Oʻzbekiston Respublikasida toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish va uni ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-20-son)
12.01.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Respublikada turizm infratuzilmasidagi mavjud muammolarni hal etish, sohada taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va jahon bozorlarida milliy turizm mahsulotlarini faol targʻib qilish boʻyicha keng koʻlamli islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, nogironligi boʻlgan shaxslarning turizm infratuzilmasi va madaniy meros obyektlarida erkin harakatlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlash hamda turizmda barcha fuqarolar uchun teng imkoniyatlar yaratishni nazarda tutuvchi toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish ushbu sohadagi eng dolzarb vazifalardan biri boʻlib qolmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq, shuningdek, nogironligi boʻlgan shaxslarning mamlakatimiz boʻylab qulay sharoitlarda sayohat qilishlari uchun turizm infratuzilmasining imkoniyatlarini yanada takomillashtirish maqsadida:
1. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasida toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:
turistik industriya obyektlari, madaniyat tashkilotlari va madaniy meros obyektlari, shu jumladan muzey, teatr va joylashtirish vositalarida nogironligi boʻlgan shaxslarning bemalol harakatlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
turizm sohasi subyektlari, shu jumladan, turoperator va turagentlar, joylashtirish vositalari egalari hamda transport xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari, shuningdek, sayohat davomida nogironligi boʻlgan shaxslarga hamrohlik qiluvchi fuqarolarni ragʻbatlantirish;
nogironligi boʻlgan shaxslar toʻsiqsiz sayohat qilishlari uchun respublikamizda yaratilgan imkoniyatlarni keng targʻib qilish orqali ularning xabardorligini oshirish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda turizm industriyasi obyektlarida nogironligi boʻlgan shaxslar uchun koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini yanada oshirish.
2. Quyidagilar:
Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish va ularning sayohat qilishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 1-ilovaga muvofiq;
2024-yilda madaniy meros obyektlarida toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha manzilli dastur 2-ilovaga muvofiq;
2024-yilda muzeylar va konsert-tomosha obyektlarida toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha manzilli dastur 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki, 2024-yildan boshlab:
a) madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida nogironligi boʻlgan shaxslarning toʻsiqsiz harakatlanishi uchun madaniy meros obyektlarida ularga shikast yetkazmagan holda pandus, plintus va liftlar hamda koʻzi ojizlar uchun madaniy meros obyektlarining kichraytirilgan oʻlchamdagi maketlari oʻrnatiladi va ular toʻgʻrisida Brayl alifbosidagi maʼlumotlar joylashtiriladi;
b) temir yoʻl va jamoat transportlarida hamda barcha aeroport, vokzal, avtoshohbekatlarda ularga egalik qiladigan tashkilotlarning oʻz mablagʻlari hisobidan nogironligi boʻlgan va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun sharoitlar, maxsus koʻtarilish panduslari va qulay zina tutqichlari oʻrnatiladi hamda kema aravachalari (nogironligi boʻlgan shaxslar uchun maxsus aravacha) qoʻyiladi;
g) 2027-yil 1-yanvarga qadar Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ming nafar I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxsga Oʻzbekiston boʻylab sayohat qilish xarajatlarining 50 foizi, biroq 500 ming soʻmdan oshmagan qismi;
eshitish qobiliyatini yoʻqotgan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun surdogidlar tayyorlash kurslari xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.
4. Shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq 2024-yil 1-apreldan 2026-yil 1-aprelga qadar mehmonxona xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlariga tegishli chorak yakuniga koʻra Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga oʻtkazilgan turistik (mehmonxona) yigʻimlar summasi hisobidan subsidiya ajratiladi. Bunda, tadbirkorlik subyektlari tomonidan mehmonxonaning kamida uchta xonasi nogironligi boʻlgan shaxslar oʻrindiqli aravachadan foydalanishi uchun qulay tarzda jihozlanganda, shuningdek, eshitishi va koʻrishi uchun displey hamda ovozli qurilmalar oʻrnatilganda, ushbu tadbirkorlik subyektlariga har bir maxsus jihozlangan xona uchun quyidagi miqdorlarda subsidiya beriladi:
yulduzli toifadagi mehmonxonalarga — 2 million soʻm;
yulduzli toifa olmagan mehmonxonalarga — 1 million soʻm.
5. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qoʻmitasi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bilan birgalikda 2024-yil 1-aprelga qadar ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda toʻsiqsiz turizmni yanada rivojlantirish boʻyicha tegishli standartlarni ishlab chiqsin. Bunda:
yulduzli toifaga ega mehmonxonalarda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun aravachalar, qoʻltiqtayoqlarning mavjudligi;
mehmonxonalar, turistik bazalar va majmualar, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, motellar, sanatoriylar va boshqa turistik obyektlarda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun qoʻshimcha qulayliklarning yaratilishi;
yulduzli toifaga ega mehmonxonalarning kirish qismida audio va matnli maʼlumotlarning taqdim etilishi;
boshqa turdagi qulayliklar yaratish boʻyicha talablar joriy etilishi inobatga olinsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va “Uzbekistan airways” AJ bilan birgalikda 2024-yil 1-martga qadar “Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza” elektron axborot tizimini “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsiya platformasi orqali transport chiptalarini xarid qilish boʻyicha onlayn platformalar bilan integratsiya qilinishini taʼminlasin.
7. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi:
Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda 2024-yil 1-martga qadar toʻsiqsiz turizm yoʻnalishida davlat tomonidan qoʻshimcha ragʻbatlantirish tartib-mexanizmlarini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi hamda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda mazkur qarorning mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalari, Internet axborot tarmogʻi va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritish ishlarini tashkil qilsin.
8. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga masʼul va shaxsiy javobgar etib ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri A.A. Abduxakimov belgilansin.
