Radiochastotalarning elektromagnit maydonlari manbalari bilan ishlashning sanitariya qoidalari va normalarini (0060-23-son SanQvaN) tasdiqlash toʻgʻrisida (27-son)
05.12.2023
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining
qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2023-yil 30-dekabrda hisobga olindi, hisob raqami 227]
Oʻzbekiston Respublikasining “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-iyuldagi “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6035-sonli Farmoniga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Radiochastotalarning elektromagnit maydonlari manbalari bilan ishlashning sanitariya qoidalari va normalari (0060-23-son SanQvaN) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Radiochastotalarning elektromagnit maydonlari manbalari bilan ishlashda sanitariya qoidalari va normalari (0269-09-son SanQvaN) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi bilan kelishilgan.
4. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais B. YuSUPALIYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 5-dekabr,
27-son
Kelishildi:
Raqamli texnologiyalar vaziri Sh. ShERMATOV
2023-yil 8-noyabr
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B. MUSAYEV
2023-yil 16-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasining 2023-yil 5-dekabrdagi 27-son qaroriga ILOVA
Radiochastotalarning elektromagnit maydonlari manbalari bilan ishlashning sanitariya qoidalari va normalari (0060-23-son SanQvaN)
Mazkur sanitariya qoidalari va normalari (bundan buyon matnda sanitariya qoidalari deb yuritiladi) radiochastotalar elektromagnit maydonlarining ruxsat etilgan maksimal darajalariga hamda radiochastotalarning elektromagnit maydon darajasini oʻlchashga boʻlgan talablarni belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur sanitariya qoidalarida quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
elektromagnit maydon — zaryadlangan zarralar orasidagi oʻzaro taʼsir amalga oshiriladigan moddaning maxsus shakli;
elektr maydon — elektromagnit maydon namoyon boʻlishining oʻziga xos shakli, u elektr zaryadlari yoki oʻzgaruvchan magnit maydon tomonidan yaratiladi va intensivlik bilan tavsiflanadi;
radiochastotalar — 30 kNz — 300 GNz diapazonidagi chastotalar yoki chastota diapazonlari;
ruxsat etilgan maksimal darajalar — inson organizmiga maʼlum vaqt yoki butun umr davomida taʼsir qilishi natijasida zamonaviy usullar yordamida aniqlanuvchi kasallik yoki salomatlik holatida oʻzgarishlar keltirib chiqarmaydigan, organizmning reproduktiv xususiyatiga va avlodga taʼsir qilmaydigan radiochastota diapazonidagi elektromagnit maydonining eng yuqori darajasi;
energiya oqimining zichligi — bu oqim yoʻnalishiga perpendikulyar boʻlgan birlik maydonining kichik maydoni orqali energiya oqimiga teng boʻlgan fizik miqdor boʻlib, energiya oqimi zichligi 300 MNz — 300 GNz oraligʻida oʻlchanadi (oʻlchov birligi µW/cm²);
energiya ekspozitsiyasi — bu vaqt oʻtishi bilan nurlanishning integrali orqali aniqlanadigan fizik miqdor.
2-bob. Radiochastotalar elektromagnit maydonlarining ruxsat etilgan maksimal darajalariga boʻlgan talablar
2. 30 kNz dan 300 GNz gacha boʻlgan chastota diapazonidagi ish joylarida ruxsat etilgan maksimal elektromagnit maydon (bundan buyon matnda EMM deb yuritiladi) darajalari:
30 kNz — 300 MNz chastotasida maydonning elektr (E) va magnit komponentining (N) intensivligi bilan;
300 MNz — 300 GNz chastota diapazonida sirt energiya oqimining zichligi (bundan buyon matnda EOZ deb yuritiladi) va u tomonidan yaratilgan energiya ekspozitsiyasi (bundan buyon matnda EE deb yuritiladi) taʼsir qilishi, harakat paytida sirt birligi orqali oʻtadigan umumiy energiya oqimini bildirib, (T) va EOZ nisbati bilan ifodalanadi.
