“Don va dukkakli don ekinlari ilmiy tadqiqot instituti va uning filiallariga, urugʻchilik hamda boshqa xoʻjaliklardan davlat resursiga xarid qilinadigan urugʻlik don uchun nav ustamalaridan 3 foizgacha ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida (2382-1-son)
03.01.2024
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligI Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2024-yil 3-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2382-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 641-son “Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligiga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligining 2012-yil 30-maydagi 3/1, 45, 7-son “Don va dukkakli don ekinlari ilmiy tadqiqot instituti va uning filiallariga, urugʻchilik hamda boshqa xoʻjaliklardan davlat resursiga xarid qilinadigan urugʻlik don uchun nav ustamalaridan 3 foizgacha ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2382, 2012-yil 25-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 30-son, 354-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Qishloq xoʻjaligi vaziri I. ABDURAHMONOV
Toshkent sh.,
2023-yil 15-dekabr,
1-son
Iqtisodiyot va moliya vaziri D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2023-yil 4-dekabr,
91-son
Kelishildi:
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi D. VAXABOV
2023-yil 12-dekabr
Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A. XAITOV
2023-yil 14-dekabr
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv raisi S. UZAKOV
2023-yil 6-dekabr
