Oʻzbekiston Respublikasida dasturiy budjetlashtirish tizimini joriy etishda budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet dasturlarini ishlab chiqish, monitoringini yuritish va ularning samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (4-son)
04.01.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining “2023-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, budjet mablagʻlari samaradorligini baholashning maqsadli koʻrsatkichlarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasida dasturiy budjetlashtirish tizimini joriy etishda budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet dasturlarini ishlab chiqish, monitoringini yuritish va ularning samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
dasturiy budjetlashtirish tizimini joriy etishda budjet dasturlarini ishlab chiqish tartibi va muddatlari;
budjet dasturlari maqsadli indikatorlarining tarkibi va ularga qoʻyiladigan talablar;
budjet dasturlarini moliyalashtirish manbalari;
budjet dasturlarining ijrosini taʼminlash va monitoringini yuritish, shuningdek, ularning ijrosi boʻyicha hisobotlar tayyorlash;
budjet dasturlari samaradorligini baholash va ularning ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ochiqligini taʼminlash.
2. Belgilansinki, quyidagilar budjet dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida aniq maqsadlar va natijalarga qaratilgan sifat hamda miqdor koʻrsatkichlarini (indikatorlarini) shakllantirish;
budjet loyihasini tuzishda va qabul qilishda budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning moliyaviy mustaqilligini oshirish;
budjet dasturlarining ijrosi boʻyicha masʼul budjet mablagʻlari taqsimlovchilarning jamoatchilik oldidagi hisobdorligini oshirish;
ijtimoiy-iqtisodiy yoʻnalishlarda belgilangan strategik maqsad va vazifalardan kelib chiqib, amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning natijadorligini tahlil qilish va baholash.
3. Birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar:
budjet dasturlari oʻrta muddatli davr uchun sohani rivojlantirish dasturlari (konsepsiya va strategiyalar), Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, milliy barqaror rivojlanish maqsadlarida belgilangan maqsad va vazifalarga muvofiq ishlab chiqilishini;
har yili 1-mayga qadar oʻrta muddatli davr uchun budjet dasturlarining dastlabki roʻyxati va hisob-kitoblari, shuningdek, ularning yakuniy loyihasi har yili 1-avgustga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etilishini;
har chorak yakuni boʻyicha vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari tomonidan budjet dasturlarining ijrosi baholanishi;
budjet dasturlarining ijrosi va ularni baholash natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlari har chorak yakuni bilan keyingi oyning 20-sanasiga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etilishini taʼminlasin.
Bunda budjet dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, monitoringini yuritish va hisobotlarni tayyorlash bilan bogʻliq jarayonlarni muvofiqlashtirish uchun masʼul etib birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning tegishli rahbar oʻrinbosari biriktiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasi birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarga ajratilgan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari va budjet dasturlari kesimida ishlab chiqilishini;
2024-yil 1-sentabrga qadar “UzASBO” dasturiy majmuasida budjet dasturlarini shakllantirish, tasdiqlash, roʻyxatga olish va ularni ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni elektron shaklda amalga oshirilishini;
2024-yil 1-noyabrga qadar “Ochiq budjet” axborot portalida birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet dasturlari ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarini keng jamoatchilikka yetkazish tartibi joriy etilishini taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 4-yanvar,
4-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-yanvardagi 4-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasida dasturiy budjetlashtirish tizimini joriy etishda budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet dasturlarini ishlab chiqish, monitoringini yuritish va ularning samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasida dasturiy budjetlashtirish tizimini joriy etishda birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar (keyingi oʻrinlarda — mablagʻ taqsimlovchi organlar) tomonidan budjet tashkilotlari va budjetdan mablagʻ oluvchilarning ijtimoiy hamda iqtisodiy vazifa va funksiyalarini amalga oshirishga qaratilgan budjet dasturlarini ishlab chiqish, monitoringini yuritish va ularning samaradorligini baholash tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom talablari Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
bevosita natija koʻrsatkichi — bajarilgan ishlar, koʻrsatilgan xizmatlar va har bir tadbir uchun sotib olingan tovarlar hajmini tavsiflovchi miqdor koʻrsatkichi;
budjet dasturi — budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan aniq vazifalarni bajarish va strategik rivojlanish hujjatlarida belgilangan maqsadlarga erishishga qaratilgan quyi dasturlar va/yoki tadbirlar majmui;
dasturiy budjetlashtirish — budjet tizimi budjetlari xarajatlarini budjet dasturlariga asosan rejalashtirish, ijrosini taʼminlash, nazorat qilish va hisobot tizimi;
maqsadli indikatorlar — budjet dasturlarida belgilangan maqsadlarga pirovardida erishiladigan va bevosita natijalarni belgilab beruvchi yakuniy koʻrsatkichlar;
tadbir — budjet dasturi yoki quyi dasturning ish va xizmatni (muayyan muammoni) hal qilishga qaratilgan bitta tadbirni oʻz ichiga oladigan bir qismi;
quyi dastur — budjet dasturining muayyan natijaga erishishga yoʻnaltirilgan faoliyatning oʻzaro bogʻliq yoʻnalishlari boʻyicha bir nechta tadbirlar majmuidan iborat tarkibiy qismi;
yakuniy natija koʻrsatkichi — erishiladigan asosiy maqsadni tavsiflovchi koʻrsatkich boʻlib, mablagʻ taqsimlovchi organlarning faoliyati boʻyicha sifat va miqdor oʻzgarishlarini aks ettiradi.