3. Xodimlarning ish joylarida 30 kNz — 300 GNz chastota diapazonida E va N ning ruxsat etilgan maksimal darajalari quyida keltirilgan formulalar bilan aniqlanib, bunda ularning darajalari mazkur sanitariya qoidalarining 1 va 2-ilovalarida keltirilgan koʻrsatkichlardan oshmasligi kerak.
bu erda: Yered va Nred — elektr (V/m) va magnit (A/m) maydonlarining ruxsat etilgan maksimal darajalari, T — taʼsir qilish vaqti (h), EEEred, EEnred, EEeozred — ish kuni davomida energiya taʼsirining ruxsat etilgan maksimal darajalari.
4. Ish kuni davomida xodimlarning ish joylarida 30 kNz dan 300 MNz gacha boʻlgan chastota diapazonidagi EMM intensivligi undagi mavjud komponentlar orqali belgilanib, bunda:
elektr komponentiga koʻra (V/m):
30 kNz dan 3 MNz gacha boʻlgan chastotalar uchun 50 V/m dan oshmasligi;
3 MNz dan 30 MNz gacha boʻlgan chastotalar uchun 30 V/m dan oshmasligi;
30 MNz dan 300 MNz gacha boʻlgan chastotalar uchun 10 V/m dan oshmasligi kerak.
magnit komponentiga koʻra (A/m):
30 kNz dan 3 MNz gacha boʻlgan chastotalar uchun 5 A/m dan oshmasligi kerak.
5. Aylanish yoki skanerlash chastotasi 1 Nz dan oshmaydigan aylanadigan va skanerlovchi antennalardan umumiy nurlanish holatlaridagi hamda mikrochiziqli qurilmalar bilan qoʻllarning mahalliy nurlanishidagi EOZred quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
bu erda: K — taʼsir qilishning biologik faolligini kamaytirish koeffitsiyenti, aylanuvchi va skanerlash antennalari taʼsirida 10 ga teng va qoʻllarning mahalliy nurlanishida esa 12 ga teng.
3-bob. Radiochastotalarning elektromagnit maydonlari darajalarini oʻlchashga qoʻyiladigan talablar
6. EMM darajalarining oʻlchov nazorati nurlanuvchi radiouskunalar joylashgan joylarda amalga oshiriladi.
7. EMM darajalarining oʻlchov nazorati qurilmalarining ikki turi mavjud: maydonning polyarizatsiyasini hisobga olishni talab qiladigan antennalarga ega qurilmalar (yaqin nurlanish zonasida EMMni oʻlchash) va izotropik datchiklari boʻlgan qurilmalar (yaqin va uzoq nurlanish zonalarida oʻlchovlar).
8. Oʻlchov nazorati uchun EOZ hisoblagichlar:
oʻlchash antennasi (zond, maydon datchigi) oʻlchangan maydon tuzilishini sezilarli darajada buzmasligi;
oʻlchash antennasi (zond, maydon datchigi) izotrop direksiya xarakteristikasiga ega boʻlishi;
antennani oʻlchash moslamasiga ulaydigan kabel antenna effektiga ega boʻlmasligi;
oʻlchash antennasining chastota diapazoni EMM bilan oʻlchanadigan chastota diapazoniga mos kelishi kerak.
9. EMM oʻlchovlari yiliga kamida bir marta, shuningdek quyidagi hollarda amalga oshirilishi kerak:
moslamalar, mashinalar, uskunalar, inshootlar yangi ishga tushirilganda;
mavjud qurilmalar, mashinalar, uskunalarni loyihalash, joylashtirish va ishlash rejimiga oʻzgartirishlar kiritishda;
taʼmirlash ishlaridan keyin;
EMM taʼsiridan himoya vositalariga oʻzgartirishlar kiritishda;
yangi ish oʻrinlarini tashkil etishda;
ish joylarini attestatsiyalash paytida;
mahsulotlarni sertifikatlash sinovlarida;
obyekt uchun sanitariya-epidemiologik xulosa berish yoki uni yangilash jarayonida.
