“Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish, klaster aʼzolari (ishtirokchilari)ni roʻyxatdan oʻtkazish va ularga guvohnomalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (3489-son)
10.01.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 10-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3489]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-yanvardagi PQ-4574-son “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-iyundagi 339-son “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri faoliyatini yanada takomillashtirish hamda qurilish ishlarini jadallashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi qaror qiladilar:
1. “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish, klaster aʼzolarini (ishtirokchilarini) roʻyxatdan oʻtkazish va ularga guvohnomalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Sogʻliqni saqlash vaziri A. INOYATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 22-dekabr,
11-son
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri L. KUDRATOV
Toshkent sh.,
2023-yil 20-dekabr,
2023/31-10-son
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A. ORTIKOV
Toshkent sh.,
2023-yil 15-dekabr,
01/14-07-2/30-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2023-yil 23-noyabr
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil D. KASIMOV
2023-yil 24-noyabr
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasi raisi Sh. KUDBIYEV
2023-yil 29-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 11-son, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2023-yil 20-dekabrdagi 2023/31-10-son hamda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2023-yil 14-dekabrdagi 01/14-07-2/30-son qaroriga ILOVA
“Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish, klaster aʼzolari (ishtirokchilari)ni roʻyxatdan oʻtkazish va ularga guvohnomalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Ushbu Nizom “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri (bundan buyon matnda Klaster deb yuritiladi) hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish, Klaster aʼzolari (ishtirokchilari)ni roʻyxatdan oʻtkazish va ularga guvohnomalarni berish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
investitsiya loyihasi — iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa foyda olish uchun investitsiyalarni amalga oshirishga yoxud jalb etishga qaratilgan, oʻzaro bogʻliq boʻlgan tadbirlar majmui;
loyiha tashabbuskori — Klaster hududida chet el investitsiyalari, oʻz mablagʻlari va/yoki bank kreditlari hisobiga investitsiya loyihasini amalga oshirish tashabbusi bilan murojaat qilgan yuridik shaxs;
klaster aʼzosi (ishtirokchisi) — Klaster aʼzosi (ishtirokchisi) guvohnomasi va Klaster aʼzosi (ishtirokchisi) maqomini olgan yuridik shaxs.
2. Klaster hududida amalga oshirish uchun taklif etiladigan investitsiya loyihalariga doir talablarga quyidagilar kiradi:
arxitektura va qurilish, texnik jihatdan tartibga solish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, mehnatni muhofaza qilish hamda sanoat xavfsizligi sohasidagi qonunchilik talablariga muvofiqlik;
moliyalashtirish manbalarining mavjudligi;
ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan faoliyat yoʻnalishlariga muvofiqligi;
texnologik uskunalar va texnologik jarayonlar koʻrsatkichlarining zamonaviy energiya samaradorligi talablariga muvofiqligi.
3. Klaster hududiga quyidagi yoʻnalishdagi investitsiya loyihalari joylashtirilishi mumkin:
innovatsion va yuqori sifatli dori vositalarini ishlab chiqarish;
tibbiy buyumlar ishlab chiqarish;
tibbiy texnika ishlab chiqarish;
biologik faol qoʻshimchalar, vitaminlar, sport ozuqalari, kosmetika va gigiyenik vositalar ishlab chiqarish;
farmatsevtika mahsulotlarini zamonaviy va innovatsion usulda saqlash, tashish va logistikasi.
4. Klaster hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish boʻyicha tashkiliy masalalar “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterini rivojlantirish direksiyasi (bundan buyon matnda Direksiya deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
2-bob. Investitsiya buyurtmanomasini berish
5. Loyiha tashabbuskori Klaster hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun investitsiya buyurtmanomasini Direksiyaga qogʻoz yoki elektron shaklda taqdim etadi.
Investitsiya buyurtmanomasiga quyidagilar ilova qilinadi:
yuridik shaxs ustavining koʻchirma nusxasi va chet el yuridik shaxsi uchun, shuningdek va yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning koʻchirma nusxalari (yuridik shaxs uchun);
mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi investitsiya loyihasining biznes-rejasi;
investitsiya bitimining loyihasi.