Qaror ijrosi uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 12-yanvar,
PQ-20-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PQ-20-son qaroriga 1-ILOVA
Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish va ularning sayohat qilishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
T/r Chora-tadbir nomi Amalga oshirish shakli Ijro muddati Moliyalashtirish manbasi Masʼul ijrochilar 1. Toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda — Respublika komissiya) va uning hududiy ishchi guruhlari tarkibini tasdiqlash. Respublika komissiyasi va uning hududiy ishchi guruhlari tarkibini shakllantirish 2024-yil 1-yanvar - Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov), manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari Respublika komissiyasi tomonidan hududlarda turizm infratuzilmasi, shu jumladan, madaniyat tashkilotlari, savdo-koʻngilochar va umumiy ovqatlanish shoxobchalari, kinoteatrlar, xiyobonlar, tematik bogʻlar hamda ularga tutash yoʻllar, ularning hududi va atrofidagi sanitariya-gigiyena shoxobchalari, jamoat transportida (shu jumladan metropolitenda), temir yoʻl vokzallari, avtovokzallar va aeroportlar, shuningdek, tabiiy muhofaza etiladigan hududlarda nogironligi boʻlgan shaxslar harakatlanishi uchun toʻsiqlik qilayotgan mavjud muammolarni oʻrganib, toʻliq xatlovdan oʻtkazish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil 1-mart Xatlov yakunlari boʻyicha hududlarda toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Yoʻl xaritalari 2024-yil 1-aprel 2. Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun “Uzbekistan.travel” yagona milliy turistik axborot portalidan foydalanish imkoniyatini yaratish. Bunda, shu jumladan koʻzi ojiz va zaif eshituvchi shaxslar axborot portalidan foydalanishi uchun sharoit yaratish, nogironligi boʻlgan shaxslar uchun turpaketlarni joylashtirish va ularga sayohat qilishlari uchun boshqa imkoniyatlar yaratish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil 1-martdan boshlab doimiy ravishda Turizmni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Turizm jamgʻarmasi) mablagʻlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov) 3. Toʻsiqsiz turizm yoʻnalishida yaratilgan imkoniyatlarni namoyish etuvchi foto va videoroliklar tayyorlash va televideniye orqali bepul yoritish. Bunda, har bir foto va videorolik namoyishida surdotarjimonlar ishtirokini taʼminlash. Reja-grafik 2024-yil 1-mart Turizm jamgʻarmasi mablagʻlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov), manfaatdor vazirlik va idoralar, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi (A. Xadjayev) 4. Nogironligi boʻlgan shaxslarga sayohat va ekskursiya davomida turizm xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha qoʻllanmalar ishlab chiqish va nashr etish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil 1-mart Turizm jamgʻarmasi mablagʻlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov), manfaatdor vazirlik va idoralar 5. Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO)dan mutaxassislarni jalb qilgan holda tadbirkorlik subyektlari uchun toʻsiqsiz turizm boʻyicha seminar va treninglar tashkil etish. Reja-grafik 2024-yil 1-aprel Turizm jamgʻarmasi mablagʻlari Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov), Tashqi ishlar vazirligi (B. Saidov), manfaatdor vazirlik va idoralar 6. Samarqand viloyati, Samarqand tumanidagi Konigil turizm qishlogʻi tajribasidan kelib chiqib, respublikaning har bir hududida nogironligi boʻlgan bolalar uchun milliy hunarmandchilik terapiyasi faoliyatini tashkil etish. Qoʻshma chora-tadbirlar rejasi 2024-yil 1-aprel - Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov), “Hunarmand” uyushmasi (U. Abdullayev), Ijtimoiy xizmatlar milliy agentligi (M. Olloyorov), Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Xudayarov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 7. Mehmonxona xizmatlarini koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlariga infratuzilmani nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moslashtirish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqib, tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi 2024-yil 15-mart - Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov) 8. Xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO)ning toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish va qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan quyidagi xalqaro umumeʼtirof etilgan standartlarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish, xususan: Turistik axborot idoralari — Turistik axborot va qabul qilish xizmatlari — Talablar (ISO 14785:2014); Turizm va tegishli xizmatlar — Plyajlardan foydalanishga qoʻyiladigan talablar va tavsiyalar (ISO 13009:2015); Koʻzi ojizlar va koʻrish imkoniyati cheklangan odamlar uchun yordamchi mahsulotlar — Yurish uchun sirtqi taktil koʻrsatkichlar (ISO 23599:2019); Standartlar hammabopligini taʼminlash boʻyicha qoʻllanma (ISO/IEC Guide 71:2014). Amaliy chora-tadbirlar 2024-yil davomida - Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi (A. Abduxakimov), Ijtimoiy xizmatlar milliy agentligi (M. Olloyorov), Texnik jihatdan tartibga solish agentligi (D. Sattorov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 9. Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida nogironligi boʻlgan shaxslarning toʻsiqsiz harakatlanishi uchun madaniy meros obyektlarida ularga har qanday shikast yetkazilishining oldini olgan holda pandus, plintus va liftlar hamda koʻzi ojizlar uchun madaniy meros obyektlarining kichraytirilgan oʻlchamdagi maketlarini oʻrnatish va ular toʻgʻrisida Brayl alifbosidagi maʼlumotlarni joylashtirish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yildan boshlab doimiy ravishda Davlat budjetidan madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun ajratiladigan mablagʻlar doirasida Madaniy meros agentligi (B. Abdukarimov), Iqtisodiyot va moliya vazirligi (I. Norqulov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 10. Avia, temir yoʻl hamda avtobus biletlarini xarid qilish boʻyicha onlayn platformalarda eshitish va koʻrish boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxslarning tegishli ehtiyojlariga muvofiq eʼlonlar uchun taktil hamda ovozli funksiyali displeylarni joriy qilish. Amaliy chora-tadbirlar 2024-yildan boshlab doimiy ravishda Ijrochilar mablagʻlari Transport vazirligi (I. Mahkamov), “Uzbekistan airways” AJ (Sh. Xudaykulov), “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ (Z. Narzullayev)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PQ-20-son qaroriga 2-ILOVA
2024-yilda madaniy meros obyektlarida toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha
MANZILLI DASTUR
T/r Tuman (shahar) nomi Obyekt nomi Manzili Talab etiladigan mablagʻ Moliyalashtirish manbai Qoraqalpogʻiston Respublikasi 21,1 mln soʻm 1. Moʻynoq tumani Toqmaq ota maqbarasi “Uchsoy” OFY 11,3 mln soʻm Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida 2. Qoraoʻzak tumani Shayx Jalil bobo maqbarasi “Qoʻybaq” OFY 9,8 mln soʻm Andijon viloyati 78 mln soʻm 1. Asaka tumani Xoʻja Abdullo Tugʻdor maqbarasi “Shodlik” MFY 6 mln soʻm Mahalliy budjet mablagʻlari 2. Jalaquduq tumani Qutayba Ibn Muslim ziyoratgohi “Qilichmozor” MFY 6 mln soʻm 3. Qoʻrgʻontepa tumani Bibi seshanba ziyoratgohi “Jannatbuloq” MFY 6 mln soʻm 4. Marhamat tumani Xoʻjabosmon ota ziyoratgohi “Xoʻjaariq” MFY 6 mln soʻm 5. Mingtepa yodgorligi “Mingtepa” MFY 6 mln soʻm 6. Toshtepa-Jingirtepa yodgorligi “Chilon” MFY 6 mln soʻm 7. Paxtaobod tumani Xovuskon ota ziyoratgohi “Fayzobod” MFY 6 mln soʻm Mahalliy budjet mablagʻlari 8. Otaqoʻzi ota madrasasi “Qoʻrgʻoncha” MFY 6 mln soʻm 9. Xoʻjataqsim ota ziyoratgohi “Maʼrifat” MFY 6 mln soʻm 10. Xonobod shahri Fozilmon ota ziyoratgohi “Fozilmon” MFY 6 mln soʻm 11. Xoʻjaobod tumani Imom ota ziyoratgohi “Toshota” MFY 6 mln soʻm 12. Manak ota ziyoratgohi “Beshqovoq” MFY 6 mln soʻm 13. Shahrixon tumani Segazaqum ziyoratgohi “Segazaqum” MFY 6 mln soʻm Buxoro viloyati 28 mln soʻm 1. Gʻijduvon tumani Abduxoliq Gʻijduvoniy majmuasi “Abduxoliq Gʻijduvoniy” MFY 7 mln soʻm Oʻzbekiston musulmonlari idorasi mablagʻlari 2. Kogon tumani Bahouddin Naqshband majmuasi “Niyoz Hoji” MFY 7 mln soʻm 3. Buxoro shahri Masjidi Kalon Haqiqat koʻchasi 7 mln soʻm 4. Mir Arab madrasasi Haqiqat koʻchasi 7 mln soʻm Jizzax viloyati 242,1 mln soʻm 1. Baxmal tumani Oʻsmat ota ziyoratgohi “Oʻsmat” MFY 5,1 mln soʻm Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar 2. Zomin tumani Hoʻjai Serob ota majmuasi “Navoiy” MFY 42 mln soʻm 3. Said Burxoniddin avliyo Qilich Burxoniddin ziyoratgohi “Beshkubi” QFY, Beshkubi qishlogʻi 45 mln soʻm 4. Qoplon ota ziyoratgohi (Avliyo tepa) “Chorvador” QFY, Beshbuloq qishlogʻi 150 mln soʻm Qashqadaryo viloyati 270 mln soʻm 1. Shahrisabz shahri Chubin madrasasi Ipak yoʻli koʻchasi 10 mln soʻm Mahalliy budjet mablagʻlari 2. Qarshi shahri Odina masjidi “Darvozatutak” MFY 10 mln soʻm 3. Bekmir madrasasi “Darvozatutak” MFY 20 mln soʻm 4. Qilichbek madrasasi “Darvozatutak” MFY 10 mln soʻm 5. Koson tumani Husam shayx ota tarixiy majmuasi “Pudina” MFY 40 mln soʻm 6. Kasbi tumani Sulton Mir Haydar yodgorlik majmuasi “Kasbi” MFY 20 mln soʻm 7. Gʻuzor tumani Mirijanda ziyoratgohi “Gulshan” MFY 10 mln soʻm 8. Mirishkor tumani Isoq ota ziyoratgohi “Pomuq” MFY 30 mln soʻm 9. Muborak tumani Muborak Mervaziy ziyoratgohi “Sariqqishloq” MFY 30 mln soʻm 10. Qamashi tumani Langar ota ziyoratgohi “Koʻkbuloq” MFY 20 mln soʻm 11. Oʻgʻlonjon ota ziyoratgohi “Boburtepa” MFY 20 mln soʻm 12. Kitob tumani Hazrati Bashir maqbarasi “Bashir” MFY 30 mln soʻm 13. Xoʻjailmkoni maqbarasi “Ilmkon” MFY 20 mln soʻm Navoiy viloyati 50 mln soʻm 1. Karmana tumani Mavlono Orif Deggaroniy maqbarasi “Xazora” MFY 10 mln soʻm Mahalliy budjet mablagʻlari 2. Qosim shayx meʼmoriy majmuasi “Xoʻja Xisrav” MFY 10 mln soʻm 3. Nurota tumani Imom Hasan imom Husayn ziyoratgohi “Dehibaland” MFY 10 mln soʻm Mahalliy budjet mablagʻlari 4. Uchquduq tumani Bedar ota masjidi “Aytim” MFY 10 mln soʻm 5. Qiziltepa tumani Boyazid Bastomiy masjidi “Boʻston” MFY 10 mln soʻm Namangan viloyati 560 mln soʻm 1. Namangan shahri Oʻnbir Ahmad maqbarasi “Oʻrta Gʻirvon” MFY 20 mln soʻm Mahalliy budjet mablagʻlari 2. Chortoq tumani