Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamkorligida “Elektron parlament” tizimini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlislarini aholiga toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatish tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisida (3669-IV-son)
06.11.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamkorligida “Elektron parlament” tizimini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlislarini aholiga toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatish tizimini foydalanishga topshirish boʻyicha muhokamalar bayonnomasi ijrosini samarali tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamkorligida “Elektron parlament” tizimini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlislarini aholiga toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatish tizimini takomillashtirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
2. Ishchi guruhning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamkorligida “Elektron parlament” tizimini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlislarini aholiga toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatish tizimini foydalanishga topshirish boʻyicha muhokamalar bayonnomasida belgilangan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishini taʼminlash;
“Elektron parlament” tizimini takomillashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi majlislarini aholiga toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatish tizimi foydalanishga topshirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
xalqaro hamkorlar bilan aloqa oʻrnatish.
3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A. Qodirov zimmasiga yuklatilsin.
4. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 6-noyabr,
3669-IV-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2023-yil 6-noyabrdagi 3669-IV-sonli qarorigaILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) hamkorligida “Elektron parlament” tizimini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlislarini aholiga toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatish tizimini takomillashtirish ishlarini amalga oshirish boʻyicha ishchi guruh tarkibi