3. Budjet dasturlarining maqsadli indikatorlari quyidagi tamoyillar asosida shakllantiriladi:
natijadorlik — budjet dasturlarining pirovardida erishiladigan maqsadlarga yoʻnaltirilganligi;
tushunarlilik — indikatorlar mohiyati mutaxassislar tomonidan ham xizmatlarning yakuniy foydalanuvchilari, shu jumladan, alohida isteʼmolchilar uchun ham tushunarli boʻlishi lozim, shu munosabat bilan nisbatan murakkab koʻrsatkichlardan foydalanish tavsiya etilmaydi;
obyektivlik — pirovardida erishiladigan natijalarni aniq aks ettirish va ularning oʻlchanishi mavhum (abstrakt) boʻlmasligi;
iqtisodiy samaradorlik — hisobot maʼlumotlarini olishda kam xarajat bilan amalga oshirilishi, maʼlumotlarni toʻplashning mavjud tizimlariga maksimal darajada asoslanishi lozim;
qiyosiylik — indikatorlarni tanlash maʼlumotlarning uzluksiz toʻplanishi va maʼlum davrlar uchun oʻxshash (bogʻliq) vazifalarni hal etishda erishilgan yutuqlarni baholash uchun foydalaniladigan koʻrsatkichlar, shuningdek, xalqaro amaliyotda qoʻllaniladigan koʻrsatkichlar bilan taqqoslashni taʼminlashi lozim;
ochiqlik — indikatorlarni ishlab chiqishda fuqarolar va keng jamoatchilikning faol ishtirok etishi mumkinligi;
baholash imkonining mavjudligi — maqsadli indikatorlarni baholash (hisoblash) imkonining mavjudligi.
Budjet dasturlarining maqsadli indikatorlari Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari va mablagʻ taqsimlovchi organlarning strategik maqsadlari va konsepsiyalariga muvofiq ishlab chiqiladi.
4. Budjet dasturini ishlab chiqish, ijrosini taʼminlash, hisobotini tuzish va baholash mazkur Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Budjet dasturlarini ishlab chiqish tartibi
5. Budjet dasturlari mablagʻ taqsimlovchi organlarning oʻrta muddatli davr uchun sohani rivojlantirish dasturlari (konsepsiya va strategiya) Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, milliy barqaror rivojlanish maqsadlarida belgilangan maqsad va vazifalar asosida ishlab chiqiladi.
Bunda budjet dasturlari mablagʻ taqsimlovchi organlarning maqsad va funksional vazifalaridan kelib chiqib, bitta yoki bir nechtadan budjet dasturidan iborat boʻlishi mumkin.
6. Budjet dasturini ishlab chiqish uchun mablagʻ taqsimlovchi organ tomonidan ishchi guruh tuzilib, uning tarkibida strategik rejalashtirish, soha mutaxassislari hamda iqtisod va moliyalashtirish yoʻnalishlari boʻyicha xodimlar jalb etiladi.
Bunda ishchi guruh faoliyatini boshqarish mablagʻ taqsimlovchi organning rahbari yoki rahbar oʻrinbosariga yuklanadi.
7. Budjet dasturlari quyidagi asosiy tamoyillarga muvofiq shakllantiriladi:
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlariga, shuningdek, mablagʻ taqsimlovchi organlarning vakolatlari va vazifalariga mos kelishi;
yuridik va jismoniy shaxslarga koʻrsatiladigan xizmatlarga yoʻnaltirilgan boʻlishi va uning nomi taqdim etilayotgan xizmatni koʻrsatishi;
maqsad va vazifalarga ega boʻlishi, bunda maqsad va vazifalar aniq, tushunarli va haqiqatda erisha oladigan boʻlishi, turli xil dasturlar oʻrtasida takrorlanish boʻlmasligi, shuningdek, har bir dasturning maqsadi aniq belgilangan boʻlishi va maqsadli indikatorlar bilan oʻlchanishi;
maqsadli indikatorlar haqiqatda ijro holati, joriy davrdagi kutilayotgan ijro va oʻrta muddatli prognozlarni oʻz ichiga olishi;
maqsadlarga erishish uchun resurslarga (mutaxassislarga, uskunalar, tovar va materiallar, binolar va boshqalar) boʻlgan ehtiyojni asoslash;
budjet dasturini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan barcha xavf-xatarlar hisobga olinishi;
boshqarish tizimini aniqlash (chora-tadbirlar rejasi) boʻlinmalarining vakolatlari va majburiyatlarini belgilash.
8. Mablagʻ taqsimlovchi organlar tomonidan ishlab chiqiladigan budjet dasturi tarkibiga quyidagilar kiradi:
mazkur Nizomga 2-ilovada keltirilgan shakldagi Budjet dasturining mundarijasi;
mazkur Nizomga 3-ilovada keltirilgan shakldagi Budjet dasturining pasporti;
mazkur Nizomga 4-ilovada keltirilgan shakldagi Budjet dasturining tavsifi.
9. Budjet dasturi mundarijasi budjet dasturining tarkibiy qismlarini oʻzida mujassamlashtirib, sahifalar raqamini ifoda etadi.
10. Budjet dasturi pasporti budjet dasturining maqsad va vazifalari, muddati, quyi dastur va tadbirlar nomi, moliyalashtirish hajmlari va manbalari, shuningdek, boshqa alohida xususiyatlar toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi shakl hisoblanadi.
11. Budjet dasturi tavsifi budjet dasturining batafsil yoritilgan quyidagi maʼlumotlarini oʻz ichiga oluvchi shakl hisoblanadi:
budjet dasturi orqali hal qilinadigan muammolar tavsifi;
budjet dasturining maqsadi, vazifalari va kutilayotgan natijalari, shu jumladan, ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va boshqa oqibatlari;
budjet dasturining quyi dastur va tadbirlari tavsifi, shuningdek, ularni amalga oshirish muddatlari;
resurslarga boʻlgan talablarning batafsil hisob-kitobi va budjet dasturini moliyalashtirish manbalari va hajmlarini taʼminlash uchun taklif etilayotgan dastur tadbirlarining roʻyxati va tavsifi;
budjet dasturi ijrosini taʼminlash boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar.
Bunda mablagʻ taqsimlovchi organlar tomonidan budjet dasturi tavsifi mazkur Nizomga 4a — 4v-ilovalarda keltirilgan shakllarda tuziladi.
