“Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi QL-1084-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi toʻgʻrisida (3721-IV-son)
27.11.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
qarori
“Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi QL-1084-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasining xulosasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari X. Gapporov, M. Xodjayeva va Sh. Sharafutdinov tomonidan 2023-yil 20-noyabrda kiritilgan “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 13-moddasiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi QL-1084-sonli Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi koʻrib chiqishi uchun qabul qilinsin.
2. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2023-yil 27-noyabr,
3721-IV-son