Sulton Uvays Qaraniy majmuasi “Baliqkoʻl” MFY 40 mln soʻm 3. Toʻraqoʻrgʻon tumani Axsikent shahristoni “Gulqishloq” MFY 500 mln soʻm Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar Samarqand viloyati 379 mln soʻm 1. Samarqand shahri Bibixonim majmuasi Islom Karimov koʻchasi 9 mln soʻm Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasi mablagʻlari 2. Saroy Mulk Xonim maqbarasi, kirish darvoza va madrasa qoldiqlari Toshkent koʻchasi 200 mln soʻm Mahalliy budjet mablagʻlari 3. Oqsaroy maqbarasi Oqsaroy koʻchasi 100 mln soʻm 4. Chorsu savdo gumbazi Registon maydoni, Chorsu gumbazi 20 mln soʻm 5. Ruhobod majmuasi (maqbara, madrasa, masjid va minora) Rui Gonsales de Klavixo koʻchasi 50 mln soʻm Sirdaryo viloyati 20 mln soʻm 1. Sardoba tumani “Yogʻochli sardoba” arxitektura yodgorligi “Gumbaz” QFY 10 mln soʻm Mahalliy budjet mablagʻlari 2. Xovos tumani Koʻhna Xovos arxeologik yodgorligi “Xovosobod” MFY 10 mln soʻm Surxondaryo viloyati 65 mln soʻm 1. Boysun tumani Xoʻjaqoʻchqor ota anomalik zonasi “Padang” QFY 15 mln soʻm Mahalliy budjet mablagʻlari 2. Oltinsoy tumani Soʻfi Olloyor maqbarasi “Vaxshivar-1” MFY 10 mln soʻm 3. Sariosiyo tumani Sangardak sharsharasi “Sangardak” MFY 15 mln soʻm 4. Termiz tumani Fayoztepa buddaviylik monastiri “Yangiobod” MFY 10 mln soʻm 5. Sherobod tumani Xoʻjaikon tuz gʻori “Chorbogʻ” QFY 15 mln soʻm Fargʻona viloyati 165 mln soʻm 1. Fargʻona shahri XIX asr meʼmoriy yodgorligi binosi (qurt urugʻi zavodi idorasi) “Navroʻz” MFY 5 mln soʻm Foydalanuvchilar mablagʻlari 2. Cherkov binosi (Pravoslav cherkovi) “Navroʻz” MFY 5 mln soʻm 3. Amir Hizr Valiy Podshohpirim ziyoratgohi “Yormozor” MFY 5 mln soʻm Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida 4. Margʻilon shahri Sayid Ahmadxoʻja madrasasi “Iqbol” MFY 5 mln soʻm Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida 5. Burhoniddin Margʻinoniy yodgorlik majmuasi “Pichoqchi” MFY 5 mln soʻm 6. Ulugʻmozor ziyoratgohi “Mashad” MFY 5 mln soʻm 7. Ubaydullohxon maqbarasi “Charogʻon” MFY 5 mln soʻm Foydalanuvchilar mablagʻlari 8. Xoʻja Maʼoz va Moʻyi Muborak yodgorligi ziyoratgohi “Xoʻja Maʼoz” MFY 5 mln soʻm 9. Piri Siddiq ziyoratgohi “Yoʻrmadoʻz” MFY 5 mln soʻm 10. Qirguliaziz ziyoratgohi “Nadirmat” MFY 5 mln soʻm 11. Qoʻqon shahri Xudoyorxon oʻrdasi “Gʻishtkoʻprik” MFY 5 mln soʻm Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida 12. Miyon Hazrat madrasasi “Qaymoqli guzar” MFY 5 mln soʻm 13. Modarixon maqbarasi “Nonvoylik guzar” MFY 5 mln soʻm 14. Dahmai Shahon maqbarasi “Nonvoylik guzar” MFY 5 mln soʻm 15. Dasturxonchi madrasasi “Yangi Chorsu” MFY 5 mln soʻm 16. Olimjon hoji qabulxonasi “Nonvoylik guzar” MFY 5 mln soʻm 17. Hojibek madrasasi “Kalvak” MFY 5 mln soʻm 18. Zimbardor madrasasi “Isfara guzari” MFY 5 mln soʻm 19. Xurjun madrasasi “Yangi Chorsu” MFY 5 mln soʻm 20. Boy uyi meʼmoriy obidasi “Qalandarxon” MFY 5 mln soʻm 21. Alixon hoji madrasasi “Qalandarxon” MFY 5 mln soʻm 22. Madrasa binosi “Vaqf Chorsu” MFY 5 mln soʻm 23. Mamarasul boy uyi “Isfara guzari” MFY 5 mln soʻm 24. XIX asr meʼmoriy yodgorligi binosi (Kraftlar uyi) “Ustabozor” MFY 5 mln soʻm 25. Adabiyot muzeyi (Sobiq rus banki) “Gʻishtlimasjid” MFY 5 mln soʻm 26. Norboʻtabek madrasasi “Nonvoylik guzar” MFY 5 mln soʻm Foydalanuvchilar mablagʻlari 27. Jomeʼ masjidi “Isfara guzari” MFY 5 mln soʻm 28. Meʼmoriy yodgorlik binosi (Simxayev uyi) “Gʻishtlimasjid” MFY 5 mln soʻm 29. Tarixiy yodgorlik binosi (Rus cherkovi binosi) “Aziztepa” MFY 5 mln soʻm 30. XIX asr meʼmoriy yodgorligi (Rus cherkovi binosi) “Galabaqqol” MFY 5 mln soʻm 31. Chalpak madrasasi “Nonvoylik guzar” MFY 5 mln soʻm Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida 32. Abdulhakim Xalifa maqbarasi Zarafshon koʻchasi 5 mln soʻm 33. Moʻyimuborak ziyoratgohi “Nurafshon” MFY 5 mln soʻm Toshkent viloyati 250 mln soʻm 1. Angren shahri Ulugʻsogʻ ota majmuasi “Qorabogʻ” MFY 10 mln soʻm Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida 2. Chinor buva ziyoratgohi “Geolog” MFY 10 mln soʻm 3. Bekobod tumani Buzruk buva maqbarasi “Hamza” MFY 10 mln soʻm 4. Temirtaki ota maqbarasi “Hamza” MFY 10 mln soʻm 5. Qizilmozor maqbarasi “Taqachi” MFY 10 mln soʻm 6. Boʻstonliq tumani Shayx Umar Vali Bogʻistoniy ziyoratgohi Bogʻiston qishlogʻi 10 mln soʻm 7. Hazrati mulla ziyoratgohi Sidjak qishlogʻi 10 mln soʻm 8. Dovud nevara ziyoratgohi Bogʻiston qishlogʻi 10 mln soʻm 9. Chinor ziyoratgohi Chorvoq qishlogʻi 10 mln soʻm 10. Zangiota tumani Sadir ota ziyoratgohi “Gulbogʻ” MFY 10 mln soʻm 11. Qibray tumani Qilichli ota ziyoratgohi “Navbahor” MFY 10 mln soʻm 12. Koʻktoʻnli ota ziyoratgohi “Navbahor” MFY 10 mln soʻm 13. Nurafshon shahri Axtam Sahoba qabristoni “Guzar” MFY 10 mln soʻm 14. Mushuk ota ziyoratgohi “Navroʻz” MFY 10 mln soʻm 15. Oqqoʻrgʻon tumani Shomirkari avliyo ziyoratgohi Shoxruxiya qishlogʻi 10 mln soʻm 16. Ohangaron tumani Qorixona ziyoratgohi Shovgoz qishlogʻi 10 mln soʻm 17. Paygʻambar ota ziyoratgohi Doʻstlik qishlogʻi 10 mln soʻm 18. Gʻoyib ota ziyoratgohi Ubayd qishlogʻi 10 mln soʻm 19. Parkent tumani Zarkent ota ziyoratgohi Zarkent qishlogʻi 10 mln soʻm 20. Soʻqoq buva ziyoratgohi