12. Budjet dasturi tavsifida budjet dasturini moliyalashtirish manbalari va hajmlarini aks ettirishda quyidagilar inobatga olinadi:
har bir quyi dastur va tadbirlar boʻyicha moliyalashtirish manbalari (respublika budjeti, mahalliy budjetlar, davlat maqsadli jamgʻarmalari va budjetdan tashqari boshqa jamgʻarmalar) aniq koʻrsatilishi;
mablagʻlarni sarflash yoʻnalishlari (joriy xarajatlar, subsidiyalar va transfertlar) belgilanishi;
har bir quyi dastur va tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlar miqdori budjet xarajatlarining guruhlari boʻyicha taqsimlanishi.
Budjet dasturini ishlab chiqishda resurslarga boʻlgan ehtiyojni asoslash uchun maʼlumotlar yoki soha yoʻnalishlari va xususiyatlaridan kelib chiqib, budjet dasturiga qoʻshimcha hisob-kitob jadvallari ilova qilinishi mumkin.
13. Budjet dasturini ishlab chiqishda:
ushbu maqsadni amalga oshirish bilan bogʻliq faoliyat sohasida kasbiy bilimga ega boʻlmagan shaxslar tomonidan tushunishni qiyinlashtiradigan maxsus atamalarni qoʻllashga;
noaniq talqin qilish imkonini beruvchi atamalar va iboralardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
14. Budjet mablagʻlarini taqsimlovchi organlarning budjet dasturlarining tuzilmasida rahbariyat, departament, boshqarma va boʻlinmalarning asosiy budjet dasturlari boʻyicha taqsimlash imkoni boʻlmagan funksiyalarini bajarish uchun xarajatlarni qamrab olgan “Maʼmuriy va boshqaruv” standart budjet dasturi (joriy xarajatlarni qamrab oluvchi) ishlab chiqiladi hamda Budjet dasturlari roʻyxatida birinchi boʻlib aks ettiriladi.
Ushbu dastur boshqa dasturlarni amalga oshirishda tashkil etish, muvofiqlashtirish va boshqa strategik maqsadlarni ijrosini taʼminlash vazifasini bajaradi.
“Maʼmuriy va boshqaruv” budjet dasturi kichik dastur va/yoki tadbirlardan iborat boʻlib, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
maʼmuriy boshqaruv xodimlari, moliyaviy xizmat, inson resurslarini boshqarish, xalqaro munosabatlar, yuridik xizmat, ichki audit xizmati, jamoatchilik bilan aloqalar xizmatlari, matbuot kotiblari, texnik xodimlar va boshqa tegishli boʻlinmalarning oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar hamda ish haqiga qoʻshimchalar;
mablagʻ taqsimlovchi organlarni saqlash xarajatlari va boshqalar.
15. Quyidagilar budjet dasturlarining moliyalashtirish va birgalikda moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari;
budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlari;
davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari;
xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarining grantlari;
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Budjet dasturlarining respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar miqdori mablagʻ taqsimlovchi organga oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiyada belgilangan mablagʻlarning cheklangan miqdoridan oshmasligi lozim.
16. Maqsadli indikatorlarning prognoz koʻrsatkichlari har bir budjet dasturi uchun ishlab chiqiladigan maqsadli indikatorlar, turi, nomi, taʼrif/tavsifi, baholash (hisoblash) uslubiyoti, oʻlchov birligi, haqiqatda ijrosi, kutilayotgan ijrosi va oʻrta muddatli davr prognozi, statistik manbai, maʼlumotlarni toʻplash va uzatish davriyligi, masʼul ijrochi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
3-bob. Budjet dasturlarini tasdiqlash va ularga oʻzgartirish kiritish tartibi
17. Mablagʻ taqsimlovchi organlar har yili 1-mayga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, shuningdek, davlat dasturlari va barqaror rivojlanish maqsadlari asosida oʻrta muddatli davr uchun budjet dasturlarining dastlabki roʻyxatini va hisob-kitoblarni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligiga (keyingi oʻrinlarda — Iqtisodiyot va moliya vazirligi) taqdim etadi.
18. Fiskal strategiya Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanganidan soʻng Iqtisodiyot va moliya vazirligi besh ish kuni ichida mablagʻ taqsimlovchi organlarga kelgusi yil uchun budjet xarajatlarining cheklangan miqdorlarini yuboradi.
19. Budjet dasturlari oʻrta muddatli davr uchun fiskal strategiyada nazarda tutilgan kelgusi moliya yili uchun budjet xarajatlarining cheklangan miqdorlari va keyingi ikki yil uchun moʻljallar doirasida shakllantiriladi.
20. Mablagʻ taqsimlovchi organlar har yili 1-avgustga qadar oʻrta muddatli davr uchun budjet dasturlarining loyihasini ishlab chiqib, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kiritadi.
21. Iqtisodiyot va moliya vazirligi har yili 25-avgustga qadar mablagʻ taqsimlovchi organlar bilan birgalikda budjet dasturlari loyihalarini koʻrib chiqadi va muhokama qiladi.
Bunda budjet dasturlari uchun talab etiladigan mablagʻlar miqdori bilan kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonuni (keyingi oʻrinlarda — Qonun) loyihasida nazarda tutilgan tegishli xarajatlarning cheklangan miqdori oʻrtasidagi nomutanosiblik yuzaga kelganda, unga Vazirlar Mahkamasi tomonidan manfaatdor mablagʻ taqsimlovchi organlar rahbarlari ishtirokida aniqlik kiritiladi.
22. Qonun tasdiqlangandan soʻng mablagʻ taqsimlovchi organlar besh ish kuni ichida tasdiqlangan budjet parametrlariga muvofiq budjet dasturlarini qayta koʻrib chiqadi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga roʻyxatdan oʻtkazish uchun ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklda taqdim etadi.
23. Iqtisodiyot va moliya vazirligi besh ish kunida budjet dasturlarini roʻyxatdan oʻtkazadi va mablagʻ taqsimlovchi organlarga ijro uchun yuboradi.