6. Investitsiya buyurtmanomasida yuridik shaxsga berilgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami koʻrsatiladi, chet el yuridik shaxsi uchun esa tegishli chet davlatning qonunchiligiga muvofiq soliq toʻlovchi identifikatsiya raqamining oʻxshashi koʻrsatiladi. Investitsiya buyurtmanomasida loyiha tashabbuskorining yer uchastkasini elektron onlayn-auksionga qoʻyish chogʻidagi boshlangʻich narx haqidagi, shuningdek har yilgi ijara toʻlovi miqdori haqidagi takliflari ham nazarda tutilishi mumkin.
7. Chet el yuridik shaxslari mazkur Nizomning 5-bandi uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan, chet el yuridik shaxsi chet davlatning qonunchiligiga binoan yuridik shaxs ekanligini tasdiqlovchi legallashtirilgan hujjatlarning davlat va ingliz tiliga qilingan tarjimasini notarial tartibda tasdiqlangan holda taqdim etadi.
Chet el yuridik shaxslari tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni legallashtirish talab qilinmaydi, agar:
mazkur Nizomning 5-bandi uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan hujjatlarga apostil qoʻyilgan boʻlsa;
hujjatlar shartlashayotgan taraflardan birining hududida tayyorlanganligi yoxud muassasa yoki maxsus vakolat berilgan shaxs tomonidan ularning vakolati doirasida va belgilangan shaklda tasdiqlanganligi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilangan boʻlsa, bu hujjatlar boshqa shartlashuvchi taraflarning hududlarida maxsus guvohnomasiz qabul qilinadi.
3-bob. Investitsiya buyurtmanomasini ekspertiza qilish
8. Direksiyaga kelib tushgan investitsiya buyurtmanomasi oʻsha kunning oʻzida, ish vaqti tugaganidan keyin kelib tushgan boʻlsa, keyingi ish kuni roʻyxatdan oʻtkaziladi.
9. Investitsiya buyurtmanomasi va unga ilova qilingan hujjatlarni ekspertiza qilish va qaror qabul qilish muddati oʻn kunni tashkil etadi. Ekspertiza jarayonida investitsiya loyihasini amalga oshirishning iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi, shuningdek uning ilgʻor texnologiyalarni jalb qilish, innovatsiyalarni tatbiq etish darajasi va ishlab chiqarishning raqobatbardoshliligi aniqlanadi.
Direksiya ekspertiza qilishda investitsiya loyihasining quyidagi mezonlarga muvofiqligini oʻrganadi:
loyiha oldi hujjatlarini ishlab chiqish jarayonida loyiha tashabbuskori tomonidan qoʻyilgan maqsad va belgilangan vazifalarning aniqligi va asoslantirilganligi;
mazkur Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan talablarga muvofiqligi;
investitsiya loyihasini amalga oshirishning ijtimoiy ahamiyati va maqsadga muvofiqligi;
investitsiya loyihasi asosida taklif qilinayotgan mahsulot yoki xizmatga nisbatan talab mavjudligi yoki bunday talabning kelajakda shakllanishi ehtimoli;
investitsiya loyihasining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligi va oʻzini oqlashi.
10. Ekspertizani oʻtkazish yakunlariga koʻra investitsiya buyurtmanomasi va unga ilova qilinadigan hujjatlar Direksiya tomonidan qaytarish sabablari asoslantirilgan holda loyiha tashabbuskoriga kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytarilishi mumkin. Loyiha tashabbuskori qaytarish uchun asos boʻlgan sabablarni bartaraf etganidan keyin tuzatilgan hujjatlar takroriy ekspertiza qilish uchun kiritiladi.
11. Investitsiya buyurtmanomasini va unga ilova qilinadigan hujjatlarni takroriy ekspertiza qilish muddati besh kunni tashkil etadi.
Bunda, avval ekspertiza qilingan hujjatlar yangi asoslar boʻyicha rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
12. Direksiya tomonidan investitsiya buyurtmanomasi va unga ilova qilingan hujjatlarni ekspertiza qilish yakunlari boʻyicha ijobiy yoki salbiy xulosa beriladi.