Soʻqoq qishlogʻi 10 mln soʻm 21. Oʻrta Chirchiq tumani Koʻkbuloq ota ziyoratgohi Yangi turmush qishlogʻi 10 mln soʻm 22. Chinoz tumani Said Battol gʻozi ziyoratgohi “Yangi mahalla” MFY 10 mln soʻm 23. Yuqori Chirchiq tumani Iyk ota ziyoratgohi “Iyk ota” MFY 10 mln soʻm 24. Pistali bobo ziyoratgohi “Jambul” MFY 10 mln soʻm 25. Yangiyoʻl tumani Said ota qabristoni “Said ota” MFY 10 mln soʻm Xorazm viloyati 175 mln soʻm 1. Xiva tumani Nurullaboy hovlilari “Yangiturmush” MFY 30 mln soʻm “Oʻzmilliybank” AJ mablagʻlari 2. Nurullaboy madrasasi “Yangiturmush” MFY 10 mln soʻm 3. Ibrohim Xoʻja uyi “Yangiturmush” MFY 20 mln soʻm 4. Isfandiyorxon qabulxonasi “Yangiturmush” MFY 15 mln soʻm 5. Pahlavon Mahmud maqbarasi “Ichan qalʼa” MFY 30 mln soʻm Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida 6. Said Muhammad Mohiroʻy majmuasi “Mevaston” MFY 20 mln soʻm 7. Yokubboy Xoʻja madrasasi “Ichan qalʼa” MFY 10 mln soʻm 8. Urganch shahri Suratxona galereyasi (pochta) binosi Oʻzbekiston koʻchasi 20 mln soʻm 9. Salimjonov Qosimjon kompleksi uy idorasi Tinchlik koʻchasi 20 mln soʻm Toshkent shahri 262 mln soʻm 1. Bektemir tumani Qoʻyliq ota maqbarasi Fargʻona yoʻli koʻchasi 36 mln soʻm Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida 2. Mirobod tumani Temiryoʻlchilar madaniyat saroyi binosi Amir Temur koʻchasi 24 mln soʻm 3. Shayxontohur tumani Koʻkaldosh madrasasi Navoiy koʻchasi 42 mln soʻm 4. Qaldirgʻochbiy maqbarasi (Shayx Hovand Tohur majmuasi) Navoiy koʻchasi 16 mln soʻm 5. Koʻk masjid Koʻk masjid koʻchasi 16 mln soʻm 6. Xoʻja Ahmadboy masjidi Oʻzgarish koʻchasi 16 mln soʻm 7. Olmazor tumani Sharofiddinboy masjidi Farobiy koʻchasi 18 mln soʻm 8. Abror Hidoyatov nomli drama teatri binosi Zarqaynar koʻchasi 18 mln soʻm 9. Kallaxona masjidi Saqchimon koʻchasi 18 mln soʻm 10. Chilonzor tumani Xayrobod Eshon maqbarasi (Xayrobod Eshon majmuasi) Qatortol koʻchasi 22 mln soʻm 11. Mirobod tumani Mingoʻrik shahristoni Moshtabib koʻchasi 18 mln soʻm 12. Olmazor tumani Langar ota maqbarasi Langar koʻchasi 18 mln soʻm
Izoh: dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish jarayonida ularni moliyalashtirish manbalari va xarajatlariga aniqlik kiritilishi mumkin.
2 565,2 mln soʻm, shundan:
Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar 1 485,2 mln soʻm
mahalliy budjet mablagʻlari 913 mln soʻm
tadbirkorlik subyektlarining oʻz mablagʻlari 167 mln soʻm
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PQ-20-son qaroriga 3-ILOVA
2024-yilda muzeylar va konsert-tomosha obyektlarida toʻsiqsiz turizm infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha
MANZILLI DASTUR
T/r Tuman (shahar) nomi Obyekt nomi Manzili Amalga oshiriladigan ishlar Moliyalashtirish manbai Qoraqalpogʻiston Respublikasi 1. Nukus shahri Qoraqalpogʻiston Respublikasi I.V. Savitskiy nomidagi davlat sanʼat muzeyi T. Qayipbergenov koʻchasi, 52-uy 1. Surdotarjimonlar uchun 1 ta planshet xarid qilinadi. Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida 2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi S. Kamalov koʻchasi, 24-uy 1. 2 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Surdotarjimonlar uchun 1 ta planshet xarid qilinadi. Andijon viloyati 1. Andijon shahri Andijon viloyati qoʻgʻirchoq teatri “Mustaqillik” MFY 1. 2 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Surdotarjimonlar uchun 1 ta planshet xarid qilinadi. Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida 2. Andijon viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi Abdurauf Fitrat koʻchasi, 259-uy 1. 2 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Surdotarjimonlar uchun 1 ta planshet xarid qilinadi. 3. Panduslar oʻrnatiladi. Buxoro viloyati 1. Buxoro shahri “Ark” viloyat oʻlkashunoslik muzeyi Abu Xafs Kabir, “Ark” qoʻrgʻoni 1. Panduslar oʻrnatiladi. 2. Sanitariya-gigiyena shoxobchasi toʻliq moslashtiriladi. Mahalliy budjet mablagʻlari 2. Sitorai Mohi Xosa xalq amaliy bezak sanʼati tarixi muzeyi Sitorai Mohi Xosa shohkoʻchasi, 47-uy, Amirlar yozgi saroyi Panduslar oʻrnatiladi. Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida 3. Buxoroda huquq va qonunchilik tarixi muzeyi Mirzo Sahbo koʻchasi, 17-uy, Zindon obidasi 1. Panduslar oʻrnatiladi. 2. Moslashtirilgan bio sanitariya-gigiyena shoxobchasi quriladi. 4. Imom al-Buxoriy memorial muzeyi Pistashikanon koʻchasi, “Istirohat bogʻi” 1. Panduslar oʻrnatiladi. 2. Moslashtirilgan bio sanitariya-gigiyena shoxobchasi quriladi. 5. Temirchilik hunari tarixi muzeyi Mehtar Anbar (Haqiqat) koʻchasi, 17-uy, Kulita karvonsaroyi Panduslar oʻrnatiladi. Mahalliy budjet mablagʻlari 6. Tasviriy sanʼat muzeyi Bahouddin Naqshband shohkoʻchasi, 41-uy Panduslar oʻrnatiladi. 7. Buxoro adabiyoti tarixi muzeyi Mehtar Anbar koʻchasi, Koʻkaldosh madrasasi Panduslar oʻrnatiladi. 8. Gilamlar muzeyi Arabon (Mehtar Anbar) koʻchasi, Magʻoki Attor masjidi 1. Panduslar oʻrnatiladi. 2. Moslashtirilgan bio sanitariya-gigiyena shoxobchasi quriladi. 9. Mutal Burxonov uy-muzeyi Bahouddin Naqshband shohkoʻchasi, 1/182-uy, 2-xonadon Panduslar oʻrnatiladi. 10. Buxorolik boy savdogar xonadoni uy-muzeyi A. Toʻqay koʻchasi, 70-uy, Ubaydulla Xoʻja xonadoni Panduslar oʻrnatiladi. 