Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida (1050-XII-son) · Sana: 05.05.1994 · Amalda
Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan saylovga kamida sakson kun qolganida komissiyaning raisi va olti — oʻn toʻrt nafar boshqa aʼzosidan iborat tarkibda tuziladi hamda oʻz vakolatlarini tegishli xalq deputatlari Kengashlariga saylov yuzasidan navbatdagi saylov kampaniyasi boshlanganligi eʼlon qilingunga qadar amalga oshiradi.
Komissiya raisining oʻrinbosari va komissiya kotibi komissiyaning birinchi majlisida uning aʼzolari orasidan saylanadi. Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi oʻz tarkibi, joylashgan manzili va telefon raqamlariga doir maʼlumotlarni rasmiy mahalliy matbuot organlarida eʼlon qiladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-67462
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 10-modda. Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasini tuzish Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov toʻgʻrisida (1050-XII-son). neolex.uz/uz/laws/law-67440/10 (lex.uz/docs/-67462)