13. Direksiya tomonidan investitsiya loyihasi boʻyicha quyidagi hollarda salbiy xulosa beriladi:
investitsiya loyihasining biznes-rejasi mazkur Nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan shaklga mos kelmasa;
mazkur Nizomning 2-bandida belgilangan talablarga muvofiq boʻlmasa;
investitsiya loyihasida ishlab chiqarish taklif qilinayotgan mahsulotga nisbatan talab mavjud boʻlmasa;
investitsiya loyihasi Klaster faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq boʻlmasa;
ilgari shunga oʻxshash investitsiya loyihasi boʻyicha qaror qabul qilingan boʻlsa;
loyiha tashabbuskori tomonidan yer uchastkasining kerakli maydoni asoslantirilmagan boʻlsa;
investitsiya loyihasini amalga oshirish hamda ishlab chiqarishning barqaror faoliyat yuritishi uchun zarur boʻlgan infratuzilma va muhandislik inshootlari (elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va texnik suv, kanalizatsiya, avtoyoʻl) hajmi oshkor etilmagan boʻlsa.
Ushbu bandning ikkinchi — sakkizinchi xatboshilarida koʻrsatilgan salbiy xulosa berish uchun asos boʻladigan holatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, Direksiya tomonidan investitsiya loyihasi boʻyicha ijobiy xulosa beriladi.
14. Direksiyaning xulosasi uning rahbari tomonidan imzolanadi hamda ijobiy xulosa imzolangan kundan boshlab bir kun ichida investitsiya buyurtmanomasi va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligiga (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) yuboriladi.
15. Direksiya salbiy xulosa qabul qilgan kundan boshlab bir kun ichida investitsiya buyurtmanomasi, unga ilova qilingan hujjatlar va xulosani loyiha tashabbuskoriga yuboradi.
Loyiha tashabbuskori investitsiya loyihasini qayta ishlagandan soʻng investitsiya buyurtmanomasini Direksiyaga takroran taqdim etishi mumkin. Bunda, takroran taqdim etilgan investitsiya buyurtmanomasi umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
4-bob. Investitsiya buyurtmanomasini ekspertiza qilish natijasi boʻyicha qaror qabul qilish
16. Direksiya tomonidan investitsiya buyurtmanomasi ekspertiza qilish yakunlari boʻyicha ijobiy xulosa berilganida Agentlik tomonidan Klaster hududida investitsiya loyihasi amalga oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi. Agentlik qarori bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
17. Bayonnomadan koʻchirma investitsiya buyurtmanomasini bergan loyiha tashabbuskoriga bayonnoma tasdiqlangan kundan eʼtiboran bir kun ichida Direksiya tomonidan yuboriladi.
18. Agentlikning Klaster hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisidagi qarori quyidagilar uchun asos boʻladi:
investitsiya buyurtmanomasida koʻrsatilgan investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan yer uchastkasini elektron-onlayn auksionga qoʻyish;
elektron-onlayn auksion gʻolibi bilan investitsiya bitimini tuzish;
loyiha tashabbuskoriga yer uchastkasini ijaraga berish.
19. Agentlikning qarorlari bilan maʼqullangan investitsiya buyurtmanomalarida belgilangan hajmlardagi yer uchastkalari Direksiya tomonidan elektron onlayn-auksionga chiqariladi. Bunda, yer uchastkasini auksionga chiqarishni boshqa tashkilotlar bilan kelishish, shu jumladan “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish talab etilmaydi.
5-bob. Klaster aʼzolarini (ishtirokchilarini) roʻyxatdan oʻtkazish va ularga Klaster aʼzosi (ishtirokchisi) guvohnomasini berish
20. Investitsiya bitimi yer uchastkalarini ijaraga berish boʻyicha elektron onlayn-auksion gʻolibi aniqlanganidan keyin loyiha tashabbuskori va Direksiya direktori tomonidan uch ish kuni ichida imzolanadi. Investitsiya bitimi investitsiya loyihasida bayon etilgan shartlar, muddatlar va tartib-taomillarga muvofiq tuziladi.
