“Xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida (733-XII-son)
09.12.1992
Oʻzbekiston RespUblikasi OLIY KengashiNING
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni eʼlon qilingan paytdan amalga kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oylik muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiq holga keltirish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga taqdim etsin;
Ushbu Qonunning tatbiq etilishini taʼminlovchi zarur meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqsin;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini “Xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirsin, respublika vazirliklari, davlat qoʻmitalari, idoralari oʻzlarining ushbu Qonunga zid boʻlgan meʼyoriy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlarini va bekor qilishlarini taʼminlasin.
3. Belgilab qoʻyilsinki, ushbu Qonun amalga kiritilgunga qadar tuzilgan xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari oʻz xoʻjalik faoliyatlarini oʻz ustavlariga muvofiq yuritishga haqlidirlar.
4. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari “Xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiqlashtirilgunga qadar amaldagi qonun hujjatlarining mazkur Qonunga zid kelmaydigan qismi qoʻllanilaveradi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Iqtisodiy islohot, budjet siyosati va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish qoʻmitasi ushbu Qonunning ijrosi ustidan nazorat oʻrnatsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 9-dekabr,
733-XII-son
