“831-modda. Oʻzbekiston Respublikasi referendumiga chiqarilayotgan masalalarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa berish haqidagi ishlarni yuritish
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-895-son) · Sana: 12.01.2024 · Amalda
Konstitutsiyaviy sud Oʻzbekiston Respublikasi referendumiga chiqarilayotgan masalalarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligini aniqlaydi.
Ishni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha Konstitutsiyaviy sud quyidagi xulosalardan birini beradi:
Oʻzbekiston Respublikasi referendumiga chiqarilayotgan masalalarni Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq emas deb topish toʻgʻrisida;
Oʻzbekiston Respublikasi referendumiga chiqarilayotgan masalalarni Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq deb topish haqida.
Ushbu moddada nazarda tutilgan ishlar boʻyicha Konstitutsiyaviy sud tegishli hujjatlar olingan kundan eʼtiboran oʻn besh kundan kechiktirmay qaror qabul qiladi”.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2024-yil 12-yanvar,
OʻRQ-895-son