21. Direksiya investitsiya bitimi imzolanganidan keyin shu kunning oʻzida loyiha tashabbuskorini Klaster aʼzolari (ishtirokchilari) reyestriga kiritadi va unga mazkur Nizomning 2-ilovasi bilan tasdiqlangan shaklda Klaster aʼzosi (ishtirokchisi) guvohnomasini beradi.
22. Direksiya loyiha tashabbuskorini Klaster aʼzolarining (ishtirokchilarining) reyestriga kiritganidan keyin bir kun ichida bu haqida tegishli soliq, bojxona va statistika organlarini xabardor qiladi.
6-bob. Klaster aʼzosi (ishtirokchisi) maqomidan mahrum qilish
23. Loyiha tashabbuskori quyidagi hollarda Klaster aʼzosi (ishtirokchisi) maqomini yoʻqotadi:
Klaster aʼzosi (ishtirokchisi) ushbu Nizomning 3-bandida belgilangan faoliyat turlaridan boshqa faoliyat bilan shugʻullanganda;
Klaster aʼzosi (ishtirokchisi) boʻlgan yuridik shaxs tugatilganda (faoliyati tugatilganda);
Klaster aʼzosining (ishtirokchisining) joylashgan joyi oʻzgarib, yangi joylashgan joyi Klaster hududidan tashqarida boʻlgan taqdirda;
Klaster aʼzosi (ishtirokchisi) investitsiya bitimi boʻyicha majburiyatlarini bajarmaganda;
Klaster aʼzosining (ishtirokchisining) arizasiga asosan;
Klaster aʼzosi (ishtirokchisi) qayta tashkil etilgan taqdirda, bundan soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha bir xil imtiyozlarga ega boʻlgan Klaster aʼzolari (ishtirokchilari) oʻrtasida amalga oshiriladigan qoʻshib yuborish yoki qoʻshib olish mustasno.
24. Klaster aʼzosini (ishtirokchisini) maqomidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi qaror Agentlik tomonidan Direksiya taqdimiga binoan qabul qilinadi.
25. Ushbu Nizom 23-bandining ikkinchi va beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan asos boʻyicha loyiha tashabbuskorining Klaster (aʼzosi) ishtirokchisi maqomini yoʻqotganligi toʻgʻrisidagi qaror ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
26. Agentlikning qaroriga muvofiq Direksiya Klaster aʼzosi (ishtirokchisi) bilan investitsiya bitimini bekor qiladi va uni Klaster aʼzolari (ishtirokchilari)ning reyestridan chiqaradi.
27. Direksiya Klaster (aʼzosi) ishtirokchisi Klaster aʼzolari (ishtirokchilari)ning reyestridan chiqarilganidan keyin bir kun ichida bu haqida Klaster aʼzosini (ishtirokchisini), soliq, bojxona va statistika organlarini xabardor qiladi.
28. Loyiha tashabbuskorining Klaster aʼzosi (ishtirokchisi) maqomini yoʻqotishi soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlarning bekor qilinishiga olib keladi.
7-bob. Yakuniy qoidalar
29. Direksiya va Agentlik oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning sir saqlanishini taʼminlaydi.
30. Loyiha tashabbuskori Direksiya va Agentlik xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilikka muvofiq shikoyat qilishi mumkin.
