizimidan Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkazilsin;
b) Yoshlar siyosati va sport vazirligi negizida Sport vazirligi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar yoshlar siyosati va sport boshqarmalari negizida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport boshqarmalari tashkil etilsin.
2. Belgilansinki, Sport vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi tegishliligi boʻyicha Yoshlar siyosati va sport vazirligining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
3. Quyidagilar:
Sport vazirligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari 1-ilovaga muvofiq;
Sport vazirligining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Yoshlar ishlari agentligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari 3-ilovaga muvofiq;
Yoshlar ishlari agentligining tashkiliy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Belgilansinki:
tegishincha Sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Sport vazirligi hamda uning tizimidagi budjet tashkilotlari huzurida, Yoshlarga oid davlat siyosatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy boʻlinmalari hamda Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti huzurida mablagʻlarni shakllantirish va ulardan foydalanishning amaldagi tartibini toʻliq saqlab qolgan holda yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan budjetdan tashqari jamgʻarma sifatida faoliyat yuritadi;
sport sohasiga hamda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita taʼsir qiladigan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari, shuningdek, Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan barpo etiladigan yoshlarga oid infratuzilmalar, sport obyektlari va inshootlarining loyiha hujjatlari tegishlicha Sport vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi bilan majburiy ravishda kelishiladi.
5. Sport vazirligi Toshkent shahri, Abdulla Qodiriy koʻchasi, 2-uy manzili boʻyicha, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahri, Alisher Navoiy koʻchasi 11b-uy manzili boʻyicha joylashtirilsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-apreldagi “Maʼmuriy islohotlar doirasida yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-114-son qarori 1-bandining ikkinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari, shuningdek, qarorga 1, 3 va 4-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 5-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
8. Sport vazirligi Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 20-yanvar,
PF-18-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-yanvardagi PF-18-son Farmoniga 1-ILOVA
Sport vazirligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari
Quyidagilar Sport vazirligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi:
a) sport sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, unda ishtirok etuvchi davlat organlarining ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish hamda mazkur sohada qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
b) sohaga oid kompleks dasturlarni ishlab chiqish hamda sport sohasida faoliyat yuritadigan nodavlat notijorat tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash;
v) aholi oʻrtasida sportni ommalashtirish va sogʻlom turmush tarziga keng jalb etish, sport taʼlimi tizimini takomillashtirish, sport turlari boʻyicha yuqori natijador sportchilar zaxirasini yaratish;
g) Olimpiya va Paralimpiya harakatini rivojlantirish, nufuzli xalqaro musobaqalarda sportchilarning muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash;
d) sport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, sohani bosqichma-bosqich raqamlashtirish, sohada xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
e) sport sohasida xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va mustahkamlash, xalqaro shartnomalar tayyorlash, tuzish va bajarish haqida takliflar taqdim etish;
j) normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini tashkil etish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-yanvardagi PF-18-son Farmoniga 2-ILOVA
Sport vazirligining tashkiliy tuzilmasi
Sport vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar sport boshqarmalari Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning Nukus va Fargʻona filiallari Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlari “Raqamlashtirish va sertifikatlash markazi” MChJ Oʻzbekiston davlat sport akademiyasi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari Oʻzbekiston karateni rivojlantirish markazi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda uning Nukus, Samarqand va Fargʻona filiallari Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi Ogʻir atletika markazi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti Respublika velosport mahorat maktab-internati Sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari Oʻzbekiston dzyudo akademiyasi Sportning eshkak eshish va gimnastika boʻyicha ixtisoslashtirilgan respublika bolalar-oʻsmirlar olimpiya zaxirasi sport maktablari Ixtisoslashtirilgan sport maktablari Xalqaro shaxmat akademiyasi Sport maktablari Olimpiya va paralimpiya shon-shuhrati muzeyi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-yanvardagi PF-18-son Farmoniga 3-ILOVA
Yoshlar ishlari agentligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari
Quyidagilar Yoshlar ishlari agentligi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi:
a) yoshlar bilan bogʻliq soha va yoʻnalishlarda yagona davlat siyosatini, strategik yoʻnalishlar va davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
b) mahallalarda yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etish, ular bilan ishlashning vertikal tizimini yaratish, yoshlar muammolarini bevosita mahallalarda hal etish boʻyicha belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish;
v) yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ularning sogʻligʻiga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni ilm-fan va innovatsiyalarga keng jalb etish;
g) yoshlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilik profilaktikasiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
d) yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish jarayonida nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlik qilish;
e) yoshlarning intellektual rivojlanishga boʻlgan intilishlarini qoʻllab-quvvatlash va bu sohadagi ishlarni muvofiqlashtirib borish;
j) yoshlarni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, zamonaviy kasb-hunar, raqamli iqtisodiyot koʻnikmalarini puxta egallashlari uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish, ularni ish bilan taʼminlash jarayonlariga koʻmaklashish;
z) yoshlar ishlari sohasida xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va mustahkamlash, xalqaro shartnomalar tayyorlash, tuzish va bajarish haqida takliflar taqdim etish;
i) normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini tashkil etish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-yanvardagi PF-18-son Farmoniga 4-ILOVA
Yoshlar ishlari agentligining tashkiliy tuzilmasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-yanvardagi PF-18-son Farmoniga 5-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-269-son Farmoni 12-bandining oʻninchi xatboshisidagi “Yoshlar siyosati va sport vazirligi” soʻzlari “Sport vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-14-son Farmonida:
a) 1-ilovada:
“15. Yoshlar siyosati va sport vazirligi” boʻlimi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
quyidagi mazmundagi 24-boʻlim bilan toʻldirilsin:
b) 2-ilovada:
15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Sport vazirligi”;
15.1-pozitsiya chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 27-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
“27. Yoshlar ishlari agentligi”;
v) 2a-ilovada:
15-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
15.1-pozitsiya chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi 27-pozitsiya bilan toʻldirilsin:
