13-modda. Okrug saylov komissiyasining vakolatlari
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida (1050-XII-son) · Sana: 05.05.1994 · Amalda
Okrug saylov komissiyasi:
1) saylov okrugi hududida ushbu Qonun ijrosini nazorat qiladi:
2) saylov uchastkalarining manzilini okrug saylovchilari eʼtiboriga yetkazadi;
3) deputatlikka nomzodlarning saylov kompaniyasida ishtirok etishlari uchun teng sharoitlar taʼminlaydi;
4) tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan roʻyxatga olingan deputatlikka nomzodlarga guvohnomalar beradi;
5) deputatlikka nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarini tashkil etishga koʻmaklashadi;
6) deputatlikka nomzodlarning ishonchli vakillarini roʻyxatga oladi va ularga tegishli guvohnomalar beradi;
7) siyosiy partiyalar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari vakillarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar rahbarlarining saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan axborotlarini eshitadi;
8) saylovchilarning roʻyxatlari tuzilishi va hamma tanishib chiqishi uchun taqdim etilishini kuzatib boradi;
9) saylov okrug boʻyicha saylov byulleteni matnini tasdiqlaydi va uchastka saylov komissiyalarini saylov byulletenlari bilan taʼminlaydi;
10) saylov okrugi boʻyicha saylov natijalarini aniqlaydi va tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga taqdim etadi;
11) takroriy ovoz berish va takroriy saylov, shuningdek boʻshab qolgan oʻringa deputat saylovi oʻtkazilishini tashkil etadi;
12) uchastka saylov komissiyalarining qarorlari va xatti-harakatlari ustidan tushgan ariza hamda shikoyatlarni koʻrib chiqadi va ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
13) ushbu Qonun va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunlariga muvofiq oʻzga vakolatlarni amalga oshiradi.