31. Ushbu Nizom talablarini buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
“Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish, klaster aʼzolari (ishtirokchilari)ni roʻyxatdan oʻtkazish va ularga guvohnomalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Investitsiya loyihasining
BIZNES-REJASI
Investitsiya loyihasining nomi Loyiha tashabbuskorining nomi Investitsiya loyihasining umumiy qiymati (AQSh dollarida yoki AQSh dollari ekvivalentida) Investitsiya loyihasining koʻlami (quvvati) Investitsiya loyihasining tarkibiy qismlari (har birining narxlari koʻrsatilgan holda) Investitsiya loyihasining maqsadi va vazifalari (miqdorlari bilan) Investitsiya loyihasining moliyalashtirish manbalari Investitsiya loyihasining amalga oshirish davri 1. Kirish 1. Investitsiya loyihasi infratuzilma bilan taʼminlanganligi, koʻzda tutilayotgan joyni tavsiflovchi boshqa ijtimoiy-iqtisodiy koʻrsatkichlar va loyihaning taʼsir doirasi aks ettiriladi: ___________________________________________________________________________________________________________________ 2. Ushbu boʻlimda investitsiya loyihasidan koʻzlangan maqsadning Tarmoqni rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiqligini asoslantirish talab etiladi: ___________________________________________________________________________________________________________________ 2. Marketing boʻlimi 1. Investitsiya loyihasida koʻzda tutilayotgan mahsulot (xizmat)ga boʻlgan mavjud va istiqboldagi (loyihaning yashash davri mobaynida) talabga baho beriladi: ___________________________________________________________________________________________________________________ 2. Mahsulot (xizmat)ning bozordagi, shu jumladan eksport hajmlari va narxlari tahlilini hisobga olgan holda talab tahlili (uning tendensiyalari): ___________________________________________________________________________________________________________________ 3. Talabning miqdor koʻrsatkichlarini baholash va asoslantirish, uning tendensiyalari va mahsulot (xizmat) narxlarini oʻzida aks ettiruvchi loyihadan koʻzlangan ijtimoiy-iqtisodiy foyda tahlili: ___________________________________________________________________________________________________________________ 3. Texnologik boʻlim Texnologiyalar va uskunalar toʻgʻrisida maʼlumot, ularning dunyo standartlariga muvofiqligi, shu vaqtgacha foydalanilayotgan uskunalar bilan texnologik muvofiq kelishi, “narx-sifat” boʻyicha eng maqbul muvofiqlik, texnologiyalar va uskunalar tanlovining muqobil variantlari, innovatsion uskunalarni qoʻllash, loyihada sifat koʻrsatkichlaridan foydalanilishi, loyihaga qoʻyiladigan texnik va texnologik talablarni belgilovchi normativ hujjatlar koʻrsatiladi: ___________________________________________________________________________________________________________________ 4. Ekologik boʻlim Investitsiya loyihasining ekologik jihatlari aks ettiriladi: ___________________________________________________________________________________________________________________ 5. Arxitektura-qurilish boʻlimi 1. Vaziyatni rejalashtirish: ___________________________________________________________________________________________________________________ 2. Qurilish maydoni (trassasi)ning shaharsozlik talablari, tumanni rejalashtirish loyihalari, shahar va qishloq aholi punktlarining bosh rejalariga muvofiq holda joylashtirish sxemalari, tarmoqlar, temir yoʻllar va avtomobil yoʻllari, neft va gaz quvurlari, energiya tizimlari, aloqa tarmoqlarini inobatga olgan holda hududni arxitektura-rejalashtirish loyihalari bayoni: ___________________________________________________________________________________________________________________ 3. Bosh reja sxemasi, bino va korpuslar joylashuvi: ___________________________________________________________________________________________________________________ 4. Muhandislik uskunalari, tarmoqlari va tizimlari: ___________________________________________________________________________________________________________________ 5. Muhandislik tarmoqlari, kommunikatsiyalari va inshootlari (suv taʼminoti, oqava tarmoqlari, elektr taʼminoti, gaz taʼminoti, issiqlik taʼminoti, yongʻinni oʻchirish, havo aylanishi, aloqa, xabar berish tizimi va hokazo) boʻyicha texnologik va texnik yechimlar bayoni, asosiy koʻrsatkichlari; ___________________________________________________________________________________________________________________ 6. Qurilish-montaj ishlari hajmining pul ifodasidagi qiymati: ___________________________________________________________________________________________________________________ 7. Oʻxshash loyihalar, ommaviy loyihalar, takroran qoʻllaniladigan yakka