24. Moliya yili davrida Qonunga oʻzgartirishlar kiritilganda yoki mablagʻ taqsimlovchi organlarning budjet dasturlari uchun ajratilgan mablagʻlar qayta taqsimlanganda, mablagʻ taqsimlovchi organlar tomonidan besh ish kuni ichida budjet dasturlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi hamda mazkur Nizomga 2 — 4 va 6-7-ilovalarga muvofiq Iqtisodiyot va moliya vazirligiga roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etadi.
25. Iqtisodiyot va moliya vazirligi 5 ish kuni ichida mablagʻ taqsimlovchi organlarning oʻzgartirilgan budjet dasturlarini koʻrib chiqib, roʻyxatdan oʻtkazadi yoki qayta ishlash uchun mablagʻ taqsimlovchi organlarga yuboradi.
4-bob. Budjet dasturining ijrosi va uning monitoringini yuritish tartibi
26. Har bir budjet dasturiga mablagʻ taqsimlovchi organning buyrugʻi yoki qarori bilan masʼul shaxs (keyingi oʻrinlarda — administrator) tayinlanadi hamda budjet dasturlarining ijrosini taʼminlash va monitoringini yuritish uchun mazkur Nizomga 8-ilovada keltirilgan namunaviy jadvalga muvofiq chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi.
Bunda budjet dasturi administratoriga budjet dasturi ijrosini taʼminlash, monitoringini yuritish, oʻz vaqtida hisobotlarni tuzish, tadbirlar uchun ajratilgan mablagʻlarning oʻz vaqtida samarali va maqsadli sarflanishini nazorat qilish vazifasi yuklanadi.
Budjet dasturining ijrosi boʻyicha har bir ishtirokchining funksiyalari, vazifalari va majburiyatlarini batafsil tavsiflash zarur, shu jumladan:
budjet dasturini umumiy amalga oshiruvchi va tasdiqlangan maqsadli indikatorlarga erishishni taʼminlovchi boʻlinma yoki idora;
quyi dastur va tadbirlarni amalga oshirish koʻrsatkichlariga erishish va ajratilgan resurslardan maqsadli foydalanishni taʼminlaydigan masʼul ijrochilar;
budjet dasturi ijrosini nazorat qiluvchi boʻlinma yoki idora;
budjet dasturini amalga oshirish jarayoni boʻyicha hisobot tizimlari (boshqaruv, buxgalteriya va statistika).
27. Mablagʻ taqsimlovchi organ tomonidan ishlab chiqiladigan budjet dasturlarining ijrosini taʼminlash va monitoringini yuritish chora-tadbirlar rejasida quyidagi tadbirlar aks ettiriladi:
har bir budjet dasturining ijrosi boʻyicha tizimli ravishda monitoring yuritish;
budjet dasturlarning ijrosi boʻyicha hisobot choragidan keyingi oyning 10-sanasiga qadar choraklik va har yili yanvar oyining 20-sanasiga qadar yillik hisobotlarni shakllantirish;
budjet dasturlari ijrosini nazorat qilish hamda ularning belgilangan muddatlarda sifatli bajarilishini taʼminlash.
Shuningdek, administrator budjet dasturlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda kelib chiqadigan muammoli masalalarni hal etish boʻyicha aniq takliflarni mablagʻ taqsimlovchi organning rahbariyatiga kiritib boradi.
28. Mablagʻ taqsimlovchi organning rahbari tomonidan budjet dasturlarining ijrosi boʻyicha hisobotlarni umumlashtirish vazifasi moliya-iqtisodiyot ishlari boʻyicha tarkibiy boʻlinmaga yoki alohida tarkibiy boʻlinmaga (keyingi oʻrinlarda — tarkibiy boʻlinma) yuklanishi mumkin.
5-bob. Budjet dasturlarining ijrosi boʻyicha jamlanma hisobotni tuzish va taqdim etish tartibi
29. Budjet dasturlarining ijrosi boʻyicha jamlanma hisobot (keyingi oʻrinlarda — hisobot) mablagʻ taqsimlovchi organlar tomonidan mazkur Nizomga 9-ilovaga muvofiq shaklda tuziladi.
30. Budjet dasturlarining ijrosi boʻyicha hisobotga tushuntirish xati mazkur Nizomga 10-ilovada keltirilgan namunaviy shaklga muvofiq tuziladi hamda unda quyidagi maʼlumotlar aks ettiriladi:
budjet dasturining ijrosi boʻyicha qisqacha yigʻma tahlili;
budjet dasturining yoʻnalishlari boʻyicha hisobot davridagi tadbirlarning ijrosi holati;
budjet dasturining yil davomida amalga oshirilishi boʻyicha belgilangan chora-tadbirlar yuzasidan hisobot davrida bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi tahlil;
budjet dasturining maqsadli indikatorlari ijrosining tavsifi;
budjet dasturining ijrosini taʼminlash uchun ajratilgan mablagʻlarning maqsadli yoʻnaltirilganligi hamda ularni oʻzlashtirish holati.
31. Mablagʻ taqsimlovchi organlarning tegishli tarkibiy boʻlinmasi budjet dasturlarining chorak va yillik ijrosi boʻyicha hisobotni umumlashtirgandan soʻng besh ish kuni ichida baholash uchun ichki audit xizmatiga taqdim etadi.
32. Mablagʻ taqsimlovchi organlar budjet dasturlarining ijrosi boʻyicha choraklik hisobotlarni elektron shaklda hisobot choragi yakuni bilan keyingi oyning 20-sanasiga qadar hamda yillik hisobotni ichki audit xizmatining baholash maʼlumotnomasi bilan birga hisobot yilidan keyingi yilning 20-fevraliga qadar Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi.
33. Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablagʻ taqsimlovchi organlar tomonidan budjet dasturlarining ijrosi yuzasidan taqdim etilgan hisobotlarni Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot bilan birgalikda budjet qonunchiligida belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
6-bob. Budjet dasturining ijrosini baholash tartibi
34. Mablagʻ taqsimlovchi organlarning budjet dasturlarining ijrosi boʻyicha hisobotlari mablagʻ taqsimlovchi organlarning ichki audit xizmati tomonidan choraklik va yillik shaklda baholanadi. Choraklik jamlanma hisobot hisobot choragi yakuni bilan keyingi oyning 20-sanasiga qadar, yillik baholash hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevraliga qadar amalga oshiriladi.
Bunda budjet dasturlarining ijrosi maqsadli indikatorlarning ijrosi bilan baholanadi.
35. Ichki audit xizmati tomonidan budjet dasturlarining ijrosini baholashning xolisligi va ishonchliligini taʼminlash, soha faoliyatida manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik maqsadida ichki audit xizmati xodimlarini budjet dasturlarining ijrosi va monitoringini yuritish hamda ularning ijrosi boʻyicha hisobotni tuzish jarayonlariga jalb etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
36. Budjet dasturlarining ijrosi ichki audit xizmati tomonidan quyidagi yoʻnalishlarda baholanadi:
hisobotda keltirilgan maqsadli indikatorlarning toʻliqligi va belgilangan talablarga muvofiqligi, shuningdek, ularning ijrosi toʻgʻrisida maʼlumotlar aks ettirilganligini oʻrganish;
mablagʻ taqsimlovchi organ tomonidan budjet mablagʻlarini bir budjet dasturidan boshqa budjet dasturiga qayta taqsimlash jarayonida budjet dasturlaridagi oʻzgarishlarning toʻgʻri shakllantirilganligini tahlil qilish;
budjet dasturlarining ijrosi boʻyicha hisobotlarning haqqoniyligi va koʻrsatkichlarni statistika maʼlumotlariga muvofiq shakllantirilganligi;
davlat moliyaviy nazorati organlari tomonidan budjet dasturlari ijrosi yuzasidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilishi hamda berilgan taklif va tavsiyalar boʻyicha amalga oshirilgan ishlarni oʻrganish;
ichki audit xizmati tomonidan avvalgi baholash natijalari asosida berilgan taklif va tavsiyalarning bajarilishi hamda uning natijalarini tahlil qilish;
masʼul boʻlinmalar tomonidan tayyorlangan maqsadli indikatorlarning ijrosi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tahlil qilish.
37. Ichki audit xizmatlari budjet dasturlarining ijrosini baholash natijalari boʻyicha maʼlumotnoma rasmiylashtiradi.
Bunda mazkur maʼlumotnomada budjet dasturlari ijrosini baholash natijalari boʻyicha quyidagi mezonlar asosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqadi:
budjet dasturlarida belgilangan maqsadli indikatorlarning bajarilishi boʻyicha aniqlangan kamchiliklar, muammoli holatlar va ularning bartaraf etilishi;
maqsadli indikatorlarning bajarilmaslik xavflari boʻyicha maʼlumotlar va ularni bartaraf etish imkoniyatlari;
maqsadli indikatorlar ijrosini budjetdan ajratilgan mablagʻlarga bogʻlash imkoniyatlari;
budjet mablagʻlaridan yanada samarali va natijali foydalanishni tashkil etish maqsadida yangi maqsadli indikatorlarni ishlab chiqish hamda boshqa taklif va tavsiyalar.
7-bob. Budjet dasturining ochiqligini taʼminlash
38. Mablagʻ taqsimlovchi organlar budjet dasturlarini roʻyxatdan oʻtkazilgandan soʻng oʻn ish kuni ichida oʻzlarining rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi.
39. Iqtisodiyot va moliya vazirligi tasdiqlangan budjet dasturlarini oʻn ish kuni ichida “Ochiq budjet” portalida eʼlon qiladi.
40. Mablagʻ taqsimlovchi organlar tomonidan budjet dasturlarining ijrosi boʻyicha choraklik va yillik hisobotlarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida quyidagi muddatlarda oʻz rasmiy veb-saytlariga joylashtiradi:
choraklik hisobotlar va ichki audit xizmatlarining baholash xulosalari — hisobot choragidan keyingi oyning 30-sanasiga qadar;
yillik hisobotlar va ichki audit xizmatlarining baholash xulosalari — har yili fevral oyining 25-sanasiga qadar.
41. Iqtisodiyot va moliya vazirligi mablagʻ taqsimlovchi organlar tomonidan taqdim etilgan budjet dasturlarining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni oʻn ish kuni ichida “Ochiq budjet” axborot portaliga joylashtiradi.
8-bob. Yakunlovchi qoidalar
42. Budjet dasturlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlarning maqsadli sarflanishi ustidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda moliyaviy nazorat oʻrnatiladi.
