253-modda. Saylovoldi tashviqotini bosma, koʻrgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini chiqarish hamda tarqatish orqali olib borish
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida (1050-XII-son) · Sana: 05.05.1994 · Amalda
Siyosiy partiyalarga bosma, koʻrgazmali, audiovizual materiallarni, fonogrammalarni, bosma mahsulotning elektron shakllarini va boshqa tashviqot materiallarini moneliksiz chiqarish hamda tarqatish uchun teng sharoitlar yaratib beriladi. Tashviqot materiallari Oʻzbekiston Respublikasi hududida tayyorlanishi kerak.
Bosma, koʻrgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
tashviqot materiallarini tayyorlagan yuridik shaxsning nomi (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi), joylashgan yeri (pochta manzili) va u haqdagi boshqa maʼlumotlar;
tashviqot materiallariga buyurtma bergan yuridik shaxsning nomi (jismoniy shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismi);
tashviqot materiallarining adadi, chiqarilgan sanasi toʻgʻrisidagi axborot.
Binolarga, inshootlarga va boshqa joylarga ilgari joylashtirilgan saylovoldi tashviqoti materiallari saylovga bir kun qolganida mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan olib qoʻyiladi.
