13-modda. Bojxona organlari mansabdor shaxslarining moddiy taʼminoti
Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida (472-I-son) · Sana: 29.08.1997 · Amalda
Bojxona organlari xodimlarining ish haqi mansab maoshidan, maxsus unvonlar va ishlagan yillari uchun ustamalardan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy etilgan tartibda belgilanadigan boshqa qoʻshimcha haqlardan iboratdir.
Bojxona organlarining mansabdor shaxslari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan namunadagi bepul formali kiyim-bosh bilan taʼminlanadilar. Bojxona organlari mansabdor shaxslarining farqlovchi belgilari va kiyim-kechak bilan taʼminlanish normalari qonun hujjatlarida belgilanadi. Formali kiyim-boshni kiyib yurish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Bojxona organlarida maxsus fond tashkil etilishi mumkin. Bunday fondni tashkil etish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