10. Oʻlchov nazoratiga tayyorgarlik quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
oʻlchov olib boriluvchi maydonni koʻrib chiqish (hudud, relyef, qayta aks ettiruvchi sirtlarning mavjudligi, oʻlchov trassalari va nuqtalarini tanlash toʻgʻrisida maʼlumot tayyorlash);
nurlanish manbai haqida maʼlumot tayyorlash (uzatish vositalarining turlari, ishlash chastotalari, rejimlari va kuchlari, antennalar turlari, ularning parametrlari va fazoviy holati);
ushbu turdagi texnik vositalar bilan bogʻliq texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni oʻrganish;
oʻlchash nuqtalari orasidagi masofalarni aniqlash;
kerakli oʻlchov asboblarini tanlash va tayyorlash;
shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish zarurligini aniqlash.
11. Ishlab chiqarish sharoitida va boshqa binolarda oʻlchashlarni amalga oshirishda EMM nazorati uchun tanlangan har bir nuqtada oʻlchovlar xonaning polidan 3 xil balandlikda (poldan 0,5 m, 1 m, 1,7 m balandlikda) amalga oshirilishi kerak.
Agar operator doimiy ravishda oʻtirgan holatida ishlasa, EMM oʻlchovlari poldan mos ravishda bosh, koʻkrak, tos suyagi balandliklarida (poldan 0,5 m, 1 m, 1,2 m balandlikda) amalga oshiriladi.
Ish joyidagi EMM darajalari 30 kNz — 300 MNz chastota diapazonida elektr va magnit komponentlarning intensivligi bilan, 300 MNz — 300 GNz chastota diapazonida nurlanish zonasida qolishni hisobga olgan holda EMM energiya oqimining zichligi bilan boshqariladi.
12. Radiochastota diapazonidagi EMM manbai joylashgan joyga tutashgan ochiq maydonda oʻlchashlarni olib borishda oʻlchov marshrutlarini (trassalar) tanlash kerak.
Marshrutlarni tanlashda EMM manbai joylashgan hududga tutashgan joylar tarmoqlarga boʻlinadi. Har bir tarmoqda oʻlchov marshruti EMM manbaiga nisbatan radial yoʻnalishda tanlanadi. Oʻlchov marshrutiga qoʻyiladigan talablar quyidagilardan iborat:
marshrut ochiq boʻlishi kerak va EMM manbai antennasi oʻlchash rejalashtirilgan joylardan toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrinishi kerak;
marshrutning qiyaligi hududdagi barcha mumkin boʻlgan yoʻllarning qiyaligiga nisbatan minimal boʻlishi kerak;
marshrut piyodalar yoki transport vositalari uchun ochiq boʻlishi kerak;
marshrutning uzunligi sanitariya muhofaza zonasi chegaralaridan 1,5 — 2 baravar ortiq boʻlishi kerak;
oʻlchash uchun EMM manbai antennasidan 100 m gacha masofada 5 — 10 m oraliqda, 100 m dan 300 m gacha masofada 10 — 20 m oraliqda, 300 m dan ortiq masofada 20 — 50 m oraliqdagi nuqtalar tanlanishi kerak.
13. EMM manbasining ishlab chiqarish parametrlari, joylashuvi, ish rejimlari yoki tizimlari farqlansa oʻlchovlar har bir rejimda amalga oshirilishi kerak.
14. Aylanuvchi va skanerlovchi antennalarning nurlanish energiyasi oqimining zichligi antenna qiyalik burchagining barcha qiymatlarida maksimal nurlanish yoʻnalishi boʻyicha toʻxtatilganda oʻlchanadi.
Bir xil relyefga ega boʻlgan ochiq maydon uchun nurlanishning bir yoʻnalishi bilan olingan natijalar oʻlchovlar oʻtkazilgan radiusda harakatlanayotganda antenna bilan qoplangan butun sektorga tegishli boʻladi.
15. Sanitariya muhofaza zonasi va qurilish cheklangan maydonlarini aniqlash uchun ochiq maydonda EMM oʻlchovlari binoning qavatlari soniga qarab 3, 6 va 9 m balandlikda amalga oshiriladi.