11. Buxoro xattotlik sanʼati tarixi muzeyi Xoʻja Nurobod koʻchasi, 29-uy, Ulugʻbek madrasasi Panduslar oʻrnatiladi. 12. Buxoro yogʻoch oʻymakorligi tarixi muzeyi Xoʻja Nurobod koʻchasi, 31-uy, Abdulazizxon masjidi Panduslar oʻrnatiladi. 13. Qadimgi Varaxsha va kulolchilik sanʼati tarixi muzeyi Bahouddin Naqshband shohkoʻchasi Labi Hovuz majmuasi, Nodir Devonbegi xonaqohi 1. Panduslar oʻrnatiladi. 2. Moslashtirilgan bio sanitariya-gigiyena shoxobchasi quriladi. 14. Kogon tumani Naqshbandiya tariqati muzeyi “Niyozxoji” MFY, Qasri Orifon qishlogʻi, Bahouddin Naqshband ziyoratgohi Panduslar oʻrnatiladi. Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida 15. Romitan tumani Romitan tuman tarixi muzeyi Mahmud Samosiy koʻchasi 1. Panduslar oʻrnatiladi. 2. Moslashtirilgan bio sanitariya-gigiyena shoxobchasi quriladi. 16. Peshkoʻ tumani Abu Ali ibn Sino memorial muzeyi “Afshona” MFY, Afshona qishlogʻi Panduslar oʻrnatiladi. 17. Qorakoʻl tumani Qadimgi Poykent tarixi muzeyi “Yangihayot” MFY, Shoʻrobod qishlogʻi 1. Panduslar oʻrnatiladi. 2. Moslashtirilgan bio sanitariya-gigiyena shoxobchasi quriladi. Jizzax viloyati 1. Sharof Rashidov tumani Jizzax viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi Ziyokor mahallasi, Sharof Rashidov koʻchasi, 51-uy 1. 2 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Surdotarjimonlar uchun 1 ta planshet xarid qilinadi. 3. Moslashtirilgan sanitariya-gigiyena shoxobchasi quriladi. 4. Panduslar oʻrnatiladi. Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida 2. Jizzax shahri Jizzax viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining Hamid Olimjon va Zulfiya filiali Sharof Rashidov koʻchasi, 4a-uy 1. Moslashtirilgan sanitariya-gigiyena shoxobchasi quriladi. 2. Panduslar oʻrnatiladi. 3. Zomin tumani Jizzax viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining Zomin tumani tarixi filiali Mustaqillik koʻchasi, 69-uy 1. 2 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Moslashtirilgan sanitariya-gigiyena shoxobchasi quriladi. 3. Panduslar oʻrnatiladi. Qashqadaryo viloyati 1. Shahrisabz shahri Maqom muzeyi Ipak yoʻli koʻchasi, 3-uy 1. 15 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Panduslar oʻrnatiladi. 3. Sanitariya-gigiyena shoxobchasini toʻliq moslashtirish ishlari amalga oshiriladi. Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida 2. Amir Temur nomidagi moddiy madaniyat tarixi muzeyi Tarixiy markaz 1. 15 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Sanitariya-gigiyena shoxobchasini toʻliq moslashtirish ishlari amalga oshiriladi. 3. Shahrisabz madaniyat saroyi Ipak yoʻli koʻchasi, 5-uy 1. Panduslar oʻrnatiladi. 2. Sanitariya-gigiyena shoxobchasini toʻliq moslashtirish ishlari amalga oshiriladi. 4. Shahrisabz davlat muzey-qoʻriqxonasi Ipak yoʻli koʻchasi, 3-uy 1. Panduslar oʻrnatiladi. 2. Sanitariya-gigiyena shoxobchasini toʻliq moslashtirish ishlari amalga oshiriladi. 5. Qarshi shahri Qashqadaryo tarixi va madaniyati davlat muzeyi Bunyodkor koʻchasi 1. 15 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Panduslar oʻrnatiladi. 3. Sanitariya-gigiyena shoxobchasini toʻliq moslashtirish ishlari amalga oshiriladi. Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida 6. Qatagʻon qurbonlari muzeyi Nasaf koʻchasi 1. 15 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Panduslar oʻrnatiladi. 3. Sanitariya-gigiyena shoxobchasini toʻliq moslashtirish ishlari amalga oshiriladi. 7. “Vatanparvar” bogʻi Oʻzbekiston koʻchasi, 9-uy 1. 15 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Panduslar oʻrnatiladi. 3. Sanitariya-gigiyena shoxobchasini toʻliq moslashtirish ishlari amalga oshiriladi. Navoiy viloyati 1. Karmana tumani Qosim shayx meʼmoriy majmuasi muzeyi Sadoqat koʻchasi, 14-uy 1. 2 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Panduslar oʻrnatiladi. 3. Moslashtirilgan sanitariya-gigiyena shoxobchasi quriladi. Mahalliy budjet mablagʻlari 2. Mavlono Orif Deggaroniy majmuasi muzeyi “Xazora” MFY, Deggaron qishlogʻi 1. 2 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Panduslar oʻrnatiladi. 3. Moslashtirilgan sanitariya-gigiyena shoxobchasi quriladi. 3. Qiziltepa tumani Oʻlkashunoslik muzeyi Oʻzbekiston shohkoʻchasi, Madaniyat istirohat bogʻi markazida 1. Panduslar oʻrnatiladi. 2. Moslashtirilgan sanitariya-gigiyena shoxobchasi quriladi. Namangan viloyati 1. Namangan shahri Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyi Nodim Namangoniy koʻchasi, 41-uy 1. 5 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Panduslar oʻrnatiladi. 3. Sanitariya-gigiyena shoxobchasi toʻliq moslashtiriladi. Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida 2. Kosonsoy tumani Namangan viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyining Kosonsoy tumani tarixi muzeyi filiali Maxdumi Aʼzam koʻchasi, 9-uy 1. Panduslar oʻrnatiladi. 2. Sanitariya-gigiyena shoxobchasi toʻliq moslashtiriladi. Samarqand viloyati 1. Samarqand shahri Oʻzbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi Mirzo Ulugʻbek koʻchasi, 148-uy 1. 10 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Surdotarjimonlar uchun 2 ta planshet xarid qilinadi. Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida 2. Samarqand viloyat oʻlkashunoslik muzeyi A. Jomiy koʻchasi, 51-uy 1. 10 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Surdotarjimonlar uchun 2 ta planshet xarid qilinadi. 3. Sadriddin Ayniy uy-muzeyi Registon koʻchasi, 7B-uy 1. 10 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Surdotarjimonlar uchun 2 ta planshet xarid qilinadi. 4. Xoja Abdulaziz Abdurasulov uy-muzeyi Hoji Abdulazizov koʻchasi, 49-uy 1. 10 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Surdotarjimonlar uchun 2 ta planshet xarid qilinadi. 5. Mahmudxoʻja Behbudiy uy-muzeyi Mirsaid Baraka koʻchasi, 47-uy 1. 10 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Surdotarjimonlar uchun 2 ta planshet xarid qilinadi. 6. Mirzo Ulugʻbek muzey majmuasi Islom Karimov koʻchasi 1. 10 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Surdotarjimonlar uchun 2 ta planshet xarid qilinadi. 7. Qoʻshrabot tumani Ergash Jumanbulbul oʻgʻli uy-muzeyi “Qoʻshtamgʻali” MFY, Qoʻrgʻon qishlogʻi 1. 10 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Surdotarjimonlar uchun 2 ta planshet xarid qilinadi. 8. Paxtachi tumani Paxtachi tumani tarixi muzeyi Ziyovuddin shaharchasi, “Nisit” QFY 1. 10 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Surdotarjimonlar uchun 2 ta planshet xarid qilinadi. Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida 9. Kattaqoʻrgʻon shahri Kattaqoʻrgʻon shahri oʻlkashunoslik tarixiy muzeyi Oʻzbekiston koʻchasi, 105-uy 1. 10 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Surdotarjimonlar uchun 2 ta planshet xarid qilinadi. Sirdaryo viloyati 1. Guliston shahri Sirdaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi Alisher Navoiy shohkoʻchasi, 26-uy 1. 2 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Sanitariya-gigiyena shoxobchasi toʻliq moslashtiriladi. Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida 2. Sirdaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyining Arxeologiya boʻlimi Alisher Navoiy shoh koʻchasi, 26-uy 1. Sanitariya-gigiyena shoxobchasi toʻliq moslashtiriladi. 2. Panduslar oʻrnatiladi. Mahalliy budjet mablagʻlari Surxondaryo viloyati 1. Termiz shahri Surxondaryo viloyati sanʼat saroyi At-Termiziy koʻchasi 1. 5 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Surdotarjimonlar uchun 1 ta planshet xarid qilinadi. 3. Panduslar oʻrnatiladi. 4. Moslashtirilgan sanitariya-gigiyena shoxobchasi quriladi. Mahalliy budjet mablagʻlari 2. Surxondaryo viloyati qoʻgʻirchoq teatri Istiqlol koʻchasi, 26-uy 1. 5 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Surdotarjimonlar uchun 1 ta planshet xarid qilinadi. 3. Panduslar oʻrnatiladi. 4. Moslashtirilgan sanitariya-gigiyena shoxobchasi quriladi. Toshkent viloyati 1. Angren shahri Oʻlkashunoslik muzeyi Bunyodkor koʻchasi, 19A-uy 1. 2 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Surdotarjimonlar uchun 1 ta planshet xarid qilinadi. 3. Moslashtirilgan sanitariya-gigiyena shoxobchasi quriladi. 4. Panduslar oʻrnatiladi. Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida 2. Olmaliq shahri Oʻlkashunoslik muzeyi Ulugʻbek koʻchasi, 80-uy 1. 2 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Surdotarjimonlar uchun 1 ta planshet xarid qilinadi. 3. Moslashtirilgan sanitariya-gigiyena shoxobchasi quriladi. 4. Panduslar oʻrnatiladi. 3. Parkent tumani Soʻqoq madaniyat markazi “Chashma” MFY, Soʻqoq shohkoʻchasi 1. 2 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Surdotarjimonlar uchun 1 ta planshet xarid qilinadi. 3. Sanitariya-gigiyena shoxobchasi toʻliq moslashtiriladi. Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida 4. Changi madaniyat markazi “Seman” MFY, Bayot koʻchasi 1. 2 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Surdotarjimonlar uchun 1 ta planshet xarid qilinadi. 3. Sanitariya-gigiyena shoxobchasi toʻliq moslashtiriladi. Fargʻona viloyati 1. Margʻilon shahri Uvaysiy uy-muzeyi Navbahor koʻchasi, 256-uy 1. 2 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Panduslar oʻrnatiladi. Mahalliy budjet mablagʻlari 2. Qoʻqon shahri Muqimiy hujra-muzeyi Hamza koʻchasi 1. 2 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Panduslar oʻrnatiladi. 3. Moslashtirilgan sanitariya-gigiyena shoxobchasi quriladi. 3. Hamza Hakimzoda Niyoziy uy-muzeyi Taroqchilik koʻchasi 1. 2 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Panduslar oʻrnatiladi. 4. Adabiyot muzeyi Istiqlol koʻchasi 1. 2 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Panduslar oʻrnatiladi. 3. Moslashtirilgan sanitariya-gigiyena shoxobchasi quriladi. 5. Jome muzeyi Furqat koʻchasi 1. 2 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Panduslar oʻrnatiladi. Xorazm viloyati 1. Xiva shahri Koʻhna ark “Ichan-qalʼa” MFY, Ichan qalʼa davlat muzey-qoʻriqxonasi hududi 1. 10 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Surdotarjimonlar uchun 3 ta planshet xarid qilinadi. 3. Panduslar oʻrnatiladi. Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida 2. Zindon Panduslar oʻrnatiladi. 3. Muhammad Rahimxon madrasasi Panduslar oʻrnatiladi. 