43. Ushbu Nizom talablarining buzilishi hamda budjet dasturlarining ijrosida kamchiliklarga yoʻl qoʻygan masʼul shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Dasturiy budjetlashtirish tizimini joriy etishda budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet dasturlarini ishlab chiqish, monitoringini yuritish va ularning samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Budjet dasturini ishlab chiqish, uning ijrosini taʼminlash, hisobotini tuzish va baholash
SXEMASI
Bosqichlar Subyektlar Tadbirlar Muddatlar I. Budjet dasturini ishlab chiqish, tasdiqlash va oʻzgartirish kiritish 1-bosqich Birinchi darajali budjet mablagʻlarini taqsimlovchilar (keyingi oʻrinlarda — mablagʻ taqsimlovchi organlar) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, davlat dasturlari va barqaror rivojlanish maqsadlari asosida oʻrta muddatli davr uchun budjet dasturlarining dastlabki roʻyxatini Iqtisodiyot va moliya vazirligiga kiritadi. Har yili 1-mayga qadar 2-bosqich Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Iqtisodiyot va moliya vazirligi Belgilangan tartibda Fiskal strategiya tasdiqlangandan soʻng mablagʻ taqsimlovchi organlarga kelgusi yil uchun budjet xarajatlarining cheklangan miqdorlarini yuboradi. 5 ish kuni ichida 3-bosqich Mablagʻ taqsimlovchi organlar Oʻrta muddatli davr uchun budjet dasturlari loyihalarini ishlab chiqib, Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi. Har yili 1-avgustga qadar 4-bosqich Iqtisodiyot va moliya vazirligi Mablagʻ taqsimlovchi organlar bilan birgalikda budjet dasturlari loyihalarini koʻrib chiqadi va muhokama qiladi. Har yili 25-avgustga qadar 5-bosqich Mablagʻ taqsimlovchi organlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonuni tasdiqlangandan soʻng budjet parametrlariga muvofiq tegishli budjet dasturlarini qayta koʻrib chiqadi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga roʻyxatdan oʻtkazish uchun kiritadi. 5 ish kuni ichida 6-bosqich Iqtisodiyot va moliya vazirligi Budjet dasturlarini roʻyxatdan oʻtkazadi va mablagʻ taqsimlovchi organlarga yuboradi. 5 ish kuni ichida 7-bosqich Mablagʻ taqsimlovchi organlar Moliya yili mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonuniga oʻzgartirishlar kiritilganda yoki mablagʻ taqsimlovchi organlarning budjet dasturlari uchun ajratilgan mablagʻlar qayta taqsimlanganda, budjet dasturlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritadi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligiga roʻyxatdan oʻtkazish uchun kiritadi. 5 ish kuni ichida 8-bosqich Iqtisodiyot va moliya vazirligi Mablagʻ taqsimlovchi organlarning oʻzgartirilgan budjet dasturlarini koʻrib chiqib, roʻyxatdan oʻtkazadi yoki qayta ishlash uchun mablagʻ taqsimlovchi organlarga yuboradi. 5 ish kuni ichida II. Budjet dasturining ijrosi va monitoringini yuritish 9-bosqich Mablagʻ taqsimlovchi organlar 1. Budjet dasturlarining ijrosi boʻyicha choraklik hisobotlarni shakllantiradi. 2. Budjet dasturlarining ijrosi boʻyicha yillik hisobotlarni shakllantiradi. Har chorak yakuni bilan keyingi oyning 10-sanasiga qadar, har yili yanvar oyining 20-sanasiga qadar III. Budjet dasturining ijrosi boʻyicha hisobotni tuzish va taqdim etish 10-bosqich Mablagʻ taqsimlovchi organlarning tegishli tarkibiy boʻlinmasi Budjet dasturlarining chorak va yillik ijrosi boʻyicha hisobotni umumlashtirilgandan soʻng baholash uchun ichki audit xizmatiga taqdim etadi. 5 ish kuni ichida 11-bosqich Mablagʻ taqsimlovchi organlar 1. Budjet dasturlarining ijrosi boʻyicha choraklik hisobotlarni Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi. 2. Budjet dasturlarining ijrosi boʻyicha yillik hisobotlarni ichki audit xizmatining baholash maʼlumotnomasi bilan birga Iqtisodiyot va moliya vazirligiga taqdim etadi. Hisobot choragi yakuni bilan keyingi oyning 20-sanasiga qadar, har yili 20-fevraliga qadar IV. Budjet dasturining ijrosini baholash 12-bosqich Mablagʻ taqsimlovchi organlarning Ichki audit xizmati 1. Mablagʻ taqsimlovchi organlarning budjet dasturlarining choraklik ijrosi boʻyicha baholashni amalga oshiriladi. 2. Mablagʻ taqsimlovchi organlarning budjet dasturlarining yillik ijrosi boʻyicha baholashni amalga oshiriladi. Hisobot choragi yakuni bilan keyingi oyning 20-sanasiga qadar, har yili 15-fevralga qadar V. Budjet dasturining ochiqligini taʼminlash 13-bosqich Iqtisodiyot va moliya vazirligi Tasdiqlangan budjet dasturlarini “Ochiq budjet” portaliga eʼlon qiladi. 10 ish kuni ichida 14-bosqich Mablagʻ taqsimlovchi organlar Budjet dasturlarining ijrosi boʻyicha choraklik va yillik hisobotlarni ichki audit xizmatlarining baholash xulosalari bilan birgalikda keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida rasmiy veb-saytlarga joylashtiradi. Hisobot choragi yakuni bilan keyingi oyning 30-sanasiga qadar, har yili 20-fevralga qadar
Dasturiy budjetlashtirish tizimini joriy etishda budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet dasturlarini ishlab chiqish, monitoringini yuritish va ularning samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Budjet dasturining mundarijasi
1. Budjet dasturi pasporti.
2. Budjet dasturi orqali hal qilinadigan muammolar tavsifi.
3. Budjet dasturining maqsadi, vazifalari va kutilayotgan natijalari, shu jumladan, ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va boshqa oqibatlari.
4. Budjet dasturining quyi dastur va tadbirlarining tavsifi, shuningdek, ularni amalga oshirish muddatlari.
5. Resurslarga boʻlgan talablarning batafsil hisob-kitobi va budjet dasturini moliyalashtirish manbalari va hajmlarini taʼminlash uchun taklif etilayotgan dastur tadbirlarining roʻyxati va tavsifi.
6. Budjet dasturi ijrosini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasi.
7. Budjet dasturini amalga oshirishga toʻsqinlik qilishi mumkin boʻlgan tashqi omillarning tavsifi.
Dasturiy budjetlashtirish tizimini joriy etishda budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet dasturlarini ishlab chiqish, monitoringini yuritish va ularning samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ILOVA
Budjet dasturining pasporti
Mablagʻ taqsimlovchi organ nomi: Masʼul shaxs (administrator): F.I.O. Budjet dasturni tasdiqlovchi rahbar: F.I.O. Ijrochilar: F.I.O. Tasdiqlash sanasi: 20__ y.___.___. Asos: Normativ huquqiy-hujjat nomi, raqami, sanasi T/r Koʻrsatkich Taʼrifi 1. Dastur nomi 2. Dastur maqsadi va vazifalari 3. Dastur muddati 4. Quyi dasturlar va/yoki tadbirlar nomi* 5. Dasturning yakuniy va bevosita maqsadli koʻrsatkichlari 6. Qamrab olingan aholi toifasi (kontingent) 7. Dasturni amalga oshirishga toʻsqinlik qilishi mumkin boʻlgan tashqi omillar 8. Oxirgi 2 yilgi va kelgusi 3 yil davomidagi dastur budjeti 9. Moliyalashtirish manbai va summasi (3 yillik)
* Quyi dastur boʻlmaganda, budjet dasturlarining tadbirlari toʻldiriladi.