16. Sanitariya muhofaza zonalari chegaralarida obyektga nisbatan birinchi qatordagi binolar majburiy tekshiruvdan oʻtkaziladi. Ruxsat etilgan maksimal darajadan oshib ketgan taqdirda, keyingi qatorlarning binolari, xususan balandligi birinchi qatordagi binolarning balandligidan oshib ketadigan inshootlar tekshiriladi.
17. EMM darajalarini oʻlchashda oʻlchov antennasini (zond, maydon datchigi) nurlanish antennasiga yoʻnaltirish va maksimal qiymatga erishish uchun uni oʻz oʻqi atrofida aylantirish kerak.
18. Har bir nazorat nuqtada uchta mustaqil oʻlchov amalga oshiriladi. Natijada ushbu oʻlchovlarning maksimal qiymati hisoblanadi.
19. EMM darajasini oʻlchash qurilmalarning barcha ish rejimlari uchun ishlatiladigan maksimal quvvatda amalga oshirilishi kerak. Agar oʻlchamlar toʻliq boʻlmagan nurlanish quvvatida amalga oshirilsa, Wmax / W nisbati yordamida oʻlchangan qiymatlarning maksimal qiymat darajalari aniqlanadi.
Bu erda: Wmax — maksimal quvvat qiymati, W — oʻlchovlar paytida quvvat.
20. Ishlab chiqarish sharoitida ishlatiladigan EMM manbalari, agar ular ochiq toʻlqin oʻtkazgichda, antennada yoki fazoga nurlanish uchun moʻljallangan boshqa elementda ishlamasa va pasport maʼlumotlariga koʻra ularning maksimal quvvati quyidagilardan oshmasa nazorat qilinmaydi:
1) 30 kNz — 3 MNz chastota diapazonida 5,0 W;
2) 3 MNz — 30 MNz chastota diapazonida 2,0 W;
3) 30 MNz — 300 GNz chastota diapazonida 0,2 W.
21. Oʻlchovlar natijalari ish kuni uchun energiya taʼsirini hisoblash asosida baholanadi. Shu bilan birga, 30 kNz dan 3 MNz gacha boʻlgan chastota diapazonida ham elektr maydoni, ham magnit maydon tomonidan yaratilgan energiya yuklari hisobga olinadi.
Elektr (EEE) va magnit (EEn) maydonlarning taʼsirini tavsiflovchi energiya yuklari quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Agar xodim ish kuni davomida turli xil kuchlanishga ega EMM taʼsirida boʻlsa, umumiy EE tegishli vaqt davrlari uchun EE quyidagi formula boʻyicha qoʻshib hisoblanadi:
Bu erda:
EOZ1, EOZ2, EOZn — alohida ishchi hududlarda oʻlchangan EOZ qiymatlari; T1, T2, Tn — ularda yashash vaqti.
Toʻxtovsiz rejimda ishlaydigan manbalardan, shuningdek aylanish koʻrish va skanerlash rejimida nur tarqatuvchi antennalardan xodimlarning bir vaqtning oʻzida yoki ketma-ket nurlanishi holatlarida jami EE quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
Bu erda:
EEeozjam — umumiy energiya yuki boʻlib, bu koʻrsatkich 200 µW/cm² * h (soat) oshmasligi kerak;
EEeoz1 — uzluksiz nurlanish tomonidan yaratilgan EE;
EEeoz2 — aylantirib yoki koʻrish antennalardan nurlanish tomonidan yaratilgan EE, 0,1 EOZ2 * T2 teng.
