3-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyat
“Oʻzbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida (77-II-son) · Sana: 26.05.2000 · Amalda
Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda Oʻzbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan oʻzaro foydali iqtisodiy aloqalarni oʻrnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi.
Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatga olingan yuridik shaxslar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining hududida doimiy yashash joyiga ega boʻlgan va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatga olingan jismoniy shaxslar tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanishga haqlidir.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat organlari, agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishlari mumkin.