Dasturiy budjetlashtirish tizimini joriy etishda budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet dasturlarini ishlab chiqish, monitoringini yuritish va ularning samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4-ILOVA
Budjet dasturining tavsifi
Dasturiy budjetlashtirish tizimini joriy etishda budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet dasturlarini ishlab chiqish, monitoringini yuritish va ularning samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4a-ILOVA
Maqsadli indikatorlarning prognoz koʻrsatkichlari toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
T/r Maqsadli indikatorlar turi* Maqsadli indikatorlar nomi Koʻrsatkich tavsifi Haqiqatda Kutilayotgan Oʻrta muddatli prognoz Boshlangʻich maʼlumotlar manbalari**** Maʼlumotlarni toʻplash va uzatish davriyligi***** Taʼrifi** Hisoblash usuli (formula) Ijrochi *** Oʻlchov birligi 20__ y 20__ y 20__ y 20__ y 20__ y 1. 2. 3. 4. 5. ...
* — ushbu bandda yakuniy va bevosita natija koʻrsatkichlari yoziladi.
** — maqsadli indikatorlarni yanada kengroq yoritish hamda maʼlum bazis davrdagi koʻrsatkichga nisbati.
*** — maqsadli indikatorlarga masʼul ijrochi boʻlinma nomi yoziladi.
**** — maʼlumotlar bazasi va statistika manbai.
***** — ushbu bandda maʼlumotlarni toʻplash va hisoblash davriyligi yoritiladi (choraklik, yillik va talabga koʻra)
Dasturiy budjetlashtirish tizimini joriy etishda budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet dasturlarini ishlab chiqish, monitoringini yuritish va ularning samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4b-ILOVA
Budjet dasturining quyi dasturi va tadbirlari hamda xarajatlar turlari boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar toʻgʻrisida
MAʼLUMOT
Budjet dasturining nomi:__________________________ (mln soʻm) T/r Tadbir nomi Jami 202__yil 202__yil 202__yil Jami mablagʻ shu jumladan: Jami mablagʻ shu jumladan: Jami mablagʻ shu jumladan: Jami mablagʻ shu jumladan: Respublika budjeti Budjetdan tashqari Mahalliy budjet, grant va boshqa mablagʻlar** Respublika budjeti Budjetdan tashqari Mahalliy budjet, grant va boshqa mablagʻlar** Respublika budjeti Budjetdan tashqari Mahalliy budjet, grant va boshqa mablagʻlar** Respublika budjeti Budjetdan tashqari Mahalliy budjet, grant va boshqa mablagʻlar** Jami talab qilinadigan mablagʻ 1 Joriy xarajat Qoʻyi dastur* 1-tadbir 2-tadbir 2 Subsidiya Qoʻyi dastur* 1-tadbir 2-tadbir 3 Transfert Qoʻyi dastur* 1-tadbir 2-tadbir
* Quyi dastur boʻlmaganda budjet dasturlarining tadbirlari toʻldiriladi.
** Budjet dasturlarining ijrosi uchun ajratiladigan mahalliy budjet mablagʻlari maʼlumot uchun toʻldirilib, Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonunda aks ettirilmaydi.
Dasturiy budjetlashtirish tizimini joriy etishda budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet dasturlarini ishlab chiqish, monitoringini yuritish va ularning samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 4v-ILOVA
Budjet dasturining quyi dasturi va tadbirlariga ajratiladigan mablagʻlarning xarajat guruhlari boʻyicha
MAʼLUMOT
Budjet dastur nomi:_________________________________ (mln soʻm) T/r Quyi dastur va/yoki tadbir nomi, iqtisodiy tasnif (xarajatlar guruhi boʻyicha) Xarajatlar moddasi Jami talab etiladigan mablagʻ shundan: 202__yil 202__yil 202__yil Jami talab qilinadigan mablagʻ xxx I Quyi dastur va/yoki tadbir nomi: xxx 1. I-guruh “Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar” 41.10.000 2. II-guruh “Ish haqiga qoʻshimchalar” 41.20.000 3. IV-guruh “Boshqa xarajatlar” 42.00.000 3.1. Tovar va xizmatlar boʻyicha xarajatlar 42.00.000 3.2. Asosiy vositalar boʻyicha xarajatlar 43.00.000 3.3. Foizlar 44.00.000 3.4. Subsidiyalar 45.00.000 3.5. Grantlar 46.00.000 3.6. Ijtimoiy nafaqalar 47.00.000 3.7. Boshqa xarajatlar 48.00.000 3.8. Moliyaviy aktivlar va majburiyatlar boʻyicha xarajatlar 49.00.000 II Quyi dastur va/yoki tadbir nomi: xxx 1. I-guruh “Ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlar” 41.10.000 2. II-guruh “Ish haqiga qoʻshimchalar” 41.20.000 3. IV-guruh “Boshqa xarajatlar” 42.00.000 3.1. Tovar va xizmatlar boʻyicha xarajatlar 42.00.000 3.2. Asosiy vositalar boʻyicha xarajatlar 43.00.000 3.3. Foizlar 44.00.000 3.4. Subsidiyalar 45.00.000 3.5. Grantlar 46.00.000 3.6. Ijtimoiy nafaqalar 47.00.000 3.7. Boshqa xarajatlar 48.00.000 3.8. Moliyaviy aktivlar va majburiyatlar boʻyicha xarajatlar 49.00.000 III Quyi dastur va/yoki tadbir nomi: xxx ... ...