30 kNz — 300 MNz chastota diapazonida, ruxsat etilgan darajalar yagona qiymatlari oʻrnatilgan chastota diapazonlarida ishlaydigan manbalarda, EMMning elektr (E) va magnit (N) komponentlari uchun taʼsir qilishning umumiy intensivligi quyidagi formulalar bilan hisoblanadi:
Agar 30 kNz — 300 MNz chastota diapazonidagi EMM manbalari maksimal ruxsat etilgan darajalarning turli qiymatlari oʻrnatiladigan chastota diapazonlarida ishlasa, ular quyidagi formula bilan aniqlanadi:
Bu erda:
E1, E2, En — maydonning elektr komponentining oʻlchangan qiymatlari;
Yered1, Yered2, En — tegishli chastota diapazoni uchun ruxsat etilgan maksimal taʼsir qilish darajalari.
Turli xil normallashtirilgan parametrlarga ega boʻlgan EMM bir vaqtning oʻzida taʼsir qilishda nurlanish darajasi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
EMM manbalarining oʻlchovlari natijalari asosida mazkur sanitariya qoidalarining 3-ilovasiga asosan elektromagnit maydoni kuchlanishini oʻlchash bayonnomasi tuziladi.
22. Xodimlarni EMM radiochastotalarining salbiy taʼsiridan himoya qilish tashkiliy, muhandislik, texnik, davolash va profilaktika choralari bilan taʼminlanadi.
23. Ushbu sanitariya qoidalarini ishlab chiquvchilar roʻyxati mazkur sanitariya qoidalarining 4-ilovasida keltirilgan.
Radiochastotalarning elektromagnit maydonlari manbalari bilan ishlashning sanitariya qoidalari va normalariga (0060-23-son SanQvaN) 1-ILOVA
Ish joylarida energiya ekspozitsiyasining ruxsat etilgan maksimal darajalari
Koʻrsatkichlar EE red va chastota diapazonlari, MNz 0,03 — 3 3,0 — 30 30 — 50 50 — 300 300,0 — 300 000 EEE (V/m²)* soat (h) 20000 7000 800 800 - EEN (A/m²)* soat (h) 200 - 0,72 - - EEred (uW/cm²)* soat (h) - - - - 200
Izoh: energiya oqimining intensivligi va zichligi darajalari ushbu sanitariya qoidalarining 2-ilovasidagi maʼlumotlar qiymatlaridan oshmasligi kerak.
Radiochastotalarning elektromagnit maydonlari manbalari bilan ishlashning sanitariya qoidalari va normalariga (0060-23-son SanQvaN) 2-ILOVA
Ish joylardagi elektromagnit maydonlarining kuchlanishi va energiya oqimining ruxsat etilgan maksimal darajalari
Koʻrsatkichlar chastota diapazonlari ruxsat etilgan maksimal darajalari, MNz 0,03 — 3 3,0 — 30 30,0 — 50,0 50,0 — 300,0 300,0 — 300000 E, V/m 500 300 80 80 - N, A/m 50 - 3,0 - - EOZ, µW/cm² - - - - 1000 5000*
Izoh: Radiochastota diapazonidagi elektromagnit maydoni faqat qoʻllarning oʻziga taʼsir koʻrsatsa (mahalliy nurlanish) maydonning energiya oqimi zichligi 5000 µW/cm²dan oshmasligi kerak.
Radiochastotalarning elektromagnit maydonlari manbalari bilan ishlashning sanitariya qoidalari va normalariga (0060-23-son SanQvaN) 3-ILOVA
Radiochastotalarning elektromagnit maydonlari manbalari bilan ishlashning sanitariya qoidalari va normalariga (0060-23-son SanQvaN) 4-ILOVA
Ishlab chiquvchilar roʻyxati: T.I. Iskandarov — Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi; M.P. Magay — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati boʻlimi sanitariya vrachi, tibbiyot fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim; G.A. Tashpulatova — Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti Fizik omillar laboratoriyasi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim; A.N. Krasavin — Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti doktoranti; B.O. Sagdullayeva — Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi. Taqrizchilar roʻyxati: D.A. Zaredinov — Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oshirish markazi Gigiyena boʻlimi mudiri, tibbiyot fanlari doktori, professor; M.A. Xamrakulova — Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Bosh kasbiy patologi, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim; N.V. Slavinskaya — Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti Mehnat gigiyenasi va fiziologiyasi laboratoriyasi mudiri, tibbiyot fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