4. Qozi kalon madrasasi Panduslar oʻrnatiladi. 5. Qorixona Panduslar oʻrnatiladi. 6. Shergʻozixon madrasasi Panduslar oʻrnatiladi. 7. Islom Xoʻja madrasasi 1. 11 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Surdotarjimonlar uchun 3 ta planshet xarid qilinadi. 3. Panduslar oʻrnatiladi. 8. Yangi uslub maktabi Panduslar oʻrnatiladi. 9. Juma masjidi Panduslar oʻrnatiladi. 10. Matpanaboy madrasasi “Ichan-qalʼa” MFY, Ichan qalʼa davlat muzey-qoʻriqxonasi hududi Panduslar oʻrnatiladi. 11. Muhammad Amin Inoq madrasasi Panduslar oʻrnatiladi. 12. Tosh hovli saroyi Panduslar oʻrnatiladi. 13. Tosh hovli saroyi haram qismi Panduslar oʻrnatiladi. 14. Qutlugʻ Murod Inoq madrasasi Panduslar oʻrnatiladi. 15. Abdullaxon madrasasi Panduslar oʻrnatiladi. 16. Ogahiy uy-muzeyi Panduslar oʻrnatiladi. 17. Urganch shahri Xorazm viloyati musiqali drama teatri Al-Xorazmiy koʻchasi, 32-uy Panduslar oʻrnatiladi. Toshkent shahri 1. Mirzo Ulugʻbek tumani Oʻrol Tansiqboyev uy-muzeyi Boʻz-1 mavzesi, 5-uy 1. 5 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Surdotarjimonlar uchun 2 ta planshet xarid qilinadi. 3. Panduslar oʻrnatiladi. 4. Sanitariya-gigiyena shoxobchasi toʻliq moslashtiriladi. Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida 2. Sergey Yesenin muzeyi Lev Tolstoy berk koʻchasi, 20-uy 1. 5 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Surdotarjimonlar uchun 2 ta planshet xarid qilinadi. 3. Panduslar oʻrnatiladi. 4. Sanitariya-gigiyena shoxobchasi toʻliq moslashtiriladi. 3. Muxtor Ashrafiy uy-muzeyi Buyuk ipak yoʻli mavzesi, 15/25-uy 1. 5 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Surdotarjimonlar uchun 2 ta planshet xarid qilinadi. 3. Panduslar oʻrnatiladi. 4. Sanitariya-gigiyena shoxobchasi toʻliq moslashtiriladi. 4. Yakkasaroy tumani Abdulla Qahhor uy-muzeyi Yunus Rajabiy koʻchasi, 26/1-uy 1. 3 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Surdotarjimonlar uchun 1 ta planshet xarid qilinadi. 3. Panduslar oʻrnatiladi. 4. Sanitariya-gigiyena shoxobchasi toʻliq moslashtiriladi. Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida 5. Yunus Rajabiy uy-muzeyi Yunus Rajabiy koʻchasi, 20/1-uy 1. 2 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Surdotarjimonlar uchun 1 ta planshet xarid qilinadi. 3. Panduslar oʻrnatiladi. 4. Sanitariya-gigiyena shoxobchasi toʻliq moslashtiriladi. 6. Tamara Xonim uy-muzeyi Tamara Xonim koʻchasi, 1/41-uy 1. 2 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Surdotarjimonlar uchun 1 ta planshet xarid qilinadi. 3. Panduslar oʻrnatiladi. 4. Sanitariya-gigiyena shoxobchasi toʻliq moslashtiriladi. 7. Chilonzor tumani Gʻafur Gʻulom uy-muzeyi Arpapoya koʻchasi, 1-uy 1. 2 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Surdotarjimonlar uchun 1 ta planshet xarid qilinadi. 3. Panduslar oʻrnatiladi. 4. Sanitariya-gigiyena shoxobchasi toʻliq moslashtiriladi. 8. Olmazor tumani Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi Zarqaynar koʻchasi, 1-uy 1. 11 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Surdotarjimonlar uchun 3 ta planshet xarid qilinadi. 3. Panduslarga tutqichlar oʻrnatiladi. 9. Abdulla Qodiriy memorial muzeyi Zarqaynar koʻchasi, 6-uy 1. 2 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Surdotarjimonlar uchun 1 ta planshet xarid qilinadi. 3. Sanitariya-gigiyena shoxobchasi toʻliq moslashtiriladi. 10. Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi Sharof Rashidov koʻchasi, 3-uy 1. 10 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Surdotarjimonlar uchun 3 ta planshet xarid qilinadi. 3. Lift/panduslar oʻrnatiladi. 4. Sanitariya-gigiyena shoxobchasi toʻliq moslashtiriladi. 11. Temuriylar tarixi davlat muzeyi Amir Temur koʻchasi, 1-uy 1. 10 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Surdotarjimonlar uchun 3 ta planshet xarid qilinadi. 3. Lift/panduslar oʻrnatiladi. 4. Sanitariya-gigiyena shoxobchasi toʻliq moslashtiriladi. 12. Yunusobod tumani Oybek (Muso Toshmuhammad) uy-muzeyi Iftixor-1 koʻchasi, 26-uy 1. 2 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Surdotarjimonlar uchun 1 ta planshet xarid qilinadi. 3. Panduslar oʻrnatiladi. 4. Sanitariya-gigiyena shoxobchasi toʻliq moslashtiriladi. Madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va tiklash uchun Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar doirasida 13. Xalqaro madaniyat karvon saroyi Yusuf Xos Hojib koʻchasi, 37A-uy 1. 2 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Surdotarjimonlar uchun 1 ta planshet xarid qilinadi. 3. Sanitariya-gigiyena shoxobchasi toʻliq moslashtiriladi. 14. Kamoliddin Behzod nomidagi Sharq miniatura sanʼati muzeyi Sharof Rashidov koʻchasi, 40-uy 1. 4 ta audiogid xizmati yoʻlga qoʻyiladi. 2. Surdotarjimonlar uchun 1 ta planshet xarid qilinadi. 3. Panduslar oʻrnatiladi. 4. Sanitariya-gigiyena shoxobchasi toʻliq moslashtiriladi.
Izoh: dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish jarayonida ularni moliyalashtirish manbalari va xarajatlariga aniqlik kiritilishi mumkin.
1 296 mlrd soʻm, shundan:
Respublika budjeti mablagʻlari 1 084 mlrd soʻm
Mahalliy budjet mablagʻlari 212 mln soʻm