Izoh. Quyi dastur va/yoki tadbirlarni amalga oshirish hisob-kitoblari har bir xarajat turlari boʻyicha qoʻshimcha ilova qilinadi.
Dasturiy budjetlashtirish tizimini joriy etishda budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet dasturlarini ishlab chiqish, monitoringini yuritish va ularning samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 5-ILOVA
* Iqtisodiyot va moliya vazirining masʼul oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.
** Iqtisodiyot va moliya vazirining masʼul tarmoq departamenti, boshqarma rahbarlari tomonidan imzolanadi.
*** Mablagʻ taqsimlovchi organing rahbari tomonidan imzolanadi.
**** Mablagʻ taqsimlovchi organning budjet dasturlari Oʻzbekiston Respublikasining taraqqiyot strategiyasi, “Oʻzbekiston-2030” va barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalariga yoʻnaltirilganligini nazarda tutadi. Bunda tegishli normativ-huquqiy hujjat raqami va sanasi koʻrsatiladi.
Dasturiy budjetlashtirish tizimini joriy etishda budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet dasturlarini ishlab chiqish, monitoringini yuritish va ularning samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 6-ILOVA
* Iqtisodiyot va moliya vazirining masʼul oʻrinbosari tomonidan imzolanadi.
** Iqtisodiyot va moliya vazirining masʼul tarmoq departamenti direktori tomonidan imzolanadi.
*** Mablagʻ taqsimlovchi organing rahbari tomonidan imzolanadi.
Dasturiy budjetlashtirish tizimini joriy etishda budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet dasturlarini ishlab chiqish, monitoringini yuritish va ularning samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 7-ILOVA
_________________________ oʻzgartirish kiritish boʻyicha taqqoslama jadval (budjet dasturi nomi) T/r Amaldagi tahrir Taklif etilayotgan tahrir Asos* I. Budjet pasporti 1. ...... ...... ...... 2. ...... ...... ...... II. Budjet dasturi orqali hal qilinadigan muammolar tavsifi 1. ...... ...... ...... 2. ...... ...... ...... III. Budjet dasturining maqsadi, vazifalari va kutilayotgan natijalari shuningdek, ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik va boshqa oqibatlari 1. ...... ...... ...... 2. ...... ...... ...... IV. …………
* Budjet dasturiga kiritilayotgan oʻzgartirishlarni asoslash (normativ-huquqiy hujjat va boshqalar)
Dasturiy budjetlashtirish tizimini joriy etishda budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet dasturlarini ishlab chiqish, monitoringini yuritish va ularning samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 8-ILOVA
Budjet dasturi ijrosini taʼminlash boʻyicha
CHORA-TADBIRLAR REJASI
T/r Chora-tadbirlar Amalga oshirish mexanizmi Ijro muddati Masʼul ijrochilar* I. Budjet dasturini moliyalashtirish 1. .. II. Budjet dasturining ijrosini taʼminlash va monitoring qilish .. .. III. Budjet dasturining (maqsadli indikatorlarni) ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni tuzish va baholash .. .. IV. ** ………………………………………………… .. ..
* Chora-tadbirlar ijrosini taʼminlash uchun masʼul ijrochi boshqa ishga oʻtganda yoki ishdan boʻshagan taqdirda, ushbu vazifa mazkur lavozimlarga yangi tayinlangan yoki tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
** Budjet dasturi ijrosini taʼminlash uchun soha yoʻnalishidan kelib chiqib, boshqa chora-tadbirlar amalga oshirilishi mumkin.
Dasturiy budjetlashtirish tizimini joriy etishda budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet dasturlarini ishlab chiqish, monitoringini yuritish va ularning samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 9-ILOVA
Budjet dasturlariga ajratilgan mablagʻlar va maqsadli indikatorlarning ijrosi toʻgʻrisida
HISOBOT
20 __ yil _______________ holatiga koʻra
Mablagʻ taqsimlovchi organ nomi: ______________________________________________
Hisobot davri: yillik (1-yanvar holatiga koʻra ), choraklik (1-aprel, 1-iyul, 1-oktabr)
T/r Budjet dasturi va maqsadli indikatorlar nomi* Oʻlchov birligi 20__ yil jami reja 20___ yil aniqlangan reja shundan: 1-chorak, 6, 9 oylik, yillik Izoh ijro farqi (-kam, +koʻp) foizda Jami budjet dasturlari boʻyicha mlrd soʻm 1. Budjet dasturi nomi: __________________ mlrd soʻm Dastur maqsadi: __________________ Yakuniy natija koʻrsatkichi** ...... Bevosita (toʻgʻridan-toʻgʻri) natija koʻrsatkichi** ...... 2. Budjet dasturi nomi: __________________ mlrd soʻm Dastur maqsadi: __________________ Yakuniy natija koʻrsatkichi** ...... Bevosita (toʻgʻridan-toʻgʻri) natija koʻrsatkichi** ......
* Budjet dasturining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot barcha budjet dasturlari uchun tuziladi.
** Maqsadli indikatorlar toifasidan kelib chiqib, ularning ijrosi yarim yillik va yillik natijaga erishilishi mumkin.
Dasturiy budjetlashtirish tizimini joriy etishda budjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning budjet dasturlarini ishlab chiqish, monitoringini yuritish va ularning samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 10-ILOVA
* yillik aniqlangan reja koʻrsatkichi qoʻyiladi;
** miqdorni belgilovchi koʻrsatkich qoʻyiladi;
*** maqsadli indikatorlarning reja koʻrsatkichlarining bajarilishiga taʼsir qilgan asosiy tashqi va ichki omillar yoritilishi, jumladan, maqsadli indikatorlar koʻrsatkichlarining ijrosi uchun talab etiladigan mablagʻlarning oʻzgarishi va buning indikator ijrosi uchun taʼsiri, shartnoma tuzishning kechikishi, tovar moddiy boyliklarni yetkazib berishdagi muammolar, statistik maʼlumotlarni yigʻish bilan bogʻliq muammolar va boshqalar.