tartibdagi loyihalardan foydalangan holda amalga oshirilgan variantlarni, tijorat ta�liflari asosida va (yoki) qabul qilingan loyiha yechimlari boʻyicha qurilish chizmalari, nuqson dalolatnomalari, jismoniy ishlar hajmlari asosida qurilish-montaj ishlarining chegaralangan qiymati hisob-kitoblari: ___________________________________________________________________________________________________________________ 6. Moliyaviy-iqtisodiy boʻlim 1. Moliyaviy xarajatlar va daromadlarning dastlabki baholari va asoslarini, loyihani moliyalashtirishning muqobil sxemalari va manbalarini, shuningdek, loyihani amalga oshirishning moliyaviy samaradorligini baholash, moliyaviy modelini oʻzida aks ettiradi: ___________________________________________________________________________________________________________________ 2. Investitsiya loyihasining amalga oshirish yillari va texnologik bosqichlari boʻyicha investitsiya davri aks ettirilgan loyihani amalga oshirishning batafsil grafigi: ___________________________________________________________________________________________________________________ 3. Investitsiya loyihasining moliyaviy koʻrsatkichlari: ___________________________________________________________________________________________________________________ 4. Mahsulot tannarxi, tariflar, mahsulot (xizmat)ning chiqish narxi hisob-kitobi: ___________________________________________________________________________________________________________________ 5. Savdolardan keladigan tushum hisob-kitobi, taqsimlanmagan va sof foyda hisob-kitobi: ___________________________________________________________________________________________________________________ 6. Pul mablagʻlari oqimining yigʻma hisob-kitobi: ___________________________________________________________________________________________________________________ 7. Diskont usullari yordamida investitsiya loyihasini tahlil qilish, shu jumladan sof diskont daromad (NPV), foydalilikning ichki normasi (IRR). ___________________________________________________________________________________________________________________ 7. Ijtimoiy boʻlim 1. Investitsiya loyihasining ijtimoiy jihatlarini va uni amalga oshirishdan benefitsiarlar koʻradigan foydani oʻzida aks ettiradi: ___________________________________________________________________________________________________________________ 2. Investitsiya loyihasining mehnat resurslariga ehtiyoji va uning aholi bandligiga taʼsiri: ___________________________________________________________________________________________________________________ 3. Ishchilar va mutaxassislarni oʻqitish va qayta tayyorlash dasturi: ___________________________________________________________________________________________________________________ 4. Mavjud quvvatlardan foydalanish va ularni optimal joylashtirish doirasida loyihaning qabul qilingan hukumat qarorlari hamda tarmoqlar, hududlar boʻyicha ijtimoiy sohadagi va “boshqa tarmoqlardagi” rivojlantirish Konsepsiyalariga muvofiqligini hisobga olgan holda uning ijtimoiy ahamiyati: ___________________________________________________________________________________________________________________ Umumiy xulosalarda loyihaning asosiy ustunliklari va kamchiliklari, loyihani amalga oshirishning tavakkalchiliklari hamda boshqa xulosalar aks ettiriladi. Loyiha tashabbuskori: _________________________________ ___________ ___________ (Yuridik shaxs rahbari yoki jismoniy shaxsning F.I.O.) (imzo) (sana)
“Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida investitsiya loyihalarini joylashtirish, klaster aʼzolari (ishtirokchilari)ni roʻyxatdan oʻtkazish va ularga guvohnomalarni berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI GERBI “TASHKENT PHARMA PARK” INNOVATSION ILMIY-IShLAB ChIQARISh FARMATSEVTIKA KLASTERINI RIVOJLANTIRISh DIREKSIYASI” DAVLAT MUASSASASI GUVOHNOMA Tartib raqami: __________________________ Berildi: ____________________________________________________________________________________ ga (tashkilot nomi) “TASHKENT PHARMA PARK” INNOVATSION ILMIY-IShLAB ChIQARISh FARMATSEVTIKA KLASTERI IShTIROKChISI SIFATIDA Berilgan sana: __________________________ Asos: __________________________________________________________________________________________ _______________________________________________________________________________________________ (Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi qarorining sanasi va raqami) Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR kodi): ________________________ Direktor:______ ____________________________ ______ __________________________ __________________________(F.I.Sh..)______________________________(QR kod)
