32-modda. Saylov byulleteni
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida (1050-XII-son) · Sana: 05.05.1994 · Amalda
Saylov byulleteniga deputatlikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi alifbo tartibida kiritilib, uning tugʻilgan yili, egallab turgan lavozimi (mashgʻulotining turi) va uni deputatlikka nomzod etib koʻrsatgan siyosiy partiya yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi koʻrsatiladi.
Saylov byulletenida uni toʻldirish tartibi toʻgʻrisida tushuntirish boʻlishi kerak.
Byulletenlar davlat tilida, shuningdek tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasining qaroriga binoan saylov okrugi aholisining koʻpchiligi muomala qiladigan tillarda nashr etiladi.
