“Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (77-II-son) · Sana: 26.05.2000 · Amalda
Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisidagi shartnomani amalga oshirish natijasida yuzaga keladigan nizolar shartnomada nazarda tutilgan tartibda hal qilinadi. Shartnomada nizolarni hal qilishni tartibga soluvchi qoidalar boʻlmagan taqdirda, qoʻllaniladigan huquq va hal qilinadigan joy xalqaro xususiy huquqning umum eʼtirof etilgan normalariga muvofiq belgilanadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan nizolari Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq hal qilinadi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-67345
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 30-modda. Nizolarni hal qilish “Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (77-II-son). neolex.uz/uz/laws/law-67238/30 (lex.uz/docs/